Telegram Web Link
#bildirish

Toshkent tumanida sayyor qabul o‘tkaziladi

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri o‘rinbosari  Sotiyev Xurshid To‘lqinboyevich ishtirokida Toshkent viloyati, Toshkent tumanida harbiy xizmatchi va fuqarolar hamda tadbirkorlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, mavjud muammolarni joylarga chiqqan holda o‘rganib, hal qilinishini ta’minlash maqsadida, ommaviy sayyor qabul o‘tkaziladi.


Qabul 2025-yil 26-sentabr kuni soat 11:00 da Toshkent tumani Keles shaharchasida joylashgan "Madaniyat markazi" binosida boshlanadi.


Shu munosabat bilan, murojaatlaringiz bo‘yicha ushbu sayyor qabulda ishtirok etish uchun taklif etamiz.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#biznes_forum

“Toshkent viloyati — biznes uchun cheksiz imkoniyatlar hududi” mavzusidagi forum / No comment...

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Nurafshon TV | rasmiy (NURAFSHON TV)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#jonli_efir
📍QIBRAY TUMANI

"TOSHKENT VILOYATI — BIZNES UCHUN CHEKSIZ IMKONIYATLAR HUDUDI" FORUMI
2-kun jarayonlari


25.09.2025


Telegramdan chiqmasdan turib tomosha qilish uchun
@nurafshonlive manziliga o'ting.
Shuningdek  platformalarda ham tomosha qilishingiz mumkin
.

🚀Telegram 📷Instagram
🎬YouTube 🔵Facebook
#мулоқот

Biznes forum doirasida Xitoydan kelgan savdo-sanoat mahkamasi mas’ullari bilan ham muloqot o‘tkazildi
Xabar qilganimizdek, “Toshkent viloyati — biznes uchun cheksiz imkoniyatlar hududi” mavzusidagi
Biznes forumning ikkinchi kunida mamlakatimizning turli viloyatlaridan kelgan ishbilarmon doira vakillari qatori bir guruh xorijlik mehmonlar ham ishtirok etishdi.

Forum doirasida Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev Xitoyning Shinjon uyg‘ur muxtor o‘lkasi savdo sanoat mahkamasi raisi boshchiligidagi mehmonlar bilan muloqot o‘tkazdi.

Uchrashuvda mehmonlar viloyatning tuman va shaharlarida xitoylik ishbilarmonlar bilan hamkorlikda yangi loyihalarni ro‘yobga oshirish imkoniyatlari haqida ma’lumot berishdi.
O‘z navbatida, muloqotda ishtirok etgan tuman va shahar hokimlari o‘rtaga tashlangan takliflarni o‘rganib chiqib, hamkorlikda ishlashga tayyor ekanliklarini bildirdilar.
Viloyat rahbari Shinjon o‘lkasi savdo-sanoat mahkamasi bilan iqtisodiy aloqalarni ko‘p qirrada davom ettirish har taraflama manfaatli ekanini qayd etib, mehmonlarga taklif va tashabbuslar uchun minnatdorlik bildirdi.


Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bandlik

Mehnat yarmarkasida 68 nafar fuqaro ishli bo‘ldi

Toshkent viloyatida aholining turmush farovonligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar izchillik bilan hayotga tatbiq etilmoqda.

Ayni masalada Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev eng avvalo aholi bandligini ta’minlash orqali daromadlarini oshirishga katta e’tibor qaratmoqda.

Shu bois, viloyatimizning tuman va shaharlarida mehnat yarmarkalari tez-tez o‘tkazib borilmoqda.

Jumladan, bugun Parkent tumanida bo‘lib o‘tgan mehnat yarmarkasida 34 ta tashkilot va tadbirkorlar jami 474 ta bo‘sh ish o‘rni bilan ishtirok etdi.

Yarmarkada ishtirok etgan jami 117 nafar fuqaroning 68 nafariga turli sohalarda doimiy ishlashi uchun yo‘llanma berilib, kasb mutaxassisligi bo‘yicha mehnat shartnomalari tuzildi.

Shuningdek, 6 nafar kam ta’minlangan, 13 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj oila vakili kvota asosida ishga joylashtirildi.

Bundan tashqari, 8 nafar ishsiz fuqaroni kasb-hunarga o‘qitish orqali bandligini ta’minlash maqsadida tumandagi “Koinot ziyo” nodavlat ta’lim muassasasida bepul tahsil olishi uchun yo‘llanma berildi.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Axborot 24 | “Toshkent viloyati – biznes uchun cheksiz imkoniyatlar hududi” forumi tafsilotlari
#25sep

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/10/01 21:05:33
Back to Top
HTML Embed Code: