#Sayyor_qabul
Toshkent tumani hokimining birinchi oʻrinbosari sayyor qabul oʻtkazdi
Joylarda aholi muammolarini oʻrganish va ularga joyida yechim topish maqsadida amalga oshirilayotgan sayyor qabullar oʻz samarasini bermoqda. Ana shunday qabullardan biri joriy yil 12-iyul kuni Toshkent tumani hokimining birinchi oʻrinbosari Rahimjon Rixsiyev tomonidan Kalas, Gultepa va Maʼrifat mahallalari aholisi uchun tashkil etildi.
Qabul davomida fuqarolarning asosiy murojaatlari yer masalalari, uy-joy taʼmiri, ish bilan taʼminlash, gaz va elektr taʼminoti hamda ijtimoiy yordam masalalariga oid boʻldi. Har bir murojaat yozma ravishda roʻyxatga olinib, ular yuzasidan mutasaddi tashkilotlar va mahalla yettiligiga aniq topshiriqlar berildi.
Sayyor qabulda qatnashgan fuqarolar muammolarining qisqa fursatda yechim topayotgani uchun minnatdorlik bildirishdi. Ayrim masalalar shu yerning oʻzida hal etildi, boshqalari esa belgilangan muddatlarda ijobiy hal etilishi uchun nazoratga olindi.
Taʼkidlash joizki, bunday sayyor qabullar mahalla aholisi bilan ochiq muloqot oʻrnatish, muammolarni birinchi qoʻldan eshitish va amaliy yechim topishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
📸 Jarayon fotolavhalarda.
✅ Telegram 💬 Facebook 📸 Instagram 📹 YouTube 🌍 Website

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤10
#Ogohlantirish
⚡️ Toshkent tumanining ayrim hududlarida elektr taʼminoti vaqtincha oʻchiriladi!
Hurmatli fuqarolar!
Toshkent tuman elektr taʼminoti korxonasi maʼlum qiladiki, 35 kVli L-Sariogʻach uzatish havo tarmogʻida rejali taʼmirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan Mustaqillik 35/6 podyom stanatsiyasidan elektr energiyasi oluvchi quyidagi hududlarda elektr taʼminotida uzilishlar kuzatiladi:
📍 Masalboy,
📍 Koʻkterak,
📍 Navoiy,
📍 Kultepa fiderlaridan taʼminot oluvchi:
🔹 Chuvalachi
🔹 Gultepa
🔹 Shirin
🔹 Istiqlol
🔹 Kalas
🔹 Maʼrifat
🔹 Gulobod
🔹 Uch-Chinor
🔹 Farovon
🔹 Uch-Sada
🔹 Xalimkop
🔹 Sagʻbon
🔹 Obodlik
🔹 Zargar
🔹 Majnuntol
🔹 Xiyobon
🔹 Sohibkor
🔹 Nurhayot
Shuningdek, mazkur mahallalarda joylashgan korxona va tashkilotlarda:
🗓 2025-yil 14-iyul (dushanba)
🕗 soat 08:00 dan 18:00 gacha
elektr taʼminoti xavfsizlik nuqtai nazaridan vaqtincha toʻxtatiladi.
⚠️ Keltiriladigan vaqtinchalik noqulayliklar uchun “Milliy elektr tarmoqlari” AJ va Toshkent tuman elektr taʼminoti korxonasi sizdan uzr soʻraydi.
✅ Telegram 💬 Facebook 📸 Instagram 📹 YouTube 🌍 Website
⚡️ Toshkent tumanining ayrim hududlarida elektr taʼminoti vaqtincha oʻchiriladi!
Hurmatli fuqarolar!
Toshkent tuman elektr taʼminoti korxonasi maʼlum qiladiki, 35 kVli L-Sariogʻach uzatish havo tarmogʻida rejali taʼmirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan Mustaqillik 35/6 podyom stanatsiyasidan elektr energiyasi oluvchi quyidagi hududlarda elektr taʼminotida uzilishlar kuzatiladi:
🔹 Chuvalachi
🔹 Gultepa
🔹 Shirin
🔹 Istiqlol
🔹 Kalas
🔹 Maʼrifat
🔹 Gulobod
🔹 Uch-Chinor
🔹 Farovon
🔹 Uch-Sada
🔹 Xalimkop
🔹 Sagʻbon
🔹 Obodlik
🔹 Zargar
🔹 Majnuntol
🔹 Xiyobon
🔹 Sohibkor
🔹 Nurhayot
Shuningdek, mazkur mahallalarda joylashgan korxona va tashkilotlarda:
🕗 soat 08:00 dan 18:00 gacha
elektr taʼminoti xavfsizlik nuqtai nazaridan vaqtincha toʻxtatiladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4❤2🔥2🎉1👌1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hashar
“Yurt koʻrki — obod mahalladan boshlanadi”
Toshkent tumani Zargar mahallasida hashar oʻtkazildi.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlari joylarda xalqimizning faolligi, birdamligi va Vatanga mehrini yanada mustahkamlamoqda. Shu munosabat bilan joriy yilning 14-iyul kuni Toshkent tumani Zargar mahallasida “Yurt koʻrki — obod mahalladan boshlanadi” shiori ostida hashar oʻtkazildi.
Tadbirda mahalla faollari, nuroniylar, yoshlar, xotin-qizlar va keng jamoatchilik vakillari faol ishtirok etdi. Hashar davomida uy atrofidagi hududlar, koʻcha yoʻlaklari, ariqlar tozalandi, daraxt va gul koʻchatlari ekildi, mavjud daraxtlarning tagi yumshatilib, sugʻorish ishlari olib borildi.
Mazkur xayrli tashabbus nafaqat hududni obod etish, balki mahalla ahli oʻrtasida doʻstlik va hamjihatlikni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etdi. Aholi oʻz yashash hududini oʻz qoʻli bilan obod qilishdan faxrlandi.
— Mahallamizni obod qilish har birimizning vazifamiz. Bu hasharlar orqali yoshlarga ham Vatanga sadoqat, atrof-muhitga eʼtibor tuygʻularini singdiramiz, — deydi mahalla faollaridan biri.
Tadbir soʻngida faol ishtirokchilar alohida ragʻbatlantirildi. Hashar davomida yaratilgan obod muhit esa mahalla aholisi uchun chinakam bayramga aylandi.
Zargar MFY yettiligi bu kabi tadbirlarni boshqa hududlarda ham davom ettirishni rejalashtirgan. Zero, yurtimizning koʻrki — obod, fayzli va toza mahallalardadir.

❤5
#Dolzarb_90_kun
“Dolzarb 90 kun” doirasida targʻibot va taʼlimga yangi surʼat
Toshkent tumani Xalq taʼlimi boʻlimiga qarashli 9-umumiy oʻrta taʼlim maktabida “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida bolalarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni jismoniy va intellektual rivojlantirishga qaratilgan qator toʻgaraklar yoʻlga qoʻyilgan.
Jumladan, joriy yil 14-iyul kuni maktabdagi “Burgutlar” harbiy-vatanparvarlik jamoasi faoliyati yanada jadallashtirilib, yosh avlodda yurtga muhabbat va sadoqat tuygʻusini mustahkamlash ishlari davom etmoqda.
Shuningdek, milliy anʼanalarimizga asoslangan “Turon” yakka kurash toʻgaragi faoliyati ham yoʻlga qoʻyildi. Sport sohasida esa maktabning futbol jamoasi murabbiyi A. Sherdanayev rahbarligida kunlik mashgʻulotlar yoʻlga qoʻyildi. Ushbu toʻgarak yoshlar orasida sportni ommalashtirish va salomatlikni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Voleybol toʻgaragi esa murabbiya K. Xolmoʻminova tashabbusi bilan yuqori ruhda tashkil etildi.
Bundan tashqari, maʼnaviy-maʼrifiy sohada ham bir qator faoliyatlar amalga oshirilmoqda. Xususan, rus tili, ingliz tili, matematika va boshlangʻich sinflar uchun maxsus toʻgaraklar bolalarda fanlarga boʻlgan qiziqishni oshirish va ularning bilim darajasini yuksaltirishga qaratilgan.
Mazkur tashabbuslar maktab taʼlimida amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini taʼminlash, taʼlim sifati va tarbiyaviy ishlarni yangi bosqichga olib chiqishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

❤3
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев томонидан “Давлат бошқаруви тизимида самарадорлик, проактивлик ва натижадорликни ошириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги Фармон имзоланди. Ушбу Фармонга мувофиқ, Президент Администрациясининг янги тузилмаси тасдиқланди. Натижада Администрация ва унинг таркибидаги ташкилотларда 284 та штат қисқартирилди, такрорланувчи лавозимлар оптималлаштирилди.
Фармонга асосан, эндиликда Президент Администрацияси фаолиятида 5 та устувор йўналиш белгиланди. Булар — таълим, бизнес, суд-ҳуқуқ тизими, тиббиёт ва сув ресурслари масалаларидир. Ушбу йўналишларда ислоҳотларни самарали амалга ошириш мақсадида Президент Администрацияси раҳбарига 5 нафар ўринбосар лавозими жорий этилди.
Бундан ташқари, Президентнинг стратегик ривожланиш, ташқи сиёсат бўйича янги маслаҳатчи лавозимлари киритилиб, молиявий технологиялар, рақамлаштириш ва сунъий интеллект, креатив иқтисодиёт ва туризмни ривожлантириш, жамоат хавфсизлиги ва қонун устуворлиги, тадбирларни ташкиллаштириш, йиғилиш ва ҳудудларга ташрифлар учун таҳлилий контент тайёрлаш бўйича, шунингдек, коммуникация департаментлари ташкил этилди.
—
Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев подписал Указ «О мерах по повышению эффективности, проактивности и результативности в системе государственного управления». Указом утверждена новая структура Администрации Президента. В результате в Администрации и организациях ее системы сокращены 284 штатные единицы, оптимизированы дублирующие должности.
Согласно указу в деятельности Администрации Президента определены пять приоритетных направлений: образование, бизнес-среда, судебно-правовая система, здравоохранение и водные ресурсы. Для эффективной реализации реформ в этих сферах в структуре Администрации введены пять должностей заместителей руководителя.
Кроме того, учреждены новые должности советников Президента по стратегическому развитию и внешней политике, а также созданы департаменты по финансовым технологиям, цифровизации и искусственному интеллекту, креативной экономике и туризму, общественной безопасности и верховенству закона, организации мероприятий, подготовке аналитического контента к совещаниям и визитам в регионы, а также департамент коммуникаций.
—
President of the Republic of Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev has signed a decree “On measures to increase efficiency, proactivity and effectiveness in the system of state administration”. The decree approved a new structure of the Administration of the President. As a result, 284 staff units have been reduced in the Administration and organizations of its system, and duplicate positions have been optimized.
According to the decree five priority areas have been identified in the activity of the Administration of the President: education, business environment, judicial and legal system, healthcare and water resources. In order to effectively implement reforms in these areas, five deputy head positions have been introduced in the structure of the Administration.
Additionally, new positions of the advisors to the President were established on strategic development and foreign policy, as well as departments for financial technologies, digitalization and artificial intelligence, creative economy and tourism, public safety and rule of law, organization of events, preparation of analytical content for meetings and visits to the regions, as well as department of communications.
Facebook|Instagram|X

❤2
Forwarded from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Эндиликда ҳар қандай норматив-ҳуқуқий ҳужжат ва лойиҳа Президент Администрацияси ҳузуридаги илмий-таҳлилий институтлар тадқиқотлари, олимлар, маҳаллий ва хорижий экспертларнинг тавсиялари асосида ишлаб чиқилади.
Муҳим йўналишлар лойиҳа офислари орқали амалга оширилади. Администрация фаолиятида “комплаенс” тизими йўлга қўйилади. Бу эса шаффофликни таъминлаш, ижро интизомини мустаҳкамлаш ва коррупция ҳолатларининг олдини олишга хизмат қилади.
Айрим йўналишларда Президент вакиллари лавозимлари жорий этилди. Шунингдек, Ахборот ва оммавий коммуникациялар агентлиги (АОКА) фаолияти тугатилиб, унинг асосида Миллий контент ишлаб чиқарувчи марказ ташкил этилмоқда.
Давлат идораларининг жамоатчилик олдидаги ҳисобдорлиги оширилмоқда. Матбуот котиблари институти янада мустаҳкамланади, аҳоли билан коммуникация қилиш ва оммавий ахборот воситалари билан ишлашнинг янги тизими жорий этилмоқда.
—
Отныне все нормативно-правовые акты и проекты будут разрабатываться на основе научных исследований аналитических институтов при Администрации Президента с учетом рекомендаций ученых, отечественных и зарубежных экспертов.
Реализация ключевых направлений будет осуществляться через проектные офисы. В деятельность Администрации будет внедрена система комплаенса. Это призвано обеспечить прозрачность, укрепление исполнительской дисциплины и предотвращение коррупции.
По отдельным направлениям учреждены должности представителей Президента. Также упразднено Агентство информации и массовых коммуникаций (АИМК), на базе которого формируется Центр по производству национального контента.
Повышается подотчетность государственных органов перед общественностью. Институт пресс-секретарей будет укреплен, внедряется новая система коммуникации с населением и взаимодействия со средствами массовой информации.
—
From now on, all regulatory acts and projects will be developed on the basis of scientific research of analytical institutions under the Administration of the President taking into account recommendations of scientists, local and foreign experts.
Implementation of the key areas will be carried out through project offices. A compliance system will be introduced into the activities of the Administration. This is intended to ensure transparency, strengthen executive discipline and prevent corruption.
Positions of the President's representatives have been established in certain areas. The Agency for Information and Mass Communications (AIMC) has also been abolished, on the basis of which the Center for the Production of National Content is being formed.
The accountability of state bodies to the public is being increased. The institution of press secretaries will be strengthened, and a new system of communication with the public and interaction with the media is being introduced.

Фармон билан вазирлик ва идораларнинг қарор қабул қилишдаги мустақиллиги оширилади. Бу билан боғлиқ бюрократик жараёнлар қисқаради, улар проактив фаолият юритиши учун имкониятлар кенгайтирилади.
Ҳукумат қарорлари, идоравий ҳужжатлар ва маҳаллий давлат ҳокимияти органлари ҳужжатлари билан тартибга солинадиган масалалар рўйхати белгиланади.
Эндиликда идоралар ўзларига тегишли соҳани мустақил тартибга солиш ваколати доирасида норматив-ҳуқуқий ҳужжатлар қабул қила олади.
Идоравий ҳужжатларни Адлия вазирлигида давлат рўйхатидан ўтказишда қайта ишлаш (таҳрирлаш) имконияти яратилади. Идоравий ҳужжатларни халқаро стандартларга мослаштириш жараёнида уларга ҳуқуқий нормаларни киритишга рухсат этилади.
—
Указом предусматривается повышение самостоятельности министерств и ведомств при принятии решений. Будут сокращены бюрократические процедуры и расширены возможности для их проактивной деятельности.
Будет установлен перечень вопросов, упорядочиваемых постановлениями Правительства, ведомственными актами и актами органов государственной власти на местах.
Отныне ведомства смогут самостоятельно принимать нормативно-правовые акты в пределах своих полномочий по регулированию соответствующих сфер.
В процессе государственной регистрации ведомственных актов в Министерстве юстиции будет предусмотрена возможность их доработки (редактирования). Также будет разрешено включение правовых норм в рамках приведения ведомственных актов в соответствие с международными стандартами.
—
The decree provides for increased autonomy of ministries and agencies in decision-making. Bureaucratic procedures will be reduced and opportunities for their proactive activity will be expanded.
A list of issues to be regulated by Government resolutions, departmental acts and acts of local government bodies will be established.
From now on, agencies will be able to independently adopt normative legal acts within the limits of their authority to regulate the relevant areas.
An opportunity for finalization (modification) in the process of state registration of the agencies’ acts will be envisioned in the Ministry of justice. It will also be permitted to incorporate legal norms as part of the harmonization of agency acts with international standards.