Telegram Web Link
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Tibbiy_koʻrik

Tibbiyotda 90 kunlik oʻzgarishlar vaqti

Toshkent tumanida aholi salomatligini mustahkamlash, kasalliklarning erta aniqlanishini ta’minlash hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida "Tibbiyotda 90 kunlik oʻzgarishlar vaqti" tadbirlari doirasida keng qamrovli tibbiy ko‘riklar tashkil etilmoqda.

Xususan joriy yil 19-iyun kuni, Toshkent tumani Sarke mahallasi fuqarolari uchun navbatdagi bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi.

Ko‘rik davomida tor doiradagi-LOR, terapevt, pediatr, nevropatolog, kardiolog kabi malakali mutaxassislar aholi salomatligini tekshirdilar.

Tadbir davomida fuqarolarga kasalliklarning oldini olish, sog‘lom ovqatlanish va tibbiy ko‘rikdan muntazam o‘tish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ham berildi. Ma’lumot o‘rnida shuni aytib o'tish kerakki, bunday tibbiy ko‘riklar aholining barcha qatlamlarini qamrab olish, tibbiy xizmatlar sifati va yondashuvini yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan bo‘lib, “Tibbiyotda 90 kunlik oʻzgarishlar” tashabbusining muhim bosqichlaridan biridir.

📹Jarayon videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍31
🏆 "DXX kubogi - 2025 " Toshkent viloyati guruh bosqichi | 1-tur o'yinlarining boshlanish vaqtlari

📍 19-iyun 2025 yil Piskent tumani stadioni🏟

❇️KATTA FUTBOL:

D-Guruhi
⚽️ “Paxtakor” MFY (Bekobod sh) 🆚 “Po'lat-qadam” MFY (Qibray t) ⏱️17:00

⚽️ “O'zbekiston” MFY (Ohangaron t) 🆚 “Navbaxor” MFY (Yuqori Chirchiq t) ⏱️18:00


❇️MINI-FUTBOL (O'GIL BOLALAR):

C-Guruhi
⚽️ “Usmonobod” MFY (Yuqori Chirchiq t) 🆚 “Hamza” MFY (Chirchiq sh) ⏱️17:00

⚽️ “Yangi Maxalla” MFY (Chinoz t) 🆚 “Qizg'aldoq” MFY (Toshkent t) ⏱️18:00

D-Guruhi
⚽️ “Baliqchi” MFY (Quyi Chirchiq t) 🆚 “Dehqonobod” MFY (Yangiyo'l t) ⏱️19:00

⚽️ “Qumariq” MFY (Nurafshon sh) 🆚 “O'zbekiston” MFY (Ohangaron t) ⏱️20:00

Toshkent viloyati yoshlari

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Diqqat_eʼlon

Qadrli tuman yoshlari va aholisi!

Toshkent tumani hokimligi Yoshlar ishlar Agentligi tuman boʻlimi bilan hamkorlikda 🟢30-iyun - Yoshlar kuni munosabati bilan keng qamrovli GALA-KONSERT oʻtkazishni rejalashtirgan.

Shu munosabat bilan joriy yil 21- iyun-shanba kuni Toshkent tumani markazidagi SAYILGOHga tuman aholisi va yoshlarni taklif qilamiz.

Siz, turli sport oʻyinlari ishtirokchisiga aylanishingiz mumkin. Undan tashqari, kechki soat‼️19:00 da Toshkent tumani Madaniyat boʻlimi xonandalari boshchiligida konsert dasturi tashkillashtirilgan.

Gala-konsertda el suygan sanʼatkorlar - estrada yulduzlari IMRON, GʻAYBULLA TURSUNOV, YORQINXOʻJA UMAROVlarning chiqishlari kutilmoqda.

Keling! Yoshlar kuni munosabati bilan oʻtkazilayotgan Gala-konsert ishtirokchisiga aylaning va unutilmas xotiralarga ega boʻling!

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Probatsiya

Toshkent tumanida yoshlar bilan manzilli ishlanmoqda


Joriy yil 19-iyun kuni Toshkent tumani Yoshlar markazida alohida ishlash talab etiladigan yoshlarni biriktirish hamda ular bilan manzilli ishlash, shuningdek, birinchi navbatda hududdagi huquqbuzarlik yoki boshqa gʻayri-ijtimoiy xatti-harakatlarni sodir etilishini oldini olish maqsadida Oʻzbekiston respublikasi Mudofaa Vazirligiga qarashli Maxsus avariya tiklash boshqarmasi boshligʻi podpolkovnik U.Asqarov, Respublika Ichki ishlar Vazirligi masʼul xodimi A.Rahimov, Toshkent tumani hokimi oʻrinbosari I.Saidikarimov, Toshkent tumani IIB JXX probatsiya boʻlimi boshligʻi A.Anorboyev, Yoshlar ishlari agentligi Toshkent tumani boʻlimi O.Abdulxayevlar hamkorligida yoshlar bilan uchrashuv oʻtkazildi.

Probatsiya va profilaktika nazoratidagi yoshlar bilan uchrashuvda Toshkent tumani IIB JXX probatsiya nazoratida turgan 57 nafar yoshlarning 38 nafari Jinoyat Ishlari boʻyicha Toshkent tumani Sudining ajrimiga va JKning 73-moddasiga asosan jazodan shartli ravishda ozod etildi.

Bundan tashqari 66 nafar profilaktika hisobida turuvchi yoshlarning 19 nafari Oʻzbekiston Respublikasi IIVning 2016-yil 16-maydagi 151-sonli IIOda huquqbuzarliklar profilaktika ishi nizomining 2-ilovasiga muvofiq profilaktika nazoratidan yechildi.

📹Jarayon video va fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2🔥1👏1
#Toshkent_tumani
#Tadbirkorlik

Biznes vakillari bilan sayyor uchrashuv oʻtkazildi


Joriy yilning 19-iyun kuni Prezident Administratsiyasi huzuridagi ishchi guruh rahbari, Respublika savdo-sanoat palatasi va viloyat boshqarmasi vakillari hamda Toshkent tumani hokimi boshchiligida Toshkent, Qibray va Quyi Chirchiq tumanlarida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlarning muammo va takliflariga yechim topish va joyida bartaraf etish maqsadida sayyor qabul oʻtkazildi.

Toshkent tumanidagi "SILVER DRIP" MCHJ binosida oʻtkazilgan sayyor uchrashuvda 100 dan ortiq tadbirkorlar oʻz masalalari bilan ishtirok etdilar.

Tadbirda kadastr, kredit, tadbirkorlikni kengaytirish uchun yer ajratish va shu singari dolzarb masalalar tinglandi.

Har bir murojaat masʼullar tomonidan o'rganilib, ularni yechimi boʻyicha muddat belgilandi hamda muammolarni bartaraf qilish choralari izlandi.

📹Jarayon video va fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍54🔥2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️ Fuqarolarning huquqlarini sud orqali himoya qilish kafolatlari kuchaytiriladi


Manba: O'RQ-1067-son, 09.06.2025-yil.

👉 Manba

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
#Ogohlantirish

⚡️ Toshkent tumanining baʼzi hududlari elektr taʼminotida uzilishlar kuzatiladi


Toshkent tuman elektr taʼminoti korxonasi Sizga shuni maʼlum qiladiki, Keles podstantsiyasidan chiquvchi 35/6 kV quvvatli Kamalak fiderda ta'mirlash va elektr simlarini daraxt shoxlaridan tozalash ishlari olib borilishi munosabati bilan Oqibat, Tinchlik, Sag'bon, Qorasaroy, Uch-sada hamda Qir-ariq mahallalarida joriy yil 20-iyun kuni soat❗️10:00dan 14:00 gacha ❗️elektr taʼminoti xavfsizlik uchun o`chiriladi.

🟢 Keltirilayotgan vaqtinchalik noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr soʻraymiz.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
#Ogohlantirish

⚡️ Toshkent tumanining baʼzi hududlari elektr taʼminotida uzilishlar kuzatiladi

Toshkent tuman elektr taʼminoti korxonasi Sizga shuni maʼlum qiladiki, Navoiy podstantsiyasidan chiquvchi 35/10 kV quvvatli T.Umarov fiderda ta'mirlash va elektr simlarini daraxt shoxlaridan tozalash ishlari olib borilishi munosabati bilan Uchsada, Ko'kterak, Sag'bon (qisman), mahallalarida joriy yil 20-iyun kuni soat❗️10:00dan 14:00 gacha ❗️elektr taʼminoti xavfsizlik uchun o`chiriladi.

🟢 Keltirilayotgan vaqtinchalik noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr soʻraymiz.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3🆒3👍1
2025/07/14 18:38:53
Back to Top
HTML Embed Code: