Telegram Web Link
"E-auksion" platformasida Toshkent viloyati hududidan Davlat aktivlarini sotib oling!

🔹Angren shaharida 3 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod shaharida 7 ta (Ko'rish)
🔹Nurafshon shahrida 5 ta (Ko'rish)
🔹Olmaliq shahrida 1 ta (Ko'rish)
🔹Ohangaron shahrida 1 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod tumanida 2 ta (Ko'rish)
🔹Bo'ka tumanida 2 ta (Ko'rish)
🔹Bo'stonliq tumanida 5 ta (Ko'rish)
🔹Qibray tumanida 3 ta (Ko'rish)
🔹Oqqo'rg'on tumanida 3 ta (Ko'rish)
🔹Ohangaron tumanida 1 ta (Ko'rish)
🔹Parkent tumanida 1 ta (Ko'rish)
🔹Piskent tumanida 1 ta (Ko'rish)
🔹Toshkent tumanida 3 ta (Ko'rish)
🔹O'rtachirchiq tumanida 5 ta (Ko'rish)
🔹Chinoz tumanida 5 ta (Ko'rish)
🔹Yangiyo'l tumanda 2 ta (Ko'rish)

Barchasini ko'rish

👇Xabardor bo'lish uchun👇
Telegram|Facebook|Instagram|Youtube
#Dolzarb_90_kunlik

Shashka musobaqasi va informatika toʻgaragi – yoshlar uchun maʼnaviy-maʼrifiy muhit yaratishda navbatdagi qadam


Toshkent tumanidagi 22-umumtaʼlim maktabida joriy yil 1-iyul kuni “Dolzarb 90 kunlik” dasturi doirasida rejalashtirilgan tadbirlar muvaffaqiyatli oʻtkazildi.

Ushbu kuni maktabda sport va axborot texnologiyalari sohalariga oid muhim tadbirlar boʻlib oʻtdi. Xususan, oʻquvchilar oʻrtasida shashka boʻyicha musobaqalar tashkil etildi. Sport ruhini yuksaltirish, aqliy salohiyatni rivojlantirish va faol yoshlarni ragʻbatlantirish maqsadida oʻtkazilgan ushbu musobaqalarga sport ustozi Qudrat Muhammedjanov boshchilik qildi. U tadbir ishtirokchilarini ruhlantirdi, qoidalar bilan tanishtirdi hamda musobaqalarni adolatli tashkil etishda muhim rol oʻynadi.

Shu bilan birga, maktabda informatika oʻqish toʻgaraklari ham oʻz faoliyatini davom ettirdi. Toʻgarak doirasida oʻquvchilar axborot texnologiyalari sohasidagi bilimlarini mustahkamlab, amaliy mashgʻulotlarda ishtirok etdilar.

Bunday tadbirlar yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni maʼnaviy va intellektual jihatdan rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

📸Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ogohlantirish

⚡️ Toshkent tumanining baʼzi hududlari elektr taʼminotida uzilishlar kuzatiladi

Toshkent tuman elektr taʼminoti korxonasi Sizga shuni maʼlum qiladiki,
Toshkent shahar Sag'bon P/S avariya bolganligi munosabati bilan ushbu P/S dan ta`minlangan KL-35 kV L-Bogzor1 2 kabel tarmogida kuchlanish yoq shu tufayli tumanning Bunyodkor, Diydor, Ko'ksaroy, Qorabo'rik, Zaxariq, Bog'izilol, Zarbdor, E'zoz, Ko'hinur, Yangi-hayot, O'rikzor, Oltintepa, Chig'atoy, Qizg'aldoq, Beruniy, Oqtosh, Oltintepa, Shamsiobod,Sohibkor, Beshterak mahallalarida va ushbu mahallalar hududida faoliyat yurituvchi korxona-tashkilotlarda joriy yil 1-iyul kuni avariya bartaraf etilmagungacha elektr ta`minoti bo`lmaydi.

🟢 Keltirilayotgan vaqtinchalik noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr soʻraymiz.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
22💯1🆒1
#Xush_xabar
#Aybin_2025

 Qozogʻistonda boʻlib oʻtgan “Aybin” xalqaro harbiy-vatanparvarlik yigʻini musobaqalarida ishtirok etgan Toshkent tumani oʻquvchilari Toshkent xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi.

Unda Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri oʻrinbosari Farhod Boqiyev, masʼullar va ota-onalar ishtirok etib, oʻquvchilarni samimiy tabriklashdi.
 
Toshkent tumanidagi Majnuntol mahallasida joylashgan  7-umumtaʼlim maktabining CHQBT rahbari Saloxiddin Shamsiddinovning oʻquvchilari, 9-umumta'lim maktabining "Vatan tayanchi" harbiylashtirilgan қшта rahbari kapitan Shuhrat Saidmuradov rahbarligidagi "Burgut" sport klubi a'zolari, 2 nafar 7-maktabning oʻquvchilari ishtirok etib gʻoliblik kubogini qoʻlga kiritishga oʻz hissalarini qoʻshdilar.

📍 Joriy yil 22-28-iyun kunlari boʻlib oʻtgan ushbu tadbirda 6 ta davlatdan 52 ta jamoa vakillari oʻzaro kuch sinashishdi.
 
Musobaqalar yakuniga koʻra Oʻzbekiston terma jamoasi:

🥇 1 ta oltin,
🥈 2 ta kumush,
🏆 4 ta gʻoliblik kubogini qoʻlga kiritdi.

🌐 Xususan, shartlar yoʻnalishida oʻquvchilarimiz:

smart sarbaz yoʻnalishida birinchi;
harbiylashtirilgan estafeta yoʻnalishida birinchi;
turnikda tortilishda shaxsiy rekord boʻyicha birinchi;
jamoa bilan turnik tortilishda ikkinchi;
AK-74 avtomat kalashnikovni sochib yigʻishda ikkinchi oʻrinlarga munosib deb topilgan.
 
Gʻoliblarni tabriklab, ularning kelgusi ishlarida omad tilaymiz!

📸Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍53🔥1💯1🏆1
#Taqdirlash

Toshkent tumanida oltin va kumush medal sohiblari taqdirlandi


Bugungi kunda yurtimizda yoshlarning taʼlim olishi, intellektual va maʼnaviy rivojlanishi uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar samarasi oʻlaroq, har yili yuzlab oʻquvchilar davlat imtihonlarini yuqori ballar bilan topshirib, oltin va kumush medallarga sazovor boʻlmoqda.

Joriy yil 1-iyul kuni Toshkent tumani hokimi Sardorbek Ergashev tomonidan tumandagi umumtaʼlim maktablarini muvaffaqiyatli yakunlagan va «Oltin» hamda «Kumush» medallarga sazovor boʻlgan bitiruvchi oʻquvchilar uchun tantanali taqdirlash marosimi tashkil etildi.

Tadbir davomida Sardorbek Ergashev oʻquvchilarni yuqori natijalar bilan tabriklab, ularning bugungi yutuqlari – ota-onalar, ustozlar va eng muhimi, oʻquvchilarning oʻzidagi mehnatsevarlik va intilish natijasi ekanini taʼkidladi.

“Sizlar – bizning faxrimizsiz. Oʻqishda erishgan yutuqlaringiz orqali nafaqat oilangizni, balki butun tumanimizni sharafladingiz. Bu orqali boshqa oʻquvchilarga ham ibrat boʻldingiz”, — dedi tuman hokimi oʻz tabrigida.

Taqdirlash marosimida bitiruvchilarga maxsus sertifikatlar, esdalik sovgʻalari hamda ragʻbatlantiruvchi toʻplamlar topshirildi. Ulardan koʻpchiligi oliy taʼlim muassasalariga kirish niyatida ekanini bildirib, kelgusida mamlakat ravnaqi uchun xizmat qiluvchi yetuk mutaxassis boʻlishni maqsad qilganini taʼkidlashdi.

Mazkur tadbir yosh avlodni taʼlimga yanada ragʻbatlantirish, bitiruvchilarning mehnatiga munosib baho berish yoʻlidagi muhim qadamlardan biri sifatida alohida ahamiyat kasb etadi.

📸Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍84👏2🔥1💯1
2025/07/14 06:58:45
Back to Top
HTML Embed Code: