Telegram Web Link
#KUN_NAFASI

💐30-IYUN-YOSHLAR KUNI

Bugun, 30 iyun — yurtimizda Yoshlar kuni keng tantana qilinyapti. Shu munosabat bilan navqiron avlod vakillarini, kelajagimiz egalarini muborakbod etamiz.
Ta’kidlash joiz, mamlakatimizda yoshlar masalasi har doim davlat siyosati darajasidagi muhim masala bo‘lib kelgan. So‘nggi yillarda yosh yigit-qizlarimiz uchun yaratilayotgan keng ko‘lamdagi imkoniyat va shart-sharoitlar, ularning o‘qib-o‘rganishlari, qizg‘in faoliyat ko‘rsatishlari uchun qaratilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlik nafaqat yurtdoshlarimiz, balki dunyo hamjamiyatini ham o‘ziga jalb etayotir. Iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning iste’dodini yuzaga chiqarish uchun har bir hududda zarur shart-sharoitlar muhayyo qilinmoqda. Qisqa fursat ichida “Yoshlar – kelajagimiz” dasturi doirasida yosh avlod vakillarining 7 ming 775 ta biznes loyihasiga 1 trillion 635 milliard so‘mdan ziyod imtiyozli kredit mablag‘lari ajratilib, shu asosda 40 mingga yaqin yangi ish o‘rni tashkil etilgani e’tiborga molik amaliy ishlardandir.
Hududlarda yoshlarning bilim va ko‘nikmalarini oshirish, madaniy-ma’naviy saviyasini yuksaltirish maqsadida qator markazlar ishga tushirildi. Zamonaviy sport inshootlari barpo etilib, foydalanishga topshirildi. O‘g‘il-qizlarimizning yangi loyiha va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga, ularni amaliyotga tatbiq etishga ustuvor ahamiyat qaratilmoqda.
Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyovning O‘zbekiston yoshlariga yo‘llagan bayram tabrigida ta’kidlanganidek, bugungi kunda zamonaviy ilm-fan va yuqori texnologiyalarni mukammal egallash har qanday davlat va jamiyat taraqqiyotining hal qiluvchi shartiga aylanib borayotgani hech kimga sir emas. Ana shu haqiqatni chuqur anglagan holda, yurtimizda navqiron avlodimizning ham jismoniy, ham ma’naviy jihatdan barkamol bo‘lib voyaga yetishi uchun bor kuch va imkoniyatlar safarbar etilmoqda. Shu bilan birga mamlakatimizda yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida ham qator amaliy ishlar yo‘lga qo‘yilgan. Buning uchun, avvalo, mustahkam tashkiliy va huquqiy baza yaratilgan.
O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi ham o‘z faoliyati davomida yoshlar bilan ishlashga, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratib keladi. Bugun turli loyihalarimiz zamonaviy fikrlaydigan, iqtidorli, tashabbuskor yoshlar bilan birgalikda amalga oshirilayotgani ham e’tiborga molik.
Aziz yoshlar, siz ona Vatanimizning, elu yurtimizning mustahkam ishonchi, porloq kelajagi, ertamizning umidisiz! Yaratilayotgan imkoniyatlardan oqilona foydalanayotgan yuksak bilimli, zamonaviy fikrlaydigan, qat’iy pozitsiyaga ega yoshlar mamlakatning bugungi va ertangi taraqqiyotida tobora hal qiluvchi kuchga aylanib borayotganini har birimiz ko‘rib, guvohi bo‘lib turibmiz. Shunday ekan, jamiyatimiz ravnaqining har bir jabhasida o‘z bilimingiz, zamonaviy tajribangiz bilan faol ishtirok etib, xalqimiz, Prezidentimiz ishonchini oqlashingizda zafarlar tilaymiz! Buyuk ajdodlarimizga munosib voris bo‘lib, yangi O‘zbekistonimizning yangidan yangi marralarini zabt etishingizdan umidvormiz. Bu yo‘lda barcha darajadagi tashkilotlarimiz sizga hammaslak va ko‘makdosh bo‘ladi.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram |  🌐Facebook|
🔎 Veb-sayt🌐 Instagram|
👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон Республикаси Президентининг "Ёшлар куни муносабати билан юртимизнинг фаол ва ташаббускор ёш авлод вакилларидан бир гуруҳини мукофотлаш тўғрисида"ги Фармони

Указ Президента Республики Узбекистан "О награждении группы активных и инициативных представителей молодого поколения страны в связи с Днем молодежи"

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Ўзбекистон Республикаси Президентининг "«Мард ўғлон» давлат мукофоти билан тақдирлаш тўғрисида"ги Қарори

Постановление Президента Республики Узбекистан "О присуждении Государственной премии «Мард ўғлон»"

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Forwarded from Hilola Umarova
#tabrik

Bugun bir guruh yoshlar Prezidentimizning tegishli Qaror va Farmonlari bilan mukofotlandi. Ular orasida talaba va oʻquvchilarimizning borligi quvonarli.

“Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti bilan:

Umirboyev Alibek Javlonbek o‘g‘li — “Yangi O‘zbekiston” universitetining 1-bosqich talabasi;

Muxammadov Mirjaxon Muxammadjon o‘g‘li
— Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab, 11-sinf o‘quvchisi,

Egamberdiyev Maqsadbek Baxtiyor o‘g‘li
— Bog‘ot tumani ixtisoslashtirilgan maktab, 11-sinf o‘quvchisi,

“Kelajak bunyodkori” medali bilan:

Ibroximova Rayyona Nodirbek qizi
— Andijon shahridagi 4-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi taqdirlandi.

Barchangizni ushbu yuksak mukofotlar bilan tabriklayman! Ilm olishdan charchamang, sizlar bizning faxrimizsiz!

@hilola_umarova
Forwarded from Hilola Umarova
Qadrli yoshlar!

Sizlarni bugungi unutilmas bayram — Yoshlar kuni bilan chin qalbimdan tabriklayman.

Yurtimizda amalga oshirilayotgan katta islohotlar markazida aynan siz yoshlar turganingiz hamda Yangi O‘zbekistonning ertasi, farovon kelajagi siz aziz yoshlar ekanligingiz barchamizga cheksiz quvonch bag‘ishlaydi, albatta.

Faxr bilan aytishim lozim, maktabgacha va maktab ta’limi tizimidagi ijobiy o‘zgarishlar – yangi yondashuvlar, raqamlashtirish, zamonaviy metodikalarni amaliyotga joriy etishda ham fidoyi va bilimli yoshlarimizning o’rni beqiyos.

Aziz yoshlar!

Bugun biz katta maqsadlar sari olg‘a intilayotgan ekanmiz, shubhasiz, sizlarning kuch-g‘ayratingiz, intellektual salohiyatingiz va fidoyiligingiz bizning eng katta suyanchimizdir.

Sizlarga doimo ishonamiz, sizlarning yuksak marralarni egallashingiz uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish va qo‘llab-quvvatlashda har doim yoningizdamiz.

Bayram yana bir bor muborak bo‘lsin, sizlarga sog‘lik-salomatlik, ezgu niyatlaringiz ijobati va muvaffaqiyat hamisha yor bo‘lishini tilab qolaman!

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri

@hilola_umarova
📣 Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatiga qabul uzaytirildi!

🌐Koʻplab yoshlarning talab va istaklariga binoan “Garvardchilar maktabi” nomi bilan tanilgan Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatiga oʻqishga arizalar qabuli 3-iyul sanasiga qadar uzaytirildi.

📥Oʻqishga arizalar my.gov.uz yoki ariza.piima.uz saytlari orqali amalga oshiriladi.

❗️Eslatib oʻtamiz, maktabga shu yil 8-sinfni bitirib, 9-sinfga oʻtgan oʻquvchilar qabul qilinadi.

@alberuniyuzb
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Бугун, Ёшлар кунида Президент Шавкат Мирзиёев ёшлар билан учрашув ўтказади ҳамда бир гуруҳ йигит-қизларга давлат мукофотларини топширади.

Тадбирда ёшларни қўллаб-қувватлаш, салоҳияти ва иқтидорини юзага чиқариш бўйича янги ташаббуслар илгари сурилади, илҳомлантирувчи мисоллар, мамлакатнинг эртанги кунини белгилашга қодир ғоялар ва ечимлар тақдим этилади.

Шунингдек, давлатимиз раҳбари иқтидорли ёшлар билан мулоқот қилиб, уларнинг инновация, "яшил" иқтисодиёт, креатив саноат, тадбиркорлик ва IT соҳаларидаги илғор ишланмалари ва ютуқлари билан танишади.  

Сегодня, в День молодежи Президент Шавкат Мирзиёев проведет встречу с молодежью и вручит государственные награды группе молодых людей.

На мероприятии будут выдвинуты новые инициативы по поддержке молодёжи, раскрытию её потенциала и способностей, а также представлены вдохновляющие примеры, идеи и решения, способные определить облик завтрашнего дня страны.

В рамках мероприятия глава нашего государства ознакомится с передовыми разработками и достижениями талантливой молодежи в области инноваций, "зеленой" экономики, креативной индустрии, предпринимательства и IT.

Facebook|Instagram|X
Президентимиз ислоҳотлар бошланган илк кунларданоқ “илм – тарбия – инновация” занжирини яратишга киришилганини, бу ҳаракатлар бугун аниқ натижалар бераётганини қайд этди.

Масалан, ўтган йили юртимиз ёшлари топ-500 талик олийгоҳларга кириш бўйича Марказий Осиёда 1-ўринни эгаллади.

Билимли ёшларимиз илк бор топ-5 таликдаги олийгоҳларга кириб, тарихий натижа қайд этди.

Бугунги кунда 30 нафар ёшларимиз дунёнинг топ-10 талик олийгоҳида, 500 нафари топ-100 ва 1 минг 500 нафари топ-300 дан жой олган нуфузли университетларда таҳсил олмоқда.

Facebook|Instagram|X
2025/06/30 16:43:42
Back to Top
HTML Embed Code: