#Jamoatchilik_nazorati
💦 DOIMIY ICHIMLIK SUV TA'MINOTI YO‘LIDA MUHIM QADAM
✅ 2025-yil 24-iyun kuni aholining ichimlik suvi ta’minoti borasidagi ko‘plab murojaatlari asosida Toshkent tumani kengashi deputatlari M.Usmonov va B.G‘offorov, shuningdek, Zargar MFY raisi S.Ibragimov va Majnuntol MFY raisi D.Ismoilov "Uzsuvtaminot" AJda bo‘lib, mazkur muammo kun tartibiga qo‘yildi.
🔍 Uchrashuv davomida mas'ullar tomonidan mavjud holat chuqur muhokama qilinib, 25-iyun kuni Toshkent tumani hokimligida muhokamani davom ettirish va amaliy choralarni belgilash yuzasidan navbatdagi uchrashuv tashkil etilishi belgilandi. Tomonlar kelishuviga ko‘ra, muammolarni tez fursatda bartaraf etish maqsadida hududlarga chiqib joyida o‘rganish, shuningdek, yaqinda qurib bitkazilgan “URV Umarov” va “URV Oltintepa” suv inshootlaridan Hiyobon, Majnuntol, Zargar, Yangi hayot, Ko'hinur, O'rikzor, Oltintepa, Shamsiobod, Beshterak mahallalarini toza ichimlik suvi bilan uzluksiz ta’minlash bo‘yicha kelishuvga erishildi.
🛠 Shu maqsadda ishchi guruh tuzildi va yaqin kunlarda ushbu hududlardagi suv muammolarini joyida ko‘zdan kechirish va hal qilish choralari amalga oshiriladi.
📌 Jamoatchilik nazorati guruhi rahbari, deputat M.Usmonov.
✅ Telegram 💬 Facebook 📸 Instagram 📹 YouTube 🌍 Website

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Oʻrganish
Qabuldan soʻng: Hokim mahallada
Toshkent tumani hokimi Sardorbek Ergashev Koʻksaroy mahallasida oʻtkazgan qabuldan soʻng mahalla hududini aylandi va fuqarolar bilan yaqindan muloqot qildi.
Mahalla faollari hamrohligida u hududdagi sanitar holat, obodonlashtirish ishlari, tomorqalardan foydalanish holati va aholining yashash sharoitini oʻrgandi. Shuningdek, hokim bir nechta xonadonlarga kirib, fuqarolar bilan yuzma-yuz suhbat uyushtirdi.
Tashrif davomida hokim mahalla yettiligiga va masʼul tashkilot rahbarlariga aniq topshiriqlar berdi. Jumladan, hududda gul koʻchatlari ekish, tomorqalardan samarali foydalanish, koʻcha va hovlilarni obod saqlash, yoshlarni band qilish, ehtiyojmandlarga koʻmak berish kabi vazifalar belgilab berildi.
Bunday tashriflar hokimiyat va xalq oʻrtasidagi ishonchni mustahkamlash, muammolarni joyida hal qilishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
📹 Jarayon videolavhada.

#Ogohlantirish
⚡️ Toshkent tumanining baʼzi hududlari elektr taʼminotida uzilishlar kuzatiladi
✨Toshkent tuman elektr taʼminoti korxonasi Sizga shuni maʼlum qiladiki, Keles podstantsiyasidan chiquvchi 35/6 kV quvvatli T-1 transformatoridan chiquvchi Olmazor fiderlarida avariyaviy ta'mirlash ishlari olib borilishi sababli Qizgaldoq, A.Navoiy, Fayzobod mahallalarida avariya sababli elektr taʼminotida uzilishlar yuzaga kelgan.
Hozirgi vaqtda ta'mirlash ishlari olib borilmoqda. Elektr ta'minoti tez orada tiklanadi.
🟢 Keltirilayotgan vaqtinchalik noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr soʻraymiz.

✨Toshkent tuman elektr taʼminoti korxonasi Sizga shuni maʼlum qiladiki, P/S Navoiy dan chiquvchi 10 kVli Suv Ombori fiderida ta'mirlash ishlari olib borilishi sababli Toshkent tumanning Ahillik, Qirariq, Qorasaroy, Xalimkop mahallalarida va ushbu mahallalar hududida faoliyat yrituvchi korxona-tashkilotlarda joriy yil 25-iyun kuni soat 10:00 dan 13:00 ga qadar elektr taʼminoti xavfsizlik uchun o`chiriladi.

⚡️ Toshkent tumanining baʼzi hududlari elektr taʼminotida uzilishlar kuzatilmoqda
✨Toshkent tumani elektr taʼminoti korxonasi Sizga shuni maʼlum qiladiki, Binokor podstantsiyasidan chiquvchi 35/10 kV quvvatli Sayfulin fiderida avariya holati yuzaga kelganligi, yuklama ortib ketganligi sababli Qorasaroy mahalla hududida hamda Hasanboy sanoat zonasida qisqa muddatga elektr taʼminotida uzilishlar yuzaga kelgan.
Hozirgi vaqtda ta'mirlash ishlari olib borilmoqda. Tez orada elektr ta'minotini tiklash choralari ko'riladi.

#Amaliy_seminar
Tomorqachilikni rivojlantirish – barqaror hayot garovi
Toshkent tumani Oqtosh mahallasida amaliy seminar va xonadonlarni oʻrganish tadbirlari oʻtkazildi.
Toshkent tumanida tomorqachilikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash hamda xonadonlardan samarali foydalanish maqsadida navbatdagi amaliy seminar tashkil etildi. Tadbirda Prezident Administratsiyasi huzuridagi ishchi guruh vakillari, tuman hokimligi mutasaddilari, mahalla faollari,hokim yordamchilari, agrosoha mutaxassislari, fermerlar hamda mahalliy aholi vakillari faol ishtirok etdi.
Seminar doirasida ishtirokchilar mahalladagi bir qator xonadonlarga kirib, yer maydonlaridan qanday foydalanilayotganini oʻrganishdi. Ayrim xonadonlarda sabzavot va poliz ekinlari, koʻkatlar yetishtirilayotgani, parrandachilik va asalarichilik yoʻlga qoʻyilgani koʻpchilikka ibrat boʻldi. Shu bilan birga, hali foydalanilmayotgan, boʻsh turgan yer maydonlari ham qayd etildi va ular boʻyicha aniq tavsiyalar berildi.
Seminarning amaliy qismida tajribali agronomlar tomorqadan unumli foydalanish, ekinlarni parvarishlash, suv tejamkor texnologiyalarni joriy etish yuzasidan kerakli bilim va tavsiyalarini berdilar.
Tadbir davomida hokim yordamchilari aholini kreditlar olish, urugʻ va koʻchatlar bilan taʼminlanish, bozor bilan bogʻlanish masalalarida amaliy yordam olish imkoniyatlari haqida xabardor qildilar.
Bunday tadbirlar aholining ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirish, tomorqadan foydalanib daromad topish orqali turmush darajasini yaxshilashga xizmat qilmoqda.

#Eʼlon
✅ Hurmatli tadbirkorlar!
♻️ Joriy yilning 25-iyun kuni Toshkent tumani hokimi boshchiligida hamda mutassadi tashkilot rahbarlari, hokim o'rinbosarlari ishtirokida Toshkent tumanida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlarning muammo va takliflariga yechim topish va joyida bartaraf etish yuzasidan uchrashuv oʻtkazish rejalashtirilgan.
📍 Shu munosabat bilan biznes vakillarini 25-iyun sanasi soat 17:00 da Toshkent tumani hokimligi kichik majlislar zaliga taklif qilamiz.
✅ Telegram 💬 Facebook 📸 Instagram 📹 YouTube 🌍 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Taʼmirlash
586-transformatorda texnik taʼmirlash ishlari amalga oshirildi
Toshkent tumani Bogʻbon mahallasining barqaror elektr taʼminotini taʼminlash va aholi turmush farovonligini oshirish maqsadida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga qarashli “Toshkent hududiy elektr tarmoqlari” korxonasi mutaxassislari tomonidan navbatdagi muhim amaliy tadbir amalga oshirildi.
Mazkur mahallada joylashgan 586-raqamli transformatorda joriy texnik taʼmirlash ishlari olib borildi. Elektr taʼminotida yuzaga kelayotgan uzilishlar va kuchlanish pastligi kabi muammolarni bartaraf etish maqsadida ushbu taʼmirlash ishlari reja asosida amalga oshirildi.
Elektroset xodimlari tomonidan transformatorning ichki uskunalari tekshirildi, eskirgan va muvaqqatcha ishlaydigan qismlar yangisiga almashtirildi. Shuningdek, izolyatsiya holati nazorat qilindi, kontaktlar va yogʻli uskunalar holati tekshirilib, mos ravishda qayta tiklandi.
Texnik taʼmirlash ishlari nafaqat mavjud muammolarni hal qilish, balki elektr tarmoqlari faoliyatining samaradorligini oshirish, mahallaning ijtimoiy va iqtisodiy rivojiga hissa qoʻshishga ham xizmat qiladi.
📸 Jarayon fotolavhalarda.

#Muhokama
Barqaror suv taʼminoti yoʻlida muhim muhokama
Toshkent tumanida aholini sifatli ichimlik suvi bilan taʼminlash va suv infratuzilmasini zamonaviylashtirish maqsadida Osiyo taraqqiyot banki mablagʻlari hisobidan amalga oshirilayotgan yirik loyiha doirasida muhim muhokama yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Toshkent tumani hokimi, Xalq deputatlari Toshkent tumani Kengashi raisi Sardorbek Ergashev taklifiga binoan oʻtkazilgan muhokama yigʻilishida, tuman deputatlari, tuman hokimligi masʼul rahbarlari, “O'zsuvtaʼminot” AJ rahbariyati va mutaxassislari shuningdek, loyiha ijrochilari ishtirok etdilar. Asosiy eʼtibor loyihaning hozirgi bosqichi, amalga oshirilayotgan ishlar va aholi ehtiyojlarini yanada yaxshiroq qondirish masalalariga qaratildi.
Muhokama davomida taʼkidlanishicha, mazkur loyiha Toshkent tumanidagi bir qator mahallalarda suv taʼminotini tubdan yaxshilashga xizmat qiladi. Jumladan, eski suv tarmoqlari yangilanayotgani, yangi quvurlar oʻrnatilayotgani, nasos stansiyalari qurilish va rekonstruksiya qilinishi koʻzda tutilgan.
Tuman hokimi oʻz soʻzida aholiga munosib hayot sharoiti yaratishda suv taʼminoti muhim omil ekanini qayd etdi. Shu bois, loyiha sifatli va soʻzsiz amalga oshirilishi lozimligi taʼkidlandi. Shuningdek, har bir mahallada olib borilayotgan ishlar mahalliy fuqarolarning roziligi va xabardorligi asosida, ochiq-oshkora yoʻl bilan amalga oshirilishi lozimligiga alohida eʼtibor qaratildi.
“O'zsuvtaʼminot” AJ mutaxassislari tomonidan loyiha jarayoni, texnik yechimlar va bajarilayotgan ishlar haqida batafsil maʼlumot berildi. Ular suv taʼminotini yaxshilash nafaqat sanitariya va sogʻliq uchun, balki hududning iqtisodiy rivoji uchun ham muhim ekanini taʼkidlashdi.
Muhokama yakunida ishtirokchilar tomonidan bir qator amaliy takliflar ilgari surildi. Ayniqsa, qurilish ishlari davrida aholiga muvaqqatcha noqulayliklarni kamaytirish, tezkor texnik yordam guruhlari tashkil etish va ish jarayonini jamoatchilikka muntazam yetkazish kabi gʻoyalar qoʻllab-quvvatlandi.
Ushbu muhokama joylardagi muammolarni aniqlash va yechim topishda samarali muloqot va hamkorlik muhimligini yana bir bor isbotladi. Ishonchimiz komilki, amalga oshirilayotgan mazkur loyiha nafaqat texnik jihatdan, balki ijtimoiy ahamiyati jihatidan ham muhim natijalar beradi.