Telegram Web Link
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев ёшларнинг инновацион ишланмалари ва истиқболли лойиҳалари билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с инновационными разработками и перспективными проектами молодежи.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Hafta_ichida

Hafta ichida-24-son

🟢Toshkent tumanida joriy yil 23-iyun sanasidan 28-iyun kuniga qadar sodir boʻlgan eng muhim voqea va hodisalar bilan "HAFTA ICHIDA" informatsion dasturi orqali tanishishingiz mumkin.

🟢Toshkent tumani hokimligi Axborot xizmati.

📹Batafsil videoda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Президент Шавкат Мирзиёев 30 июнь – Ёшлар куни муносабати билан ўтказилган учрашувда нутқ сўзлади ва ёшлар билан мулоқот қилди.

Президент Шавкат Мирзиёев выступил на встрече по случаю 30 июня - Дня молодежи и провел диалог с молодежью.

#Mirziyoyev #uchtashuv #yoshlar #muloqot

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#Jarayon

Toshkent tumanida obodonlashtirish va infratuzilmani rivojlantirish ishlari izchil davom etmoqda


Yurtimizda har bir hududni obod va farovon qilish, aholi turmush farovonligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar izchillik bilan davom etmoqda. Toshkent tumanida ham bu borada qator amaliy tadbirlar oʻtkazilmoqda.

Oqtom mahallasida obodonlashtirish ishlari doirasida aholi yashash hududlari tozalanib, yoʻl yoqalaridagi buzuq uchastkalar taʼmirlanmoqda, Mahalladoshlarning tashabbusi va mahalla faollarining ishtiroki bilan koʻplab hovli va ichki yoʻllar obod etildi. Bu esa fuqarolarning kayfiyatini koʻtarib, ularda oʻz mahallasiga boʻlgan mehr va masʼuliyat tuygʻusini yanada oshirdi.

Shu bilan birga, Qorasaroy mahallasida mavjud muhandislik kommunikatsiyalarini yaxshilash maqsadida gaz taʼminotidagi uzilishlarning oldini olishga qaratilgan ishlar amalga oshirildi. Xususan, eskirib qolgan gaz reduktori zamonaviy, xavfsiz va energiya samaradorligi yuqori boʻlgan yangi uskuna bilan almashtirildi. Bu oʻzgarish mahalladagi koʻplab xonadonlarning barqaror gaz taʼminotini taʼminlashga xizmat qilmoqda.

Energiya taʼminotini yanada yaxshilash maqsadida, Gulobod va Ko'hinur mahallalarida yangi elektr ustunlari (tayanchlari) oʻrnatish ishlari amalga oshirilib, transformatorlat ta'mirlandi. Eski va avariyaviy holatda boʻlgan ustunlar toʻliq yangilanib, zamonaviy talablarga javob beradigan beton tayanchlar oʻrnatildi. Bu nafaqat elektr uzatish tizimini mustahkamlashga, balki aholi uchun xavfsizlikni taʼminlashga ham xizmat qilmoqda.

Bu kabi amaliy ishlar Toshkent tumani hokimligi va tegishli xizmat tashkilotlarining aholi manfaatini birinchi oʻringa qoʻygan holda olib borayotgan faoliyatining yaqqol namunasidir.

📸Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
#Dolzarb_90_kunlik
#DXX

Toshkent tumanida “Yosh chegarachilar” bilan vatanparvarlik tadbiri tashkil etildi


Davlat Xavfsizlik Xizmati Chegara qoʻshinlariga qarashli Toshkent tumanida joylashgan harbiy qism harbiy xizmatchilari hamda “Yosh chegarachilar” harbiy-akademik litseyi rahbariyati tomonidan “Dolzarb-90” kuni doirasida Vvatanparvarlik darsi tashkil etildi.

Mazkur tadbirda Toshkent tumanidagi 26-maktabning oʻqituvchilari va oʻquvchilari faol ishtirok etdi. Tadbirning asosiy maqsadi — yoshlarda Vatanga muhabbat va sadoqat tuygʻusini shakllantirish, harbiy xizmatga qiziqish uygʻotish, shuningdek, ularni mazmunli hamda tarbiyaviy faoliyatlarga jalb etishdan iborat boʻldi.

Taʼlim muassasalari va harbiy qism oʻrtasidagi hamkorlik samarasida “Yosh chegarachilar” harbiy-akademik litseyida taʼlim olish boʻyicha targʻibot va tashviqot tadbirlari oʻtkazildi. Unda litseyga qabul tartiblari, oʻquv jarayonlari va kelajakdagi imkoniyatlar haqida batafsil maʼlumot berildi.

Shuningdek, yosh avlodning boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazish va ularda harbiy sohalarga qiziqishni oshirish maqsadida qurol-yarogʻ koʻrgazmalari tashkil etish boʻyicha kelishuvlarga erishildi. Tadbir davomida oʻquvchilarning ota-onalari ham “Yosh chegarachilar” litseyida oʻqishga katta qiziqish bildirishdi.

Bu kabi tadbirlar orqali vatanparvar, maʼnaviy yetuk va jismonan sogʻlom yoshlarni tarbiyalashga xizmat qiladigan muhim qadamlar qoʻyilmoqda.

📸Jarayon video va fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4
2025/07/14 03:17:41
Back to Top
HTML Embed Code: