Telegram Web Link
#Qishloq_xoʻjaligi

Fermer xoʻjaliklarida suv tejovchi texnologiyalar joriy qilinmoqda


Bugun, Agrosanoatni rivojlantirish agentligi tuman loyiha ofisi mutaxassislari hududlardagi bogʻdorchilik-uzumchilik xoʻjaliklari faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida "Oltin Ufq agro" fermer xoʻjaligida boʻldilar.

👉 Batafsil

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
#Faxr_tuygʻusi

♻️"AYBIN-2025" xalqaro vatanparvarlik musobaqasi — doʻstlik, jasorat va gʻurur bayrami!


2025-yilning yozida Qozogʻiston Respublikasida oʻtkazilayotgan yirik harbiy-vatanparvarlik yoʻnalishidagi "Aybin-2025" xalqaro musobaqasi qizgʻin pallaga kirgan. Ushbu nufuzli tadbir nafaqat yoshlar oʻrtasida harbiy bilim va jismoniy tayyorgarlikni mustahkamlash, balki turli davlatlar oʻrtasida hamkorlik va doʻstlik rishtalarini kuchaytirishga xizmat qilmoqda.

👉 Batafsil

📸Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
#Sayyor_qabul

Sayyor qabul: fuqarolar muammolariga yechim

Joriy yilning 28-iyun sanasida Toshkent tumanida aholining turmush tarzi, ijtimoiy-iqtisodiy muammolari hamda taklif va fikrlarini oʻrganish maqsadida navbatdagi sayyor qabul boʻlib oʻtdi. Ushbu qabul tuman hokimining birinchi oʻrinbosari, birinchi sektor rahbari Rahimjon Rixsiyev rahbarligida oʻtkazildi.

Qabul jarayonida asosiy eʼtibor Alisher Navoiy, Qizgʻaldoq va Fayzobod mahallalarida istiqomat qiluvchi fuqarolarning muammolariga qaratildi. Ularda asosan ishsizlik, uy-joy masalalari, yoʻl va infratuzilma bilan bogʻliq muammolar, ijtimoiy koʻmak, uy-hovli hujjatlashtirish, sogʻliqni saqlash va taʼlim sohalaridagi muammolar koʻtarildi.

Sayyor qabul davomida mutasaddi tashkilotla masʼullari ishtirok etib, har bir murojaat yuzasidan joyida oʻrganishlar olib borildi. Ayrim masalalar shundoq oʻsha yerning oʻzida ijobiy hal etildi, qolganlari esa nazoratga olinib, hal etish muddatlari belgilab berildi.

Rahimjon Rixsiyev oʻz soʻzida taʼkidlaganidek, “Fuqarolar bilan ochiq muloqot – davlat xizmatidagi har bir rahbarning burchi. Muammolarni eshitish va ularga yechim topish – bu birinchi galda xalqimizga boʻlgan masʼuliyatimizning ifodasidir”.

Mahalladagi faol yoshlar va nuroniylar ham sayyor qabuldan mamnun boʻlib, rahbarlarga oʻz minnatdorchiliklarini izhor etishdi.

Bunday uchrashuvlar aholi bilan davlat organlari oʻrtasidagi bogʻliqlikni mustahkamlash, joylardagi muammolarni tezkor hal qilishda muhim omil boʻlib xizmat qilmoqda.

📸Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎉 Bugun 30-iyun – O‘zbekistonda "Yoshlar kuni"!

⚡️ Bayramingiz muborak bo‘lsin, O‘zbekiston yoshlari!

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Sayyor_qabul

🔰Toshkent tumani Oqibat, Ozodlik, Xuvaydo va Iftixor mahallalari fuqarolari uchun sayyor qabul o'tkazildi

📍Toshkent tumani hududida ijtimoiy himoya tizimini yanada takomillashtirish, aholining ehtiyoj va muammolarini bevosita oʻrganish hamda ularni joyida hal etish maqsadida navbatdagi sayyor qabul oʻtkazildi. Bu safar sayyor qabul  Oqibat, Ozodlik, Xuvaydo va Iftixor mahallalarini qamrab oldi.

♻️Tadbir Toshkent tumani "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi direktori Dilshodxon Muhiddinov tomonidan tashkil etildi. Sayyor qabul davomida aholining ijtimoiy himoya, bandlik, nogironligi boʻlgan fuqarolarni qoʻllab-quvvatlash, nafaqa tayinlash, kam taʼminlangan oilalarga yordam koʻrsatish kabi yoʻnalishlardagi muammolari eshitilib, tegishli choralar belgilandi.

📸Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/07/04 08:09:41
Back to Top
HTML Embed Code: