🎚🟦🟦🟦
📝MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARI MUTAXASSISLARI UCHUN YIG‘ILISH BO‘LIB O‘TDI
🔰Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasida viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilar uchun ovqatlantirishning bugungi kundagi holati hamda ovqatlantirishni to‘g‘ri tashkil etish maqsadida qabul qilingan qaror, buyruq va Nizom talablarining bajarilishi mavzusida kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
◀️Toshkent viloyatining barcha tuman (shahar) Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limining bosh hisobchilari va oziq-ovqat hisobchilari ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda bugungi kunda, davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ovqatlantirish bilan bog‘liq og‘riqli masalalar, oziq-ovqat mahsulotlarning tashkilotlarga yetkazilishi, ularning sifati, ularning belgilangan tartibda saqlanishi hamda oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilishdagi talablarning buzilish holatlari tanqidiy muhokama qilindi.
➡️Shuningdek, viloyatda yaqin kunlarda ovqatlantirishning autsorsing usuliga to‘liq o‘tishi munosabati bilan zarar, qilinishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi, jumladan, oshxona, oshxona va omborxonalar jihozlari bo‘yicha xatlovlar o‘tkazish, xatlov natijalari bilan zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish, ota-onalar badal pullaridagi qarzdorlik masalalari ko‘rib o‘tildi.
✉️Shuningdek, yig‘ilish yakunida ishtirokchilarga boshqarmaning mutaxassislari tomonidan ovqatlantirishni to‘g‘ri tashkil etish bo‘yicha kerakli tushuntirish ishlari o‘tkazildi va tavsiyalar berildi.
🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
❤Telegram |
🌐Facebook|
🔎 Veb-sayt |
🌐 Instagram|
👍@ToshvilmmtbgamurojaatBot