bootg.com »
United States »
Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanali » Telegram Web
#KUN_TAVSIYASI!
◀️ Bilimsiz va qobiliyatsiz odam mansab kursisiga qattiqroq yopishar ekan. U bu yo‘lda har qanday razolatga qo‘l uradi. Sababi, kursisi bo‘lmasa, u hechkim emasligini yaxshi anglaydi. Siyosatdonlar bundaylardan ko‘p foydalanishadi. Chunki mansab ilinjida ular o‘ta sadoqatli bo‘lishadi.
◀️ O‘qimishli va farosatli odam ko‘p imtiyozlardan osongina voz kechadi. Chunki u boshqa yerda yo‘lini osongina topa oladi. Bundaylar bilan ishlash rahbariyat uchun shu sababli qiyin va xatarlidir.
🔴 Xullas, amaldorlarning saviyasizligi va maddoh-laganbardorlarning ko‘pligidan ajablanmang!
🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
❤ Telegram | 🌐 Facebook|
🔎 Veb-sayt | 🌐 Instagram|
👍 @ToshvilmmtbgamurojaatBot

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2
#USTOZ_TAJRIBASIDAN...
📝 Street Smart: bozor ko‘rgan bolalar haqida
◀️ Biz “aqlli bola” deganda ko‘z oldimizga nima keladi?
Oq ko‘ylakda, galstuk taqib, sinfda har doim “5” oladigan bola.
🟢 To‘g‘ri, u akademik jihatdan aqlli bo‘lishi mumkin.
Ammo insondagi aqliy salohiyat faqat shu bilan cheklanmaydi.
➡️ SSSR va ko‘plab mustabid tuzumlar 1 — analitik intellektni yaxshi ko‘radi:
Boshqarish oson. Itoatkorlikka moyil. “Aqllilik” qilmaydi. Siyosiy xavf tug‘dirmaydi.
Shu sababli ham aynan analitik intellektli bolalar ustun qo‘yiladi. Propaganda qilinadi. Faxriy yorliqlar-u medallar bilan taqdirlanadi.
A’lochi o‘quvchi degan tasavvurimiz shundan shakllangandir balki..
Qolgan ikki intellekt egasiga esa “uyushmagan yoshlar” tamg‘asi bosiladi.
❗️ Mavzuga qaytamiz.
Sizlarga 3-intellekt — amaliy intellekt egalari haqida gapirmoqchiman.
Ularni norasmiy tilda Street Smart (ko‘cha aqli) deyishadi.
Men o‘zimcha “bozor ko‘rgan bolalar” deb tarjima qildim.
◀️ Xullas, street smart'lar akademik jihatdan ilg‘or bo‘lmasligi mumkin, ammo:
• Qiyin vaziyatlardan chiqib keta oladi,
• Odamlarni tushunadi va to‘g‘ri muomala qiladi,
• Amaliy fikrlaydi,
• Moslashuvchan,
• Aldanmaydi, xavfni tez ilg‘aydi,
• O‘zini himoya qila oladi.
◀️ Street smart'lar kitob bilan emas, bajarib ko‘rib, xatolar orqali o‘rganishga moyil.
Odatda, bozor, ko‘cha, mahalla — ularni tarbiya qiladi.
“Hayot berganda ta’lim, 'nega' kerak muallim” iborasini ham, ehtimol, shu bolalar o‘ylab topishgan!
Tohir Malikning “Alvido bolalik” asaridagi Qamariddinn bunga yaqqol misol qilsak bo‘ladi.
Street smartlar — biznes, savdo, marketing, sotuv sohalarida kuchliroq bo‘lishadi.
O‘rganishning eng samarali uslubi — bajarib ko‘rib, xato qilib o‘rganish uslubidan foydalanadi.
Shu sababli ham erkin bozor iqtisodiyotida muvaffaqiyat qozonish imkoni yuqori bo‘ladi.
Hamma street smart bo‘lishi kerak degan fikrdan yiroqmiz.
Hayot balansdan iborat. Faqat ko‘cha aqli ham muvaffaqiyat kaliti emas, xuddi shu kabi faqat akademik baholar ham.
Qanday bo‘lish kerak?
Nazariyaga berilgan o‘quvchi o‘zida ko‘cha aqlini, street smart'lar esa nazariyalarni o‘rganishi kerak.
Street smart + akademik yutuqlar = ideal kombinatsiya bo‘ladi.
Xulosa:
O‘quvchilarimiz turli xil intellektlarga ega.
Maktab esa faqat akademik intellektni baholaydi.
Amaliy intellekt egasi bo‘lgan o‘quvchilar esa e’tibordan chetda qoladi. Yomon otliq qilinadi.
Ustozlarga tavsiya: a’lochi bo‘lmaganlar intellektini ko‘rishni o‘rganing.
❗️ Haqiqiy pedagog — hatto street smart'larni ham to‘g‘ri yo‘naltira oladi!
🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
❤ Telegram | 🌐 Facebook|
🔎 Veb-sayt | 🌐 Instagram|
👍 @ToshvilmmtbgamurojaatBot
Oq ko‘ylakda, galstuk taqib, sinfda har doim “5” oladigan bola.
Ammo insondagi aqliy salohiyat faqat shu bilan cheklanmaydi.
📎 Amerikalik olim Robert J. Sternberg o‘zining mashhur "Triarchic Theory of Intelligence" — Uch xildagi intellekt nazariyasida quyidagi uch intellekt ko‘rinishni keltiradi:
1. Analitik intellekt – an’anaviy IQ testlar o‘lchovchi qobiliyat: mantiqiy fikrlash, muammoni hal qilish, tahlil qilish.
2. Ijodiy intellekt – yangi g‘oya yaratish, moslashuvchan fikrlash, innovatsiya qilish qobiliyati.
3. Amaliy (praktik) intellekt – hayotiy muammolarni hal qilish, ya’ni tajriba orqali o‘rganilgan real dunyo bilimlari.
Boshqarish oson. Itoatkorlikka moyil. “Aqllilik” qilmaydi. Siyosiy xavf tug‘dirmaydi.
Shu sababli ham aynan analitik intellektli bolalar ustun qo‘yiladi. Propaganda qilinadi. Faxriy yorliqlar-u medallar bilan taqdirlanadi.
A’lochi o‘quvchi degan tasavvurimiz shundan shakllangandir balki..
Qolgan ikki intellekt egasiga esa “uyushmagan yoshlar” tamg‘asi bosiladi.
Sizlarga 3-intellekt — amaliy intellekt egalari haqida gapirmoqchiman.
Ularni norasmiy tilda Street Smart (ko‘cha aqli) deyishadi.
Men o‘zimcha “bozor ko‘rgan bolalar” deb tarjima qildim.
• Qiyin vaziyatlardan chiqib keta oladi,
• Odamlarni tushunadi va to‘g‘ri muomala qiladi,
• Amaliy fikrlaydi,
• Moslashuvchan,
• Aldanmaydi, xavfni tez ilg‘aydi,
• O‘zini himoya qila oladi.
Odatda, bozor, ko‘cha, mahalla — ularni tarbiya qiladi.
“Hayot berganda ta’lim, 'nega' kerak muallim” iborasini ham, ehtimol, shu bolalar o‘ylab topishgan!
Tohir Malikning “Alvido bolalik” asaridagi Qamariddinn bunga yaqqol misol qilsak bo‘ladi.
Street smartlar — biznes, savdo, marketing, sotuv sohalarida kuchliroq bo‘lishadi.
O‘rganishning eng samarali uslubi — bajarib ko‘rib, xato qilib o‘rganish uslubidan foydalanadi.
Shu sababli ham erkin bozor iqtisodiyotida muvaffaqiyat qozonish imkoni yuqori bo‘ladi.
Hamma street smart bo‘lishi kerak degan fikrdan yiroqmiz.
Hayot balansdan iborat. Faqat ko‘cha aqli ham muvaffaqiyat kaliti emas, xuddi shu kabi faqat akademik baholar ham.
Qanday bo‘lish kerak?
Nazariyaga berilgan o‘quvchi o‘zida ko‘cha aqlini, street smart'lar esa nazariyalarni o‘rganishi kerak.
Street smart + akademik yutuqlar = ideal kombinatsiya bo‘ladi.
Xulosa:
O‘quvchilarimiz turli xil intellektlarga ega.
Maktab esa faqat akademik intellektni baholaydi.
Amaliy intellekt egasi bo‘lgan o‘quvchilar esa e’tibordan chetda qoladi. Yomon otliq qilinadi.
Ustozlarga tavsiya: a’lochi bo‘lmaganlar intellektini ko‘rishni o‘rganing.
🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1👍1
#Qibray_tumani
“Ma’rifat va saxovat karvoni” doirasida madaniy tadbir bo’lib o’tmoqda
Qibray tumanida “Ma’rifat va saxovat karvoni” xayriya tadbirlari doirasida bugun “Ma’naviyat bilan to‘ldirilgan safar” shiori ostida madaniy-ma’rifiy tadbir o’tkazilmoqda.
Tuman hokimligi tashabbusi bilan Mirzo Ulug’bek mahallasida joylaahgan 4-umumiy o’rta ta’lim maktabida o’tkazilayotgan tadbir yoshu-qariga birdek ko’tarinki kayfiyat ulashmoqda.
Tadbir davomida tuman madaniyat bo‘limi tomonidan konsert dasturlari namoyish etiladi.
✍️Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati
💬telegram 📱facebook 📱Instagram 🌐 Website 📱Youtube