Telegram Web Link
#Dolzarb_90_kun

Mamlakatimiz bo‘ylab yoshlar uchun katta imkoniyat eshiklari ochildi


"Dolzarb 90 kun" dasturi doirasida "Mehr va e’tibor – bolalar uchun eng katta tuhfa" mavzusida Bekobod tumanidagi barcha maktablarda tadbirlar o’kazilib kelinmoqda.

Ana
shunday tadbirlarda qatnashish maqsadida 39- 44- 46- maktablarga Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Matbuot xizmati rahbari Gʻulomjon Samadov, Zulfiya mukofoti sohibalari Olima Tojiboyeva, tashrif buyurib, o’quvchilar bilan dildan suhbatlashib, ijodlaridan namunalar keltirib, tadbiga o’zgacha bayramona shukuh baxsh etdi.
Tadbir so’ngida har bir maktabga 100 kitob aksiyasi doirasida maktablar kutubxonasiga kitoblar taqdim etdilar.

Bu kabi kitob aksiyasi tadbirlari barcha maktablarda davom etdi.

Bizning rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram💬Facebook 📸Instagram📹 YouTube 🌍Website
3
#IBRAT_VAQTI

🌷Nafaqaga chiqqan o‘qituvchining o‘rniga boshqa muallima sinfga kirdi. Darsni tushuntirishni boshladi. Talabalarning biridan savol so‘ragandi, boshqa barcha talabalar kulib yubordi. O‘qituvchi hayron bo‘ldi. Talabalarga qarab o‘rinsiz kulguning siriga yetdi. Sabab: sinfda hamma ahmoq, aqlan noqis hisoblaydigan talabaga savol bergani ekan.

Dars tugab talabalar sinfni tark etadigan mahal, muallima o‘sha talabani chaqirdi. U bilan xoli qolib, qog‘ozchaga yozilgan ikki qator baytni berdi va:
- Buni ismingni yodlagandek yodlab kel, hech kimga aytma, - dedi.
Keyingi darsda muallima o‘sha ikki qator she’rni yozuv taxtasiga yozdi. Uni ma’nosini, fasohatini tushuntirdi. So‘ng uni o‘chirib:

- Kim hozirgi she’rni yodlab qololdi, - deb so‘radi. Hech kim churq etmadi.
Faqat o‘sha «ikkichi» ming hayajon, iymanish bilan qo‘l ko‘tardi. O‘qituvchi:
- Qani, javob ber, - dedi. U she’rni yodlab berdi. Ustoz uni ko‘p maqtadi, boshqalar o‘rnak olishini aytdi. Talabalar bu holatda hayratga tushar, kimdir kecha kulgani uchun xijolat bo‘lar, kimdir hayrat bilan qarar edi. Bu hol hafta davomida davom etdi. O‘qituvchi u talabani maqtardi. O‘quvchilarning u haqidagi tushunchalari o‘zgara boshladi. U bolaning ham ruhiy holati ijobiy tomonga burilish yasadi. O‘ziga bo‘lgan ishonch uyg‘ondi. Oldingi o‘qituvchi hisoblagandek axmoq emasligini angladi.
Talabalar bilan ilmda musobaqa qila olishini, o‘z ustida ishlasa, a’lochi bo‘la olishini bildi. Nafaqat shu fandan, balki, boshqalaridan ham a’lo baholar ola boshladi. Maktabni yaxshi natijalar bilan bitirib, oliygohga kirdi, so‘ng magistraturani bitirdi. Doktor bo‘lishni ham maqsad qildi.

U o‘qituvchisi haqida yozarkan:

«Insonlar ikki toifaga bo‘linadilar: biri yaxshiliklar kaliti bo‘lsa, boshqasi uning qulfidir. Birlari sizni shijoatlantirib, qo‘lingizdan tutib, umid bag‘ishlaydi. Sizdagi dardu alamni his qiladi. Hayot yo‘lingizni belgilashingizga sabab bo‘ladi.
Boshqalari esa, sizdagi iqtidorni berkitib, yomonliklarni ochadi. U sizni ruhan ezishdan, o‘zgalar oldida yerga urishdan, azob berishdan rohat tuyadi. Qanchadan-qancha insonlar bunday o‘qituvchilarning qurboniga aylanadi. Butun umri o‘zini tiklolmay o‘tadi» dedi.


🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram |  🌐Facebook|
🔎 Veb-sayt🌐 Instagram|
👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍31
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#KUN_HIKMATI
❗️shunchaki muhim...


◀️“Agar yo‘ling haqiqatga olib borsa, kechikishdan yoki qiyinchilikdan qo‘rqma.”

✍️Mavlono Rumiy


🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram |  🌐Facebook|🔎 Veb-sayt
👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
#SAYYOR_QABUL

🔰MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI BOSHQARMASI BOSHLIG‘INING SAYYOR QABULI BO‘LIB O‘TDI

🟠Avval xabar berganimizdek, bugun Bo‘stonliq tumanida Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘ining sayyor qabuli tashkil etildi.

✉️Tuman Adliya bo‘limi hamkorligida tashkil etilgan mazkur tadbirda hududdagi umumta’lim maktablar hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlari, pedagog va ishchi xodimlari ishtirok etdi.

📸Jarayonlardan fotolavhalar

📝Batafsil birozdan so‘ng.

🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram |  🌐Facebook|🔎 Veb-sayt
👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
2025/07/14 21:57:39
Back to Top
HTML Embed Code: