Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Taqdimot
“Uzun suv” — bir yillik ishonch va izlanish mevasi
Bir yil oldin “O‘zbekneftgaz” AJ tashabbusi bilan Toshkent tumanida tashkil etilgan Yoshlar markazlari yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni ijod, fan, sport va madaniyatga jalb qilishga alohida e’tibor qaratildi. Qisqa vaqt ichida markazlar yoshlar uchun haqiqiy imkoniyatlar maydoniga aylandi.
Shu bir yil davomida turli tadbirlar, uchrashuvlar, mahorat darslari tashkil etildi. Ijodga qiziqqan yoshlar aniqlanib, ular muntazam rag‘batlantirib borildi. O‘qituvchilar va mutaxassislar bilan yaqin hamkorlikda ish olib borildi. Eng muhimi, yoshlarimiz bu e’tiborni his qildi, o‘z salohiyatiga ishona boshladi.
Aynan shunday tizimli va maqsadli ishlar natijasida, “Uzun suv” to‘plami yaratilib, kitob sifatida nashr etildi. Unda tumandagi iqtidorli yoshlarning she’r, hikoya va esselari jamlangan. Bu kitob — ularning ilk qadamları, ilk yutug'idir.
Ushbu to‘plamning taqdimot tadbirida yozuvchi va shoir Bobur Bobomurod, “O‘zbekneftgaz” AJ vakillari, ijodkor o‘quvchilar, ustozlar, ota-onalar, madaniyat bo‘limi vakillari hamda adabiyot ixlosmandlari ishtirok etdilar.
“O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisining yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi Jaloliddin Ilhamov so‘zga chiqib, ushbu to‘plam yoshlar ijodini qo‘llab-quvvatlash yo‘lidagi ezgu tashabbuslardan biri ekanini ta’kidlab, Toshkent tumani yoshlari salohiyatiga yuqori baho berdi.
To‘plam mualliflari o‘z ijod namunalari bilan qatnashib, tomoshabinlar olqishiga sazovor bo‘ldilar. Bobur Bobomurod yosh qalamkashlarga samimiy tilaklar bildirar ekan, bunday loyihalar ijodga katta turtki bo‘lishini alohida ta’kidladi.
Tadbirga Toshkent tumani madaniyat bo‘limi xonandalari ham o‘z chiqishlari bilan fayz kiritdilar.
“Uzun suv” deb nomlangan ushbu yosh ijodkorlar to‘plami nafaqat adabiy, balki tarixiy va ma’naviy jihatdan ham chuqur ma’noga ega. Bu nom, Toshkent tumani markazi — Keles nomining tarixiy ildizlariga bevosita bog‘liq.
"Keles" so‘zining majoziy ildizlari esa “kele” – til, “es” – suv kabi qadimiy so‘zlardan tarkib topib, “uzun suv”, ya’ni uzluksiz harakat, hayot manbai, davomiylik timsoliga aylanadi. Bu nom — cheksiz oqim, barqaror harakat, yoshlar qalbidagi izlanish, orzu va intilishlarga juda mos tushadi.
“Uzun suv” — bu yangi yo‘l, yangi nafas, yosh iste’dodlarning ichki ovozi va kelajakka bo‘lgan ishonchidir.
📹 Batafsil videoda.
✅ Telegram 💬 Facebook 📸 Instagram 📹 YouTube 🌍 Website

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3🔥2🎉1
#2025_yil_1_iyuldan
🪙 Qonunchilikka ko'ra, aholi uy-joylarining energiya auditini o'tkazish xarajatlari hamda quyosh panellari va geliokollektorlar qiymatining 20 foizi va issiqlik nasoslari qiymatining 40 foizini qoplash uchun Energiya samaradorligi milliy agentligi tomonidan subsidiya ajratiladi.
✔️ Biroq, ushbu miqdorlar BHMning 50 baravaridan oshmagan qiymatda qoplanadi.
👉Manba
✅ Telegram 💬 Facebook 📸 Instagram 📹 YouTube 🌍 Website
✔️ Biroq, ushbu miqdorlar BHMning 50 baravaridan oshmagan qiymatda qoplanadi.
👉Manba
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1
#Saxovat
“Maʼrifat va saxovat karvoni” doirasidagi tadbirlar
Toshkent tumanida amalga oshirilayotgan “Maʼrifat va saxovat karvoni” xayriya tadbirlari doirasida keng koʻlamli ishlar olib borilmoqda. Prezident topshirigʻi asosida, jamiyatda muhtoj qatlamlarga moddiy va maʼnaviy koʻmak berish, ularni qoʻllab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan ushbu tashabbus aholi oʻrtasida keng hamda iliq munosabat uygʻotmoqda.
Joriy yil 30-iyun sanasidan boshlab 24 ta ishchi guruh aʼzolari tomonidan oilalarga birinchi navbatdagi maishiy buyumlar, gigienik vositalar va boshqa turdagi yordam sovgʻalari yetkaziladi. Har bir guruh oʻz hududidagi xonadonlarga tashrif buyurib, ehtiyojmand fuqarolar holidan xabar oladi hamda davlatimiz rahbarining gʻamxoʻrligini yetkazadi.
Ushbu xayrli ishlarda hokimi oʻrinbosarlari, tuman deputatlari, mahalla raislari, xotin-qizlar faollari, yoshlar yetakchilari, hokim yordamchilari shuningdek, tuman deputatlari va biriktirilgan korxona-tashkilot rahbarlari faol ishtirok etmoqda. Ular tomonidan birinchi bosqichda 4ta sektordagi 280 ta oilaga turli koʻmak turlari bilan yordam koʻrsatilishi ko'zda tutilgan.
— Bu kabi xayriya tadbirlari nafaqat ehtiyojmandlarning yuzini kuldiradi, balki jamiyatdagi hamjihatlik, birdamlik tuygʻularini ham mustahkamlaydi, — deydi Beruniy mahalla faollaridan biri Muqaddasxon Abdugʻafurova.
“Maʼrifat va saxovat karvoni” faqat moddiy yordam bilan cheklanib qolmay, maʼnaviy-maʼrifiy suhbatlar, oilalardagi ijtimoiy muammolarni oʻrganish va ularni bartaraf etish yuzasidan aniq chora-tadbirlarni qamrab olmoqda. Shu jihatdan ham bu tadbir xalq manfaatlariga xizmat qiluvchi ezgu saʼy-harakat sifatida qayd etilmoqda.
Shu kabi xayrli ishlar Toshkent tumanida davom etmoqda.
📸 Jarayon video va fotolavhalarda.

👍4❤2
"E-auksion" platformasida Toshkent viloyati hududidan Davlat aktivlarini sotib oling!
🔹Angren shaharida 3 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod shaharida 7 ta (Ko'rish)
🔹Nurafshon shahrida 5 ta (Ko'rish)
🔹Olmaliq shahrida 1 ta (Ko'rish)
🔹Ohangaron shahrida 1 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod tumanida 2 ta (Ko'rish)
🔹Bo'ka tumanida 2 ta (Ko'rish)
🔹Bo'stonliq tumanida 5 ta (Ko'rish)
🔹Qibray tumanida 3 ta (Ko'rish)
🔹Oqqo'rg'on tumanida 3 ta (Ko'rish)
🔹Ohangaron tumanida 1 ta (Ko'rish)
🔹Parkent tumanida 1 ta (Ko'rish)
🔹Piskent tumanida 1 ta (Ko'rish)
🔹Toshkent tumanida 3 ta (Ko'rish)
🔹O'rtachirchiq tumanida 5 ta (Ko'rish)
🔹Chinoz tumanida 5 ta (Ko'rish)
🔹Yangiyo'l tumanda 2 ta (Ko'rish)
Barchasini ko'rish
👇Xabardor bo'lish uchun👇
Telegram|Facebook|Instagram|Youtube
🔹Angren shaharida 3 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod shaharida 7 ta (Ko'rish)
🔹Nurafshon shahrida 5 ta (Ko'rish)
🔹Olmaliq shahrida 1 ta (Ko'rish)
🔹Ohangaron shahrida 1 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod tumanida 2 ta (Ko'rish)
🔹Bo'ka tumanida 2 ta (Ko'rish)
🔹Bo'stonliq tumanida 5 ta (Ko'rish)
🔹Qibray tumanida 3 ta (Ko'rish)
🔹Oqqo'rg'on tumanida 3 ta (Ko'rish)
🔹Ohangaron tumanida 1 ta (Ko'rish)
🔹Parkent tumanida 1 ta (Ko'rish)
🔹Piskent tumanida 1 ta (Ko'rish)
🔹Toshkent tumanida 3 ta (Ko'rish)
🔹O'rtachirchiq tumanida 5 ta (Ko'rish)
🔹Chinoz tumanida 5 ta (Ko'rish)
🔹Yangiyo'l tumanda 2 ta (Ko'rish)
Barchasini ko'rish
👇Xabardor bo'lish uchun👇
Telegram|Facebook|Instagram|Youtube
#Dolzarb_90_kunlik
Shashka musobaqasi va informatika toʻgaragi – yoshlar uchun maʼnaviy-maʼrifiy muhit yaratishda navbatdagi qadam
Toshkent tumanidagi 22-umumtaʼlim maktabida joriy yil 1-iyul kuni “Dolzarb 90 kunlik” dasturi doirasida rejalashtirilgan tadbirlar muvaffaqiyatli oʻtkazildi.
Ushbu kuni maktabda sport va axborot texnologiyalari sohalariga oid muhim tadbirlar boʻlib oʻtdi. Xususan, oʻquvchilar oʻrtasida shashka boʻyicha musobaqalar tashkil etildi. Sport ruhini yuksaltirish, aqliy salohiyatni rivojlantirish va faol yoshlarni ragʻbatlantirish maqsadida oʻtkazilgan ushbu musobaqalarga sport ustozi Qudrat Muhammedjanov boshchilik qildi. U tadbir ishtirokchilarini ruhlantirdi, qoidalar bilan tanishtirdi hamda musobaqalarni adolatli tashkil etishda muhim rol oʻynadi.
Shu bilan birga, maktabda informatika oʻqish toʻgaraklari ham oʻz faoliyatini davom ettirdi. Toʻgarak doirasida oʻquvchilar axborot texnologiyalari sohasidagi bilimlarini mustahkamlab, amaliy mashgʻulotlarda ishtirok etdilar.
Bunday tadbirlar yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni maʼnaviy va intellektual jihatdan rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
📸 Jarayon fotolavhalarda.

#Ogohlantirish
⚡️ Toshkent tumanining baʼzi hududlari elektr taʼminotida uzilishlar kuzatiladi
✨Toshkent tuman elektr taʼminoti korxonasi Sizga shuni maʼlum qiladiki, Toshkent shahar Sag'bon P/S avariya bolganligi munosabati bilan ushbu P/S dan ta`minlangan KL-35 kV L-Bogzor1 2 kabel tarmogida kuchlanish yoq shu tufayli tumanning Bunyodkor, Diydor, Ko'ksaroy, Qorabo'rik, Zaxariq, Bog'izilol, Zarbdor, E'zoz, Ko'hinur, Yangi-hayot, O'rikzor, Oltintepa, Chig'atoy, Qizg'aldoq, Beruniy, Oqtosh, Oltintepa, Shamsiobod,Sohibkor, Beshterak mahallalarida va ushbu mahallalar hududida faoliyat yurituvchi korxona-tashkilotlarda joriy yil 1-iyul kuni avariya bartaraf etilmagungacha elektr ta`minoti bo`lmaydi.
🟢 Keltirilayotgan vaqtinchalik noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr soʻraymiz.
✅ Telegram 💬 Facebook 📸 Instagram 📹 YouTube 🌍 Website
⚡️ Toshkent tumanining baʼzi hududlari elektr taʼminotida uzilishlar kuzatiladi
✨Toshkent tuman elektr taʼminoti korxonasi Sizga shuni maʼlum qiladiki, Toshkent shahar Sag'bon P/S avariya bolganligi munosabati bilan ushbu P/S dan ta`minlangan KL-35 kV L-Bogzor1 2 kabel tarmogida kuchlanish yoq shu tufayli tumanning Bunyodkor, Diydor, Ko'ksaroy, Qorabo'rik, Zaxariq, Bog'izilol, Zarbdor, E'zoz, Ko'hinur, Yangi-hayot, O'rikzor, Oltintepa, Chig'atoy, Qizg'aldoq, Beruniy, Oqtosh, Oltintepa, Shamsiobod,Sohibkor, Beshterak mahallalarida va ushbu mahallalar hududida faoliyat yurituvchi korxona-tashkilotlarda joriy yil 1-iyul kuni avariya bartaraf etilmagungacha elektr ta`minoti bo`lmaydi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2⚡2💯1🆒1
#Xush_xabar
#Aybin_2025
✅ Qozogʻistonda boʻlib oʻtgan “Aybin” xalqaro harbiy-vatanparvarlik yigʻini musobaqalarida ishtirok etgan Toshkent tumani oʻquvchilari Toshkent xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi.
Unda Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri oʻrinbosari Farhod Boqiyev, masʼullar va ota-onalar ishtirok etib, oʻquvchilarni samimiy tabriklashdi.
Toshkent tumanidagi Majnuntol mahallasida joylashgan 7-umumtaʼlim maktabining CHQBT rahbari Saloxiddin Shamsiddinovning oʻquvchilari, 9-umumta'lim maktabining "Vatan tayanchi" harbiylashtirilgan қшта rahbari kapitan Shuhrat Saidmuradov rahbarligidagi "Burgut" sport klubi a'zolari, 2 nafar 7-maktabning oʻquvchilari ishtirok etib gʻoliblik kubogini qoʻlga kiritishga oʻz hissalarini qoʻshdilar.
📍 Joriy yil 22-28-iyun kunlari boʻlib oʻtgan ushbu tadbirda 6 ta davlatdan 52 ta jamoa vakillari oʻzaro kuch sinashishdi.
➖ Musobaqalar yakuniga koʻra Oʻzbekiston terma jamoasi:
🥇 1 ta oltin,
🥈 2 ta kumush,
🏆 4 ta gʻoliblik kubogini qoʻlga kiritdi.
🌐 Xususan, shartlar yoʻnalishida oʻquvchilarimiz:
➖ smart sarbaz yoʻnalishida birinchi;
➖harbiylashtirilgan estafeta yoʻnalishida birinchi;
➖turnikda tortilishda shaxsiy rekord boʻyicha birinchi;
➖jamoa bilan turnik tortilishda ikkinchi;
➖AK-74 avtomat kalashnikovni sochib yigʻishda ikkinchi oʻrinlarga munosib deb topilgan.
Gʻoliblarni tabriklab, ularning kelgusi ishlarida omad tilaymiz!

👍5❤3🔥1💯1🏆1