Telegram Web Link
#gaz
#eʼlon

Diqqat!!!!

23-iyun kuni


TOSHKENT TUMANI

"Zarbdor" MFY Keles, Zogʻariq, Vatan 1-; 2-; 3-, Toshkent 1-; 2-koʻchalari;

Beruniy MFY Yangi obod Toʻlaboyev, Jiyda, Mustaqillik, Qoraboʻrik, Chinor koʻchalari;

"Istiqlol" MFY Xurdiyor, Sarkor koʻchalari;

Gultepa MFY Chilangar, Kattaqoʻrgʻon, Dilkash koʻchalarida soat 09:00 dan soat 17:00 ga tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha toʻxtatiladi.

Aholi xonadonlari soni – 1 247 ta
Ulgurji isteʼmolchilari soni – 7 ta.

Hurmatli isteʼmolchilar gaz uskunalarini koʻzdan kechirishni unutmang!


Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.

Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz taʼminoti filiali isteʼmolchilardan uzr so‘raydi.

☎️ dispetcherlik xizmati: (71) 502-17-04//-05//-06

“Hududgaz Toshkent” GTF

Kanalga ulanish:👉  |telegram|
2👍1👌1
#Kun_yangiliklari

Vatanparvar yoshlarimiz xalqaro musobaqaga yo'l oldi

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi huzuridagi "Vatan tayanchi" harbiy-vatanparvarlik harakati terma jamoasi a’zolari Markaziy Osiyoda, xususan Qozog‘iston Respublikasida joriy yilning 22-iyun kuni bo‘lib o‘tadigan “AYBIN-2025” xalqaro harbiy musobaqasida ishtirok etish uchun mamlakatimizdan jo‘nab ketdi.

Mazkur musobaqaga tayyorgarlik ishlari yuqori saviyada olib borildi. Respublika terma jamoasiga murabbiy sifatida Toshkent tumanidan kapitan Saidmuradov Shuhrat Alisherovich jalb etilgan. U xalqaro maydonda yurtimiz sharafini munosib himoya qilishga bel bog‘lagan, respublika umumta’lim maktablarining iqtidorli o‘quvchilaridan saralab olingan 15 nafar yoshlarni musobaqaga tayyorladi.

Quvonarlisi, ushbu 15 nafar yoshlardan Toshkent tumanidan ikki nafar vakil –Miravzal Mirzokirov va Asadbek Rixsiboyev – terma jamoa tarkibida qatnashmoqda. Ular 9-sonli umumta’lim maktab qoshida faoliyat yuritayotgan "BURGUT" harbiy-sport to‘garagi a’zolari bo‘lib, yuqori tayyorgarlik darajasi va harbiy vatanparvarlik ruhini namoyon etganliklari tufayli saralab olingan.

"Yoshlarimizga xalqaro maydonda ulkan omad tilaymiz. Yurtimiz bayrog‘ini yuksaklarda hilpiratish – bu biz uchun sharafdir," — deydi kapitan Shuhrat Alisherovich.

Toshkent tumani yoshlari nomidan barcha ishtirokchilarga yuksak zafarlar va g‘alabalar tilaymiz!

📸Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍63🔥2😍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Hafta_ichida

Hafta ichida-23-son

🟢Toshkent tumanida joriy yil 16-iyun sanasidan 22-iyun kuniga qadar sodir boʻlgan eng muhim voqea va hodisalar bilan "HAFTA ICHIDA" informatsion dasturi orqali tanishishingiz mumkin.

🟢Toshkent tumani hokimligi Axborot xizmati.

📹Batafsil videoda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
#Dolzarb_90_kun

💫Yozgi ta’til mazmunli davom etmoqda!

Toshkent tumani “Barkamol avlod” bolalar maktabida yozgi ta’til davrida o‘quvchilar va mahalla yoshlari uchun foydali, mazmunli hamda qiziqarli mashg‘ulotlar tashkil etilmoqda. Ayni paytda “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida tasdiqlangan yozgi reja asosida turli to‘garaklar muntazam faoliyat olib bormoqda. Bolalar va yoshlar o‘z qiziqishlariga ko‘ra bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlab, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazmoqdalar.

Xususan, “Ma’naviyat karvoni” loyihasi doirasida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samarali yo‘lga qo‘yilgan. Ushbu tashabbus doirasida o‘quvchi-yoshlar uchun tumanimizdagi “Romashka” gullar bog‘iga sayohat uyushtirildi. Sayohat davomida o‘quvchilar bog‘ faoliyati, gullarning yetishtirilishi va parvarishi haqida qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘lishdi. Bu kabi tadbirlar ekologik madaniyatni shakllantirish, tabiatga mehr va e’tiborni oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Shuningdek, bunday sayohatlar yoshlarning ijodkorligini oshiradi, milliy qadriyatlarga hurmat, atrof-muhitga mehr, va bilimga chanqoqlikni kuchaytiradi.

📸Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ijtimoiy_rolik

Soliq to'lash - har birimizning konstitutsiyaviy burchimizdir!


Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
Ўзбекистон Миллий ахборот агентлиги - расмий хабарлар, тезкор янгиликлар, таҳлилий-танқидий материаллар, қонун ҳужжатлари, фото ва видеорепортажлар
https://uza.uz/uz/posts/keles-openda-700-nafardan-ziyod-yosh-karatechilar-bellashdi_733197
3👍1
#Onlayn
#Toshkent_tumani

Yoʻl infratuzilmasi yaxshilanmoqda


Ayni damda, Toshkent tumani Yollardan foydalanish davlat muassasasi xodimlari tomonidan Eʼzoz mahallasida Suv koʻtarish inshootiga olib boruvchi yoʻlning 350 metr qismi asfaltlashtirilmoqda.

📸Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2🔥1
#Qishloq_xoʻjaligi

Sabzi eksporti ortmoqda


Toshkent tumanidagi “Abdurahmon” fermer xoʻjaligida 1 gektar yerdan 100 tonna sabzi yetishtirilib, eksport qilinmoqda

Toshkent viloyatining Toshkent tumanida joylashgan “Abdurahmon” fermer xoʻjaligi samarali va zamonaviy agrotexnologiyalar asosida ish yuritib, yuqori hosildorlikka erishmoqda. Xususan, bugungi kunda xoʻjalik tomonidan 1 gektar yer maydonidan 100 tonna sabzi yigʻib olinmoqda va mahsulotlar tashqi bozorlarga eksport qilinmoqda.

Xoʻjalik rahbarining taʼkidlashicha, bunday natijaga toʻgʻri agrotexnika, sifatli urugʻlik, samarali sugʻorish va oʻz vaqtida bajarilgan agrotexnik tadbirlar orqali erishilgan.

— “Biz nafaqat hosildorlik, balki mahsulot sifatiga ham katta eʼtibor qaratamiz. Sabzi yigʻib olingach, maxsus tozalash, sovitish va qadoqlash liniyasi orqali qayta ishlanadi va eksportga yoʻnaltiriladi”, — deydi fermer.

Ayni vaqtda xoʻjalikda 20 nafardan ziyod doimiy va mavsumiy ishchilar faoliyat yuritmoqda. Ular uchun barcha zarur shart-sharoitlar — mehnat haqi, ovqat va yashash joyi taʼminlangan.

Mahalliy hokimiyat va mutaxassislar ushbu fermer xoʻjaligini namuna sifatida keltiradi. Eksportbop qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish, yangi ish oʻrinlari yaratish va valyuta tushumini oshirishda bunday loyihalar muhim ahamiyatga ega.

📸Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍41
2025/07/14 18:37:43
Back to Top
HTML Embed Code: