Telegram Web Link
#Saxovat_karvoni

Mehr va saxovat karvoni – insonparvarlikning yorqin namunasi


Toshkent tumanida amalga oshirilayotgan “Mehr va saxovat karvoni” tadbirlari doirasida kam taʼminlangan va ehtiyojmand oilalarga manzilli yordam koʻrsatish ishlari izchil davom etmoqda. Prezidentimiz tashabbuslari va topshiriqlariga asosan tashkil etilgan ushbu xayrli saʼy-harakatlar jamiyatimizda oʻzaro hamjihatlik va mehribonlik muhitini yanada mustahkamlamoqda.

Jumladan, tumanning 3-sektor hududiga biriktirilgan 6-ishchi guruh tomonidan oʻtkazilgan navbatdagi tadbir davomida Qirariq, Qorasaroy, Oqibat, Ahillik singari mahallalarida yashovchi ehtiyojmand fuqarolar holidan xabardor boʻlib, ularga zarur yordamlar koʻrsatildi.

Jami 14 ta mahallani qamrab olgan ushbu xayrli tadbirda yurtimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy himoya siyosatiga uygʻun tarzda, oilalarning aniq ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda oziq-ovqat mahsulotlari, maishiy buyumlar va kundalik ehtiyojlardan iborat yordam toʻplamlari tarqatildi.

Taʼkidlash joizki, ushbu tadbirlarda davlat tashkilotlari va mahalla faollari bilan bir qatorda, homiylar va hashar tarzida qatnashgan fuqarolarning ishtiroki ham yuqori bahoga loyiq. Bu esa, “Yaqinlarga yordam berish – uzoqni ravnaqqa yetaklaydi” degan hayotiy shiorni yana bir bor amalda tasdiqlamoqda.

Mehr va saxovat karvoni bu – shunchaki moddiy yordam emas, balki dili ogʻriyotgan insonlarga ruhiy taskin, el-yurt bagʻrikengligining yorqin namunasidir.

📸Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
"E-auksion" platformasida Toshkent viloyati hududidan Avtotransport vositalarini sotib oling!

🔹Angren shaharida 265 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod shaharida 52 ta (Ko'rish)
🔹Nurafshon shahrida 11 ta (Ko'rish)
🔹Olmaliq shahrida 10 ta (Ko'rish)
🔹Ohangaron shahrida 5 ta (Ko'rish)
🔹Chirchiq shahrida 5 ta (Ko'rish)
🔹Yangiyo'l shahrida 4 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod tumanida 9 ta (Ko'rish)
🔹Bo'ka tumanida 8 ta (Ko'rish)
🔹Bo'stonliq tumanida 5 ta (Ko'rish)
🔹Zangiota tumanida 14 ta (Ko'rish)
🔹Qibray tumanida 12 ta (Ko'rish)
🔹Quyi Chirchiq tumanida 19 ta (Ko'rish)
🔹Oqqo'rg'on tumanida 41 ta (Ko'rish)
🔹Ohangaron tumanida 4 ta (Ko'rish)
🔹Parkent tumanida 7 ta (Ko'rish)
🔹Piskent tumanida 3 ta (Ko'rish)
🔹Toshkent tumanida 22 ta (Ko'rish)
🔹O'rtachirchiq tumanida 54 ta (Ko'rish)
🔹Chinoz tumanida 5 ta (Ko'rish)
🔹Yuqorichirchiq tumanida 4 ta (Ko'rish)
🔹Yangiyo'l tumanda 18 ta (Ko'rish)

Barchasini ko'rish

👇Xabardor bo'lish uchun👇
Telegram|Facebook|Instagram|Youtube
#Sayyor_qabul

Toshkent tumani Avliyota, Rahbarobod va Oydin hayot mahallalari fuqarolari uchun oʻtkazilgan sayyor qabul


Toshkent tumanida joylashgan Avliyota, Rahbarobod va Oydin hayot mahallalarida istiqomat qiluvchi fuqarolar uchun navbatdagi sayyor qabul boʻlib oʻtdi.

Mazkur tadbir "Toshkent viloyati suv taʼminoti ” AJ Toshkent tumani filiali rahbari Norsaid Niyazov boshchiligida tashkil etildi.

Sayyor qabul davomida aholi tomonidan turli masalalar — suv taʼminotini yaxshilash, ichimlik suvi narxining oshishi to'g'risida va ichimlik suvi bo'yicha qarzdorliklar yuzaga kelmasligi boyicha masalalar koʻtarildi.

Norsaid Niyazov har bir fuqaroning murojaatini diqqat bilan eshitib, ayrim muammolarni joyida hal etishga vaʼda berdi.

📸Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍52
#Saxovat

Mehr va saxovat karvoni – Avliyoota mahallasida


Toshkent tumanida amalga oshirilayotgan “Mehr va saxovat karvoni” xayrli tashabbuslari doirasida har bir sektorda kam taʼminlangan, yordamga muhtoj oilalar holidan xabar olish, ularni qoʻllab-quvvatlash ishlari izchil davom etmoqda.

Sektor rahbarlari tomonidan aniq reja va manzilli yordam asosida aholining ijtimoiy muhofazaga muhtoj qatlami aniqlanib, ularga moddiy va maʼnaviy koʻmak koʻrsatilmoqda.

Shu doirada bugun, tuman hokimining oʻrinbosari A.Muhiddinov boshchiligida ikkinchi sektorga qarashli Avliyoota mahallasida navbatdagi xayrli tadbir tashkil etildi. Tuman hokimligi, tuman deputatlari va mahalla yettiligi vakillari mahallaga tashrif buyurib, ogʻir ahvolda yashab kelayotgan fuqarolarning holidan xabar olishdi.

Tashrif doirasida kam taʼminlangan va nogironligi bor shaxslarga kundalik turmush uchun zarur boʻlgan maishiy buyumlar va gigiyenik vositalar tarqatildi. Yordam berilgan oilalar qatorida keksa yolgʻizlar, koʻp bolali oilalar va mehnatga layoqatsiz shaxslar ham bor edi.

Bundan tashqari, mahalla faollari ishtirokida xonadonma-xonadon yurib, aholi bilan jonli muloqot oʻtkazildi. Mavjud muammolar oʻrganilib, ularni hal etish boʻyicha joyida topshiriqlar berildi.

Bu kabi tadbirlar jamiyatda oʻzaro hamdardlik va insoniylik tuygʻularini kuchaytirayotgani, davlat va xalq birgalikda yelkadoshlikda mustahkam jamiyat qurish yoʻlida harakat qilayotganini yana bir bor namoyon etmoqda.

📸Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍2
#Jarayon

Prezident qarori ijrosi doirasida amaliy ishlar


Toshkent tumanining Majnundol, Zarbdor va Diydor mahallalarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-1 qarorlaridagi topshiriqlar asosida belgilangan chora-tadbirlar izchil amalga oshirilmoqda.

Mazkur mahallalarda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, yashash sharoitlarini yaxshilash va aholining turmush darajasini oshirish maqsadida tegishli ishlar olib borilmoqda. Sektor rahbarlari, mahalla faollari va mas’ul tashkilotlar vakillari xonadonma-xonadon yurib, fuqarolarning muammolarini o‘rganmoqda va joyida hal etish choralarini ko‘rmoqda.

Ayniqsa, bu jarayonda Toshkent tumani IIB xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektori, kapitan Nilufar Dexkanova faol ishtirok etmoqda. U tomonidan har bir mahallada ayollar bilan yakka tartibdagi suhbatlar o‘tkazilib, ularning muammolari, ijtimoiy holati, farzandlari ta’limi va tarbiyasi bo‘yicha maslahatlar berilmoqda. Ijtimoiy himoya, oilaviy muhit, zo‘ravonlikning oldini olish kabi masalalarga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Mahallalarda shuningdek, kommunal infratuzilmani yaxshilash, yo‘l va ichimlik suvi tizimlarini ta’mirlash, bandlik va tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha qator loyihalar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Yoshlar va nuroniylar bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, ularning taklif va tashabbuslari asosida qo‘shimcha ish rejalari ishlab chiqilmoqda.

Bu jarayonlar Prezidentimizning “inson qadri uchun” tamoyiliga asoslangan holda, aholining hayot sifatini oshirishga qaratilgan siyosatining amaliy ifodasidir.

📸Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍2👏1🆒1
#Diqqat_eʼlon

Hurmatli Toshkent tumani fuqarolari!

Joriy yil 3-iyul kuni Toshkent tumani hokimligi hamda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi  tomonidan hokimlik  binosi hovlisida soat❗️9:00 da navbatdagi "Mehnat yarmarkasi" tashkil etiladi.

Yarmarkada tumandagi barcha byudjet tashkilotlari,  yirik korxonalar boʻsh ish oʻrinlari bilan ishtirok etadi.

Shu munosabat bilan tumanda yashovchi ishsiz ayollar, yoshlar, aliment toʻlovchilar, jazoni oʻtab chiqqanlar va nogironligi boʻlgan
shaxslardan yarmarkada faol ishtirok etishlarini soʻraymiz!

Toshkent tumani Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍511👌1
2025/07/13 21:20:47
Back to Top
HTML Embed Code: