Telegram Web Link
#Saxovat

Mehr va saxovat karvoni – Avliyoota mahallasida


Toshkent tumanida amalga oshirilayotgan “Mehr va saxovat karvoni” xayrli tashabbuslari doirasida har bir sektorda kam taʼminlangan, yordamga muhtoj oilalar holidan xabar olish, ularni qoʻllab-quvvatlash ishlari izchil davom etmoqda.

Sektor rahbarlari tomonidan aniq reja va manzilli yordam asosida aholining ijtimoiy muhofazaga muhtoj qatlami aniqlanib, ularga moddiy va maʼnaviy koʻmak koʻrsatilmoqda.

Shu doirada bugun, tuman hokimining oʻrinbosari A.Muhiddinov boshchiligida ikkinchi sektorga qarashli Avliyoota mahallasida navbatdagi xayrli tadbir tashkil etildi. Tuman hokimligi, tuman deputatlari va mahalla yettiligi vakillari mahallaga tashrif buyurib, ogʻir ahvolda yashab kelayotgan fuqarolarning holidan xabar olishdi.

Tashrif doirasida kam taʼminlangan va nogironligi bor shaxslarga kundalik turmush uchun zarur boʻlgan maishiy buyumlar va gigiyenik vositalar tarqatildi. Yordam berilgan oilalar qatorida keksa yolgʻizlar, koʻp bolali oilalar va mehnatga layoqatsiz shaxslar ham bor edi.

Bundan tashqari, mahalla faollari ishtirokida xonadonma-xonadon yurib, aholi bilan jonli muloqot oʻtkazildi. Mavjud muammolar oʻrganilib, ularni hal etish boʻyicha joyida topshiriqlar berildi.

Bu kabi tadbirlar jamiyatda oʻzaro hamdardlik va insoniylik tuygʻularini kuchaytirayotgani, davlat va xalq birgalikda yelkadoshlikda mustahkam jamiyat qurish yoʻlida harakat qilayotganini yana bir bor namoyon etmoqda.

📸Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍2
#Jarayon

Prezident qarori ijrosi doirasida amaliy ishlar


Toshkent tumanining Majnundol, Zarbdor va Diydor mahallalarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-1 qarorlaridagi topshiriqlar asosida belgilangan chora-tadbirlar izchil amalga oshirilmoqda.

Mazkur mahallalarda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, yashash sharoitlarini yaxshilash va aholining turmush darajasini oshirish maqsadida tegishli ishlar olib borilmoqda. Sektor rahbarlari, mahalla faollari va mas’ul tashkilotlar vakillari xonadonma-xonadon yurib, fuqarolarning muammolarini o‘rganmoqda va joyida hal etish choralarini ko‘rmoqda.

Ayniqsa, bu jarayonda Toshkent tumani IIB xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektori, kapitan Nilufar Dexkanova faol ishtirok etmoqda. U tomonidan har bir mahallada ayollar bilan yakka tartibdagi suhbatlar o‘tkazilib, ularning muammolari, ijtimoiy holati, farzandlari ta’limi va tarbiyasi bo‘yicha maslahatlar berilmoqda. Ijtimoiy himoya, oilaviy muhit, zo‘ravonlikning oldini olish kabi masalalarga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Mahallalarda shuningdek, kommunal infratuzilmani yaxshilash, yo‘l va ichimlik suvi tizimlarini ta’mirlash, bandlik va tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha qator loyihalar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Yoshlar va nuroniylar bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, ularning taklif va tashabbuslari asosida qo‘shimcha ish rejalari ishlab chiqilmoqda.

Bu jarayonlar Prezidentimizning “inson qadri uchun” tamoyiliga asoslangan holda, aholining hayot sifatini oshirishga qaratilgan siyosatining amaliy ifodasidir.

📸Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍2👏1🆒1
#Diqqat_eʼlon

Hurmatli Toshkent tumani fuqarolari!

Joriy yil 3-iyul kuni Toshkent tumani hokimligi hamda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi  tomonidan hokimlik  binosi hovlisida soat❗️9:00 da navbatdagi "Mehnat yarmarkasi" tashkil etiladi.

Yarmarkada tumandagi barcha byudjet tashkilotlari,  yirik korxonalar boʻsh ish oʻrinlari bilan ishtirok etadi.

Shu munosabat bilan tumanda yashovchi ishsiz ayollar, yoshlar, aliment toʻlovchilar, jazoni oʻtab chiqqanlar va nogironligi boʻlgan
shaxslardan yarmarkada faol ishtirok etishlarini soʻraymiz!

Toshkent tumani Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍511👌1
#Dolzarb_90_kun
#Tibbiy_koʻrik

Chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrik — aholi salomatligi yoʻlida muhim qadam


2025-yil 2-iyul kuni Toshkent tumani Tibbiyot birlashmasiga qarashli 23-son Oilaviy poliklinikada Dolzarb 90 kunlik tadbirlari doirasida aholi salomatligini muhofaza qilish va kasalliklarni erta aniqlash maqsadida navbatdagi chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrik oʻtkazildi.

Tibbiy koʻrik reja asosida tumanning Rahbarobod, Darxon, Avliyoota, Kensoy va Oydin hayot mahallalari aholisi uchun tashkil etildi. Bu saʼy-harakatlar mahalliy aholining tibbiy xizmatlarga boʻlgan ehtiyojini qondirish, kasalliklarni barvaqt aniqlash va davolash sifatini oshirishga qaratilgan.

Koʻrikda koʻp tarmoqli markaziy poliklinikadan yuqori malakali tor doira mutaxassislari — nevropatolog, stomatolog, endokrinolog, terapevt, xirurg, gematolog, kardiolog, LOR va okulist shifokorlari jalb etildi.

Ushbu tibbiy tadbir davomida jami 182 nafar fuqaro koʻrikdan oʻtdi. Ulardan 88 nafarida turli xil kasalliklar aniqlandi. 69 nafar bemorga ambulator davolanish boʻyicha tavsiyalar berilgan boʻlsa, 7 nafar fuqaroga statsionar sharoitda davolanish uchun yoʻllanma berildi. Shuningdek, 12 nafar fuqaroga zarur dori-darmonlar ham taqdim etildi.

Bu kabi tadbirlar aholining tibbiy madaniyatini oshirish, ularni oʻz salomatligiga beparvo boʻlmaslikka undash va jamiyatda sogʻlom turmush tarzini qaror toptirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

📸Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1
#Murojaat

Toshkent tumani prokurori Sanjar Salixovning huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish yuzasidan aholiga MUROJAATI.

Hurmatli Toshkent tumani aholisi!


Bugungi kunda yurtimizda jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklarni oldini olish va fuqarolarimiz xavfsizligini taʼminlash davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biriga aylangan. Ushbu yoʻnalishda barcha sohalarda tizimli islohotlar, huquqiy targʻibot va jamoatchilik bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash ishlari amalga oshirilmoqda.

Shuningdek, jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish, fuqarolarimizning qonunlarga hurmat bilan munosabatda boʻlishi, oʻz burch va masʼuliyatini chuqur anglashi dolzarb vazifalardan sanaladi. Biz, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, bu borada nafaqat jazo choralari, balki profilaktik tadbirlar, targʻibot-tashviqot ishlari orqali ham jinoyatchilikning oldini olishga harakat qilmoqdamiz.

Aziz yurtdoshlar!

Soʻnggi vaqtlarda turli firibgarlik holatlari, ayniqsa, internet va mobil aloqa orqali amalga oshirilayotgan jinoyatlar koʻpayib borayotgani kuzatilmoqda. Ayrim hollarda oʻzini “bank xodimi”, “moliya tashkiloti vakili” deb tanishtirgan shaxslar sizning shaxsiy maʼlumotlaringizni qoʻlga kiritish, kartangizdagi mablagʻlarni oʻzlashtirish maqsadida turli nayranglarga qoʻl urmoqda.

‼️Shu boisdan sizning har biringizning ogoh va hushyor boʻlishingiz, begona raqamlardan kelgan shubhali qoʻngʻiroqlarga javob bermaslik, shaxsiy maʼlumotlarni hech kimga oshkor etmaslik kabi oddiy qoidalarga amal qilishingiz juda muhim.

Telegram, Instagram, Feysbuk va boshqa ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan "oson yoʻl bilan pul ishlash", "investitsiya loyihalari", "onlayn biznes" kabi shikoyatlarga sabab boʻladigan aldamchi takliflarga aldanmaslikka chaqiraman. Esingizda boʻlsin: haqiqiy moliya muassasalari hech qachon ijtimoiy tarmoq orqali pul talab qilmaydi yoki maxfiy maʼlumotlarni soʻramaydi.

Shuningdek, mahallalarda turli muammolarni bartaraf etish, yoshlar tarbiyasi, ijtimoiy muhitni sogʻlomlashtirish va fuqarolar oʻrtasida oʻzaro hurmat muhitini yaratish maqsadida hamkorlikda ishlash muhim ahamiyatga ega. Har bir mahalla raisining, nuroniylarimiz, yoshlar yetakchilari va faol fuqarolarning bu jarayondagi ishtirokini kuchaytirish — jinoyatchilikka qarshi samarali chora hisoblanadi.

Biz, prokuratura organlari, tumanimizda sogʻlom huquqiy muhitni yaratish, jamiyatda tinchlik va barqarorlikni taʼminlash maqsadida doim xalq bilan birga harakat qilamiz. Agar siz yoki yaqinlaringiz shubhali holatlarga duch kelsangiz, befarq boʻlmang — zudlik bilan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar bering. Har biringizning faol va masʼuliyatli ishtirokingiz barchamizning xavfsiz hayotimiz uchun mustahkam zamin yaratadi.

‼️Unutmang: jamiyatda huquqiy ong, fuqarolik masʼuliyati va jamoaviy hamjihatlik ustuvor boʻlgan joyda jinoyatchilikka oʻrin boʻlmaydi!

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ogohlantirish

Toshkent viloyati FVB aholini cho‘milish vaqtida xavfsizlik qoidalariga rioya qilishga va faqat ruxsat etilgan suv havzalarida cho‘milishga chaqirib qoladi
.

📹Batafsil videoda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3
#Ogohlantirish

⚡️ Toshkent tumanining baʼzi hududlari elektr taʼminotida uzilishlar kuzatilmoqda


Toshkent tuman elektr taʼminoti korxonasi Sizga shuni maʼlum qiladiki, Keles podstantsiyasidan chiquvchi 35/6 kV quvvatli Kamalak fiderda avariya holati yuzaga kelganligi yuklama ortib ketganligi sababli Oqibat, Tinchlik, Sag'bon, Qorasaroy, Uch-sada hamda Qir-ariq mahallalarida elektr taʼminotida uzilishlar yuzaga kelgan. Hozirgi vaqtda ta'mirlash ishlari olib borilmoqda. Tez orada elektr ta'minotini tiklash choralari ko'riladi.

🟢 Keltirilayotgan vaqtinchalik noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr soʻraymiz.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👌1🏆1
#Diqqat_eʼlon

Тoshkent tumani maktabgacha va maktab ta'limi bo`limi vakant direktor lavozimiga ochiq tanlov e'lon qiladi.


🔰Toshkent tumanidagi maktabgacha ta’lim va maktablarning direktor lavozimi madm.uzedu.uz saytida menejerlik sertefikatiga ega bo'lgan nomzodlar uchun quyidagi vakant maktablar ochiq mustaqil tanlovga qo'yildi:

🏢 5,21,24- umumtalim maktablari va 1,3,5,9,11,19,20,26,28,34,38,40-maktabgacha ta`lim tashkilotilari

👉Tanlov 2025-yil 3-iyuldan 10-iyulga qadar davom etadi.

🖌 Toshkent tumani maktabgacha va maktab ta`limi bo`limi
.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍3
#Bilasizmi

⚠️ Qonunchilikka ko'ra, mehnat migratsiyasidan qaytgan shaxslarni ishga qabul qilgan ish beruvchilarga har bir ishga olingan xodim uchun 12 oy davomida oyiga 500 ming so'mdan subsidiya to'lanadi.

Bundan byudjet tashkilotlari, davlat korxonalari, ustav kapitalida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo'lgan yuridik shaxslar mustasno.


🔘Bunda:

🔹subsidiya 2024-yil 1-iyundan 2026-yil 1-yanvarga qadar ishga qabul qilingan shaxslarga nisbatan to'lanadi;

🔹mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan shaxs bilan tuzilgan va Yagona milliy mehnat tizimida ro'yxatdan o'tkazilgan mehnat shartnomasi subsidiya to'lash uchun asos bo'lib hisoblanadi;

🔹mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan shaxslar deb xorijda 3 va undan ortiq oy mobaynida mehnat faoliyati bilan shug'ullanib, yashash manziliga qaytib kelganligiga bir yildan ko'p vaqt bo'lmagan shaxslar tushuniladi.

👉 Manba

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_nigohida
#fursat_info

📍TOSHKENT TUMANI

AHOLI ICHIMLIK SUVI BILAN TA‘MINLANMOQDA

📷Tafsilotlar "Nurafshon TV" telekanalining "Fursat" informatsion dasturida.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏1
2025/07/14 16:10:52
Back to Top
HTML Embed Code: