Telegram Web Link
#мулоқот

Biznes forum doirasida Xitoydan kelgan savdo-sanoat mahkamasi mas’ullari bilan ham muloqot o‘tkazildi
Xabar qilganimizdek, “Toshkent viloyati — biznes uchun cheksiz imkoniyatlar hududi” mavzusidagi
Biznes forumning ikkinchi kunida mamlakatimizning turli viloyatlaridan kelgan ishbilarmon doira vakillari qatori bir guruh xorijlik mehmonlar ham ishtirok etishdi.

Forum doirasida Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev Xitoyning Shinjon uyg‘ur muxtor o‘lkasi savdo sanoat mahkamasi raisi boshchiligidagi mehmonlar bilan muloqot o‘tkazdi.

Uchrashuvda mehmonlar viloyatning tuman va shaharlarida xitoylik ishbilarmonlar bilan hamkorlikda yangi loyihalarni ro‘yobga oshirish imkoniyatlari haqida ma’lumot berishdi.
O‘z navbatida, muloqotda ishtirok etgan tuman va shahar hokimlari o‘rtaga tashlangan takliflarni o‘rganib chiqib, hamkorlikda ishlashga tayyor ekanliklarini bildirdilar.
Viloyat rahbari Shinjon o‘lkasi savdo-sanoat mahkamasi bilan iqtisodiy aloqalarni ko‘p qirrada davom ettirish har taraflama manfaatli ekanini qayd etib, mehmonlarga taklif va tashabbuslar uchun minnatdorlik bildirdi.


Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bandlik

Mehnat yarmarkasida 68 nafar fuqaro ishli bo‘ldi

Toshkent viloyatida aholining turmush farovonligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar izchillik bilan hayotga tatbiq etilmoqda.

Ayni masalada Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev eng avvalo aholi bandligini ta’minlash orqali daromadlarini oshirishga katta e’tibor qaratmoqda.

Shu bois, viloyatimizning tuman va shaharlarida mehnat yarmarkalari tez-tez o‘tkazib borilmoqda.

Jumladan, bugun Parkent tumanida bo‘lib o‘tgan mehnat yarmarkasida 34 ta tashkilot va tadbirkorlar jami 474 ta bo‘sh ish o‘rni bilan ishtirok etdi.

Yarmarkada ishtirok etgan jami 117 nafar fuqaroning 68 nafariga turli sohalarda doimiy ishlashi uchun yo‘llanma berilib, kasb mutaxassisligi bo‘yicha mehnat shartnomalari tuzildi.

Shuningdek, 6 nafar kam ta’minlangan, 13 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj oila vakili kvota asosida ishga joylashtirildi.

Bundan tashqari, 8 nafar ishsiz fuqaroni kasb-hunarga o‘qitish orqali bandligini ta’minlash maqsadida tumandagi “Koinot ziyo” nodavlat ta’lim muassasasida bepul tahsil olishi uchun yo‘llanma berildi.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Axborot 24 | “Toshkent viloyati – biznes uchun cheksiz imkoniyatlar hududi” forumi tafsilotlari
#25sep

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Nurafshon TV | rasmiy (b karimov)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#fursat
📍QIBRAY TUMANI

TOSHKENT VILOYATI – BIZNES UCHUN CHEKSIZ IMKONIYATLAR HUDUDI


25.09.2025

🚀Telegram 📷
Instagram
🎬YouTube 🔵Facebook
#Dolzarb_10_kun

Toshkent viloyatida jamoat tartibini mustahkamlash tadbirlari o‘tkazilmoqda
Mamlakatimizning barcha hududlarida jamoat tartibini saqlash, aholi xavfsizligini ta’minlash hamda huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktikasini kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar doirasida “Dolzarb 10 kun” tadbiri bo‘lib o‘tmoqda.

Xususan, viloyatda tegishli tashkilotlar hamkorligida qator tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, Toshkent, Qibray va Zangiota tumanlarida Milliy gvardiyaning Toshkent viloyati va Toshkent shahar boshqarmasi hamda barcha kuch tuzilmalari ishtirokida xizmat bo‘yicha yo‘riqnomalar o‘tkazildi.
Tadbir davomida jamoat tartibini ta’minlash, noqonuniy harakatlarning oldini olish hamda aholining qonuniy talablar to‘g‘risidagi xabardorligini oshirishga qaratilgan maxsus ko‘rsatmalar berildi.

“Dolzarb 10 kun” doirasida jinoyatchilikka qarshi kurashish, ichki xavfsizlikni mustahkamlash va yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlikning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot ishlari ham olib borilmoqda. Ushbu chora-tadbirlarning asosiy maqsadi — jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish orqali aholining tinchligi va osoyishtaligini ta’minlash, qonun ustuvorligini mustahkamlash hamda hududlarda xavfsiz va osoyishta muhit yaratishdir.


Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/10/01 11:29:22
Back to Top
HTML Embed Code: