Telegram Web Link
#Taʼmirlash

Toshkent tumani Qizgʻaldoq hududidagi 766-sonli transformator mukammal taʼmirlandi


Toshkent tumani elektr taʼminoti korxonasi tomonidan aholiga sifatli va uzluksiz elektr energiyasi yetkazib berishni taʼminlash maqsadida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, tumanning Qizgʻaldoq mahallasida joylashgan 766-raqamli transformator punkti mukammal taʼmirdan chiqarildi.

Mazkur taʼmirlash ishlari davomida transformatorning asosiy jihozlari yangilanib, eskirgan qismlar almashtirildi, kabellar, sugʻurtalash tizimlari, kuchlanish tarqatish tarmoqlari zamonaviy talablar asosida qayta sozlandi. Mutaxassislar tomonidan xavfsizlik qoidalariga toʻliq rioya qilgan holda barcha texnik ishlanmalar yakuniga yetkazildi.

Natijada, Qizgʻaldoq hududidagi yuzlab xonadonlar, ijtimoiy soha obyektlari va tadbirkorlik subyektlari elektr taʼminotidagi uzilishlarsiz, barqaror xizmat bilan qamrab olindi.

Bu kabi texnik xizmat koʻrsatish ishlari kelgusida boshqa mahallalarda ham davom ettiriladi. Elektr tarmogʻining doimiy ravishda yangilanib borilishi aholining hayot sifatini oshirishda muhim omil boʻlib xizmat qiladi.

📸Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Sayyor_qabul

Guliston hududi aholisi uchun sayyor qabul o'tkazildi

Toshkent tumani hokimi Sardorbek Ergashev joriy yil 26-iyun kunidagi qabulini Bog'bon mahallasida oʻtkazdi.


Fuqarolar qabulida tuman hokimi bilan birgalikda Davlat Soliq inspeksiyasi boshligʻi S. Abduvaliyev, Toshkent tumani Xalq qabulxonasi rahbari N. Muxamedovlar ishtirok etdi. Unda tumandagi barcha korxona-tashkilot rahbarlari qatnashdi.

Sayyor qabulda 40dan ziyod Mustaqillik, Bog'bon, Qashqarlik, Ayriota va Quruvchi mahallalari fuqarolari oʻz masalalari bilan murojaat qildi.

Qabul davomida fuqarolarning moddiy yordam, elektr, suv taʼminoti, kadastr, taʼlim, ichki ko'chalarni asfaltlashtirish, ijtimoiy himoyaga oid murojaatlari tinglandi. Ularning har biri masʼulligi boʻyicha tegishli korxona-tashkilotlarga tez fursatlarda bartaraf etish uchun biriktirib berildi. Barcha murojaatlarni tuman hokimi oʻz nazoratiga oldi.

Qabuldan soʻng masʼul tashkilot rahbarlari va mahalla yettiligi xodimlari bilan suhbatlashdi.

Sardorbek Ergashev oʻz nutqida mahallada amalga oshirilishi lozim boʻlgan ustuvor vazifalarga toʻxtalib oʻtdi. Jumladan, obodonlashtirish ishlarini jadallashtirish, yoshlar bandligini taʼminlash, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini moddiy qoʻllab-quvvatlashga alohida eʼtibor qaratish lozimligi taʼkidlandi.

Bu singari qabullar Toshkent tumanida tizimli ravishda davom ettiriladi.

📹Jarayon video va fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Live

Yoshlar festivali ko‘tarinki ruhda davom etmoqda

Ayni paytda viloyatimizning ma’muriy markazi – Nurafshon shahrida "Yangi O‘zbekiston yoshlari birlashaylik!" shiori ostida festival o‘tkazilmoqda.

Tadbirda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev ishtirok etmoqda.

Viloyatimiz hokimi Zoyir Mirzayev yoshlarga tabrik so‘zida Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan tub islohotlarning asosiy mazmun-mohiyati bu – katta hayotga dadil kirib kelayotgan navqiron avlodga munosib turmush tarzini barpo etish, ularning orzu intilishlarini ro‘yobga chiqarish ekanligini alohida ta’kidladi. 

Tadbirda bir guruh faol yoshlar, xalq xo‘jaligining turli jabhalarida ulkan marralarni zabt etgan yigit-qizlar Toshkent viloyati hokimligi tomonidan taqdirlandi.

30-iyun – Yoshlar kuniga bag‘ishlangan tantanali marosim ko‘tarinki ruhda davom etmoqda.

Telegram 🌐Website 📹YouTube 🌐 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёевнинг матбуот ва оммавий ахборот воситалари ходимларига табриги

Поздравление Президента Шавкат Мирзиёева работникам печати и средств массовой информации

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#Tabrik

Toshkent tumani hokimi Sardorbek Ergashevning Ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlariga bayram tabrigi!


Hurmatli ommaviy axborot vositalari vakillari!
Aziz jurnalist va blogerlar!


Sizlarni 27-iyun — Ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman!

Bugungi kunda jamiyat hayotining ajralmas qismiga aylangan ommaviy axborot vositalari nafaqat axborot tarqatish, balki jamiyat fikrini shakllantirish, xalq va davlat o'rtasidagi mustahkam ko'prik vazifasini o'tab kelmoqda.

Sizning xolislik va mas'uliyat bilan amalga oshirayotgan fidokorona xizmatingiz, dolzarb mavzularga munosabatingiz, jamiyatimizda ochiqlik va oshkoralikni ta'minlashdagi hissangizni yuksak qadrlaymiz.

Shu fursatdan foydalanib, barchangizga sihat-salomatlik, ijodiy parvozlar, qalamingiz doimo o'tkir bo'lishini, yangi muvaffaqiyatlar va yorqin yutuqlar tilayman!

Sizga va yaqinlaringizga tinchlik, baxt va baraka hamroh bo'lsin!

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/06/29 12:05:17
Back to Top
HTML Embed Code: