Telegram Web Link
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#telenigoh

Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida aholining oqova suv xizmatini yaxshilash bo‘yicha "Osiyo taraqqiyot banki" mablag‘lari hisobidan amalga oshirilayotgan mega loyiha haqida "O‘zbekiston 24" telekanali dasturi orqali tanishing.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Президент Шавкат Мирзиёев таълим тизимини ислоҳ қилиш масалаларига оид тақдимот билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией по вопросам реформирования системы образования.

#Mirziyoyev #taqdimot #talim #islohot

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#RASMIY_MUNOSABAT

Bugun kun.uz saytida "Piskentda hokimiyat futbol maydonchasini sotib yubordi. Bu Prezident qaroriga zid" sarlavhali xabar e’lon qilindi.

Darhaqiqat, 8 sentyabr kuni E-auksion platformasida Piskent tumani “Murotali” mahallasida joylashgan yer uchastkasini sotish bo‘yicha savdolar bo‘lib o‘tdi va unda yer uchastkasi uchun 1 mlrd 411 mln so‘m taklif qilgan Jumabayev Bahrom Xusnitdinovich g‘olib bo‘ldi. Bu esa boshlang‘ich narx (39,5 mln so‘m)dan qariyb 36 barobar ko‘pdir.

Sayt xabarida mazkur yer uchastkasi o‘rnida stadion bo‘lgani ta’kidlanib, unga 2016 va 2020 yillar holatiga oid sun’iy yo‘ldoshdan olingan rasmlar ilova qilingan. Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 21 avgustdagi “O‘zbekistonda futbol sohasini raqamlashtirish va ommaviyligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, davlat mulkida bo‘lgan futbol stadion va maydonlarining foydalanish maqsadlari o‘zgartirilishi hamda sotuvga chiqarilishi taqiqlangani urg‘ulangan.

Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, mazkur yerda avval harbiy qism joylashgan. Keyinchalik harbiy qism boshqa hududga ko‘chirilgan va yer davlat zaxirasiga olingan. Shu bois u qishloq xo‘jaligi maqsadlarida foydalanilmaydigan yerlar toifasiga kiritilgan. 2010–2012 yillarda esa mahalliy aholi vakili tomonidan hech qanday namunaviy loyiha-hujjatlarsiz, shaxsiy tashabbus asosida kichik futbol o‘yingohi tashkil etilgan. Biroq 4–5 yil avval mazkur qo‘lbоla o‘yingohga tegishli barcha anjomlar uni qurgan shaxs tomonidan yig‘ishtirib olingan va yer uchastkasi qarovsiz holda qolgan.

Eng muhimi, hozirgi tadbirlar mahallaning bosh rejasi asosida amalga oshirilmoqda. Mazkur reja doirasida bo‘sh va qarovsiz maydonda zamonaviy mahalla markazi tashkil etish maqsadga muvofiq topilib, tuman hokimining 2025 yil 26 iyuldagi tegishli qaroriga asosan qonunchilikda belgilangan tartibda auksion orqali sotuvga chiqarildi. Shu orqali hududga real sarmoya jalb etilib, bu yerda 19 ta yo‘nalishda aholiga xizmat ko‘rsatuvchi muhtasham majmua qurish loyihalashtirilgan.

E’tiborli jihati, mazkur majmua tarkibida zamonaviy bolalar sport maydonchasi ham ko‘zda tutilgan. Qolaversa, "Murotali" hududida mahalla yoshlari uchun maxsus stadion ham mavjud. Shuningdek, yangi markaz tarkibida mahalla idorasi va “Nuroniylar maskani”, davlat xizmatlari markazi filiali, mahalliy savdo do‘konlari, nonvoyxona va qandolatchilik tsexi, go‘sht do‘koni, dorixona, bank xizmati, go‘zallik saloni, sartaroshxona, poyabzal va maishiy xizmat ustaxonalari, to‘quvchilik tsexi, internet xizmatlari, kiyim tozalash shahobchasi, veterinariya xizmati kabi aholi ehtiyojiga mo‘ljallangan obyektlar ham faoliyat yuritishi rejalashtirilgan.

Shuni ham alohida ta’kidlash zarurki, davlat rahbarining yuqorida tilga olingan qarorida mahallalardagi bo‘sh turgan davlat mulki obyektlari (yer uchastkalari) ularning bir qismida futbol maydoni barpo etish va kamida 10 yil mobaynida uning foydalanish maqsadini o‘zgartirmaslik sharti bilan elektron onlayn auksion savdolariga chiqarilishi belgilangan. Savdo g‘oliblari esa xarid qilingan yer uchastkasining qolgan qismidan qonunchilikda belgilangan tartibda foydalanish huquqiga ega bo‘ladi.

Shu nuqtai nazardan qaralganda, mazkur hududda qulay tadbirkorlik muhitini o‘z ichiga olgan zamonaviy mahalla markazining barpo etilishi hamda majmua tarkibida sport o‘yingohining ko‘zda tutilgani Prezident qarori talablariga uyg‘un keladi.

O‘z navbatida, nufuzli sayt muxbirlariga mazkur muhim mavzuda e’tibor qaratganlari va bu orqali masalaga yanada oydinlik kiritilishiga hissa qo‘shganliklari uchun minnatdorlik bildiramiz.

👉 Криллда ўқиш

Telegram 🌐Instagram 📹YouTube 🌐WebsiteFacebook
Пойтахтимиздаги Олимпия стадионида “CAFA Nations Cup” турнирининг финал ўйини бўлиб ўтди. Президент Шавкат Мирзиёев унга ташриф буюрди ҳамда ғолиблар – футбол бўйича Ўзбекистон миллий терма жамоаси аъзоларини тақдирлаш маросимида иштирок эди.

На Олимпийском стадионе столицы состоялся финальный матч турнира CAFA Nations Cup. Президент Шавкат Мирзиёев посетил игру и принял участие в награждении победителей – футболистов национальной сборной Узбекистана.

#Mirziyoyev #taqdirlash #futbol #CAFANationsCup

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#mavsum

Hormang, сhinozlik paxtakorlar!

Сhinozda paxta yigʻim-terimi mavsumini uyushqoqlik bilan tashkil etishga bagʻishlangan seminar oʻtkazildi va dastlabki hosil xirmonga keldi...

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
#rasman

💦 “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘gʻrisida”gi Qonunning 94-moddasiga asosan, “Toshkent viloyati suv ta’minoti” AJ, “Musaffo obi hayot magistral suv ta'minoti” AJning bаrсhа huquq va majburiyatlari bilan birgalikda qo‘shib olishi belgilandi.

💦 Jami ish o‘rinlari saqlab qolingan holda, inventarizatsiya jarayonlari yakunlangach, qo‘shimcha axborot beriladi.

💦 Shuningdek, 1-oktabr sanasidan boshlab, viloyat suv taʼminoti korxonasiga qo‘shib olinadigan isteʼmolchilar uchun to‘lov taʼriflari, Xalq deputatlari Toshkent viloyat Kengashi tomonidan tasdiqlab berilgan quyidagi jadval asosida amal qiladi.

🗓 Batafsil maʼlumot uchun

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Бироздан сўнг Президент Шавкат Мирзиёев раислигида мактабгача ва мактаб таълими соҳасидаги ислоҳотлар ижроси ва келгусидаги устувор вазифалар юзасидан видеоселектор йиғилиши бошланади.

Скоро под председательством Президента Шавката Мирзиёев начнется видеоселекторное совещание по обсуждению хода реформ и дальнейших приоритетных задач в сфере дошкольного и школьного образования.

Facebook|Instagram|X
Президент Шавкат Мирзиёев раислигида таълим соҳасидаги ислоҳотлар ижроси ва келгусидаги вазифаларга бағишланган видеоселектор йиғилиши бошланди. 

Иқтисодиёт ривожланиши, юртимиз ва фарзандларимиз келажаги фақат ва фақат таълим ва муаллимга боғлиқ. Сизлар билан иш бошлаган биринчи кундан айтаман: таълим, таълим, таълим, муаллим, муаллим, муаллим”,

– деди давлатимиз раҳбари.

Ўқитувчига муносиб шароит яратиш, боғча, мактаб қуриш, жиҳозлаш, четдан мутахассис олиб келиш, замонавий дарслик ва ўқув дастурларини жорий қилиш бўйича жуда кўп шароитлар яратилгани ва бу яна давом эттирилиши таъкидланди.

Лекин ҳар бир туман, вилоят ҳокими, биз фарзандларимизни ишониб топширган боғча, мактаб, техникум, олийгоҳ раҳбарлари бир ҳақиқатни аниқ билиши зарур.

Одамларимиз яхши яшаши учун иқтисодиётимиз кучли бўлиши керак! Бунинг учун янги товар, янги хизмат, янги технология керак! Сифатли таълим тизими орқалигина буларга эриша оламиз! Бошқа йўлимиз йўқ!

Шу ҳақиқатни англаб, ҳар куни ўзини қийнаб ишлаган раҳбарнинг туманида, боғчаси, мактаби, техникуми, олийгоҳида албатта ўзгариш ва натижа бўлади!

, – деди Президент.

Facebook|Instagram|X
2025/09/21 08:23:15
Back to Top
HTML Embed Code: