Telegram Web Link
#Jarayon

Oltin tepada ichimlik suvi muammosi ijobiy hal etiladi


Toshkent tumaning "URV - Oltin tepa" suv havzasidan tortilgan D - 315 mm lik plastmassadan bugungi kunda D- 219 mm lik quvurga tortish ishlari boshlab yuborildi.

Bu ishlar tez kunlarda bitkazilib Beshterak, Shamsiobod, Oltintepa, Yangi hayot, Koʻhinur va Oʻrikzor mahallalarining xonadonlariga qoʻshimcha ravishda ichimlik suvi yetkazib berish reja asosda tezlashtirilib, muammo yechimi hal boʻlishi rejalashtirilgan.

Jamoatchilik nazorat guruhi rahbari deputat M.Usmonov.

📸Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Taʼlim
#Jarayon

TOSHKENT TUMANI 2-SON POLITEXNIKUMIDA DAVLAT IMTIXONLARI OʻTKAZILDI


Toshkent tumanida joylashgan 2-son Politexnika texnikumida bitiruvchi kurs oʻquvchilari uchun davlat attestatsiyasi imtihonlari qizgʻin surʼatda oʻtkazildi. Mazkur jarayon oʻquvchilarning nazariy bilimlari va amaliy koʻnikmalarini baholash, ularni mehnat bozoriga tayyorlash maqsadida tashkil etilgan.


Joriy oʻquv yilida texnikum bitiruvchilari 10 ta kasbiy yoʻnalish boʻyicha davlat imtihonini topshirdilar.

Imtihonlar amaliy va nazariy qismlardan iborat boʻlib, har bir bitiruvchi oʻz yoʻnalishiga oid loyiha yoki ish namunasini taqdim etdi. Masalan, oshpazlik yoʻnalishidagi oʻquvchilar tomonidan milliy va zamonaviy taomlar tayyorlandi, kompyuter texnologiyalari sohasidagi talabalar esa dasturiy taʼminotlar, dizayn loyihalari va axborot xavfsizligi boʻyicha ishlanmalarini namoyish qildilar.

Davlat attestatsiyasi komissiyasi tarkibiga malakali mutaxassislar, soha vakillari, ish beruvchi tashkilotlar vakillari jalb etildi. Bu esa imtihon jarayonlarining ochiqligi va xolisligini taʼminladi.

Bitiruvchilarning bilimi va kasbiy mahorati davlat talablari asosida baholanib, imtihonlar yakunlangach, ularga malakali mutaxassislik toʻgʻrisidagi diplom va sertifikatlar topshiriladi. Bu esa yoshlarning mehnat bozorida raqobatbardoshligini taʼminlaydi.

Toshkent tumanidagi mazkur Politexnika texnikumi tashkil etilgan ushbu imtihonlar taʼlim va ishlab chiqarish integratsiyasini taʼminlash, yoshlarga amaliyotga yaqin va zamonaviy bilim berishga xizmat qilmoqda.

📹Jarayon videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#2025_yil_1_iyuldan

🪙 Qonunchilikka ko'ra, 2030-yil 1-yanvargacha yuridik shaxslar, shuningdek, Bolalar kontentini rivojlantirish markazining bolalar uchun kontentlar yaratishdan olgan daromadi jami yillik daromadining kamida 80 foizini tashkil etganda ularga quyidagi imtiyozlar beriladi.

🔹 foyda solig'i to'lashdan ozod qilinadi;

🔹 ijtimoiy soliqni 1 foiz miqdorida to'laydi.

👉 Manba

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qishloq_xoʻjaligi

Fermer xoʻjaliklarida suv tejovchi texnologiyalar joriy qilinmoqda


Bugun, Agrosanoatni rivojlantirish agentligi tuman loyiha ofisi mutaxassislari hududlardagi bogʻdorchilik-uzumchilik xoʻjaliklari faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida "Oltin Ufq agro" fermer xoʻjaligida boʻldilar.

👉 Batafsil

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
#Faxr_tuygʻusi

♻️"AYBIN-2025" xalqaro vatanparvarlik musobaqasi — doʻstlik, jasorat va gʻurur bayrami!


2025-yilning yozida Qozogʻiston Respublikasida oʻtkazilayotgan yirik harbiy-vatanparvarlik yoʻnalishidagi "Aybin-2025" xalqaro musobaqasi qizgʻin pallaga kirgan. Ushbu nufuzli tadbir nafaqat yoshlar oʻrtasida harbiy bilim va jismoniy tayyorgarlikni mustahkamlash, balki turli davlatlar oʻrtasida hamkorlik va doʻstlik rishtalarini kuchaytirishga xizmat qilmoqda.

👉 Batafsil

📸Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
#Sayyor_qabul

Sayyor qabul: fuqarolar muammolariga yechim

Joriy yilning 28-iyun sanasida Toshkent tumanida aholining turmush tarzi, ijtimoiy-iqtisodiy muammolari hamda taklif va fikrlarini oʻrganish maqsadida navbatdagi sayyor qabul boʻlib oʻtdi. Ushbu qabul tuman hokimining birinchi oʻrinbosari, birinchi sektor rahbari Rahimjon Rixsiyev rahbarligida oʻtkazildi.

Qabul jarayonida asosiy eʼtibor Alisher Navoiy, Qizgʻaldoq va Fayzobod mahallalarida istiqomat qiluvchi fuqarolarning muammolariga qaratildi. Ularda asosan ishsizlik, uy-joy masalalari, yoʻl va infratuzilma bilan bogʻliq muammolar, ijtimoiy koʻmak, uy-hovli hujjatlashtirish, sogʻliqni saqlash va taʼlim sohalaridagi muammolar koʻtarildi.

Sayyor qabul davomida mutasaddi tashkilotla masʼullari ishtirok etib, har bir murojaat yuzasidan joyida oʻrganishlar olib borildi. Ayrim masalalar shundoq oʻsha yerning oʻzida ijobiy hal etildi, qolganlari esa nazoratga olinib, hal etish muddatlari belgilab berildi.

Rahimjon Rixsiyev oʻz soʻzida taʼkidlaganidek, “Fuqarolar bilan ochiq muloqot – davlat xizmatidagi har bir rahbarning burchi. Muammolarni eshitish va ularga yechim topish – bu birinchi galda xalqimizga boʻlgan masʼuliyatimizning ifodasidir”.

Mahalladagi faol yoshlar va nuroniylar ham sayyor qabuldan mamnun boʻlib, rahbarlarga oʻz minnatdorchiliklarini izhor etishdi.

Bunday uchrashuvlar aholi bilan davlat organlari oʻrtasidagi bogʻliqlikni mustahkamlash, joylardagi muammolarni tezkor hal qilishda muhim omil boʻlib xizmat qilmoqda.

📸Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/06/29 02:50:38
Back to Top
HTML Embed Code: