Telegram Web Link
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_nigohida
#fursat_info

📍TOSHKENT TUMANI

BO‘SH ISH O‘RINLARI MEHNAT YARMARKASI

📷Tafsilotlar "Nurafshon TV" telekanalining "Fursat" informatsion dasturida.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1
#Sayyor_qabul

Toshkent tumani G'ishtko'prik, Sirg'ali va Sarke mahallalari fuqarolari uchun oʻtkazilgan sayyor qabul


Toshkent tumanida joylashgan G'ishtko'prik, Sirg'ali va Sarke mahallalarida istiqomat qiluvchi fuqarolar uchun navbatdagi sayyor qabul boʻlib oʻtdi.

Mazkur tadbir Toshkent tumani Kambag'allikni qisqartirish va bandlikka ko'maklashish bo'limi boshlig'i A'zam Nurmurodov boshchiligida tashkil etildi.

Sayyor qabul davomida aholi tomonidan turli masalalar — nafaqaga chiqishda ish staji, tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida bo'lganlar uchun imtiyozli kreditlar, subsidiya va ssudalar ajratilishi, ishga joylashtirish bo'yicha masalalar koʻtarildi.

A'zam Nurmurodov har bir fuqaroning murojaatini diqqat bilan eshitib, ayrim muammolarni joyida hal etib berdi.

📸Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👏2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_nigohida
#fursat_info

📍TOSHKENT TUMANI

“MA’RIFAT VA SAXOVAT” KARVONI

📷Tafsilotlar "Nurafshon TV" telekanalining "Fursat" informatsion dasturida.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
#Sayyor_qabul

Sayyor qabul – fuqarolar muammolariga amaliy yechim

📍Toshkent tumanida Prezidentimizning topshirigʻi asosida aholi muammolarini joylarda oʻrganish va hal etish maqsadida sayyor qabullar oʻtkazilmoqda.

🗓 Joriy yil 4-iyul kuni G'ishtko'prik, Sirg'ali va Sarke mahallalari fuqarolari uchun oʻtkazilgan sayyor qabulda tuman hokimi oʻrinbosari, investitsiyalar va tashqi savdo masalalari boʻyicha boʻlimi boshligʻi — Abdumajid Muhiddinov fuqarolar bilan yuzma-yuz muloqot qildi.

Qabul davomida aholining ish oʻrinlari yaratish, kichik biznesni qoʻllab-quvvatlash, xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, yer bilan taʼminlash, infratuzilmani yaxshilash kabi dolzarb masalalari tinglandi. Fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar har tomonlama oʻrganilib, ularga huquqiy va amaliy yordam koʻrsatildi.

🤝 Qabulda ishtirok etgan fuqarolar sayyor qabul orqali oʻz muammolariga yechim topayotganidan mamnun ekanliklarini taʼkidlab oʻtishdi. Ayrim masalalar shu yerning oʻzida hal etildi, qolganlari boʻyicha tegishli masʼullarga aniq topshiriqlar berildi.

📌 Sayyor qabullarning asosiy maqsadi — xalq bilan muloqot qilish, ularning dardini eshitish va amaliy koʻmak berishdan iborat. Toshkent tumanida bunday uchrashuvlar muntazam ravishda tashkil etilib, har bir murojaat eʼtibordan chetda qolmayapti.

📸Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1🔥1
#Qishloq_xoʻjaligi

💐Toshkent tumanida gulchilik – goʻzallik va daromad uygʻunligi

🌺 Qishloq xoʻjaligining muhim tarmoqlaridan biri — gulchilik sohasi bugungi kunda Toshkent tumanida jadal rivojlanmoqda. Bu soha nafaqat hududni obodonlashtirish, balki aholi daromadini oshirishda ham muhim ahamiyat kasb etmoqda.

🌼Gulchilik — bu gulli va manzarali oʻsimliklarni bogʻ va xiyobonlarga, yoʻl yoqalariga ekish, binolar ichki makonini bezash, turli kompozitsiyalar va guldastalar tayyorlashni nazarda tutuvchi dehqonchilik sohasi sanaladi. Gullar ochiq maydonlarda yoki isitiladigan issiqxonalarda parvarishlanadi.

🌸Ochiq maydonlarda bir yillik qashqargul, itogʻiz, gulbeor, xushboʻy tamaki, ikki yillik kapalakgul, boʻtakoʻz, chinnigul, koʻp yillik gulsapsar, pion, floks kabi turli gullar yetishtiriladi. Issiqxonalarda esa doimo yashil, nafis gullar — lola, chinnigul, xrizantema, palma, fikus singari oʻsimliklar parvarishlanmoqda. Bunday kombinatsiyalangan yondashuv yil davomida uzluksiz gul yetishtirish imkonini beradi.

🌹 Soʻnggi yillarda Toshkent tumanida gulchilikning hajmi va sifati sezilarli darajada oshdi. Ayniqsa, fermerlar, dehqonlar va tomorqa egalarining faolligi sababli yangi xoʻjaliklar tashkil etildi. “BAHOR GULLARI”, “FURLAAN”, “BOʻCHI AGRO”, “UBAYDULLA BOGʻLARI”, “INOVATSION ILM BOGʻI”, “DAILY GREEN” kabi korxonalar faoliyati natijasida bugungi kunda yiliga 150 million dona gul va manzarali oʻsimlik koʻchatlari yetishtirilmoqda. Bu koʻrsatkich 2020-yilga nisbatan 3 barobarga oshgan.

🌷 Hududda yetishtirilgan gullar nafaqat Toshkent shahri va viloyatlar, balki MDH davlatlariga ham eksport qilinmoqda.

💫 Shu bilan birga, Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoatni rivojlantirish agentligining tuman loyiha ofisi yangi zamonaviy issiqxonalar tashkil etilishini qoʻllab-quvvatlamoqda. Soha ishtirokchilari bilan ochiq muloqotlar orqali mavjud muammolar oʻrganilmoqda va hal etilmoqda.

📸Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍3
2025/07/13 22:44:21
Back to Top
HTML Embed Code: