Telegram Web Link
#maxsus

Bugungi qutlug‘ sana – 21-oktabr – “O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun” munosabati bilan bayram tadbirlari viloyatimizning barcha hududlari bo'ylab keng nishonlandi.

Xususan:

Chirchiq shahrida O‘zbek tili bayrami munosabati bilan tashkil etilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirda viloyat va shahar hokimligi mutasaddilari, taniqli ijodkorlar, shoir va yozuvchilar, oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, huquq-tartibot organlari xodimlari hamda jamoatchilik faollari ishtirok etdilar.

Olmaliq shahar hokimligi va MTTU MISiS universiteti Olmaliq filiali hamkorligida O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 36 yilligi munosabati bilan “Til — millat ko‘zgusi” nomli tadbir o‘tkazildi.

Yangiyoʻl shahrida “O‘zbek tili – milliy o‘zligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli!" shiori ostida bayramona kecha tashkil etildi.

Oqqo'rg'on tumani Madaniyat saroyida "Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!" shiori ostida tashkil etilgan bayram tadbiri kuy va qo‘shiqlarga ulanib ketdi.

Zangiota tumanida ham sana munosabati bilan ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi. Unda tuman hokimligi mutasaddilari hamda bir qancha tashkilot rahbarlari ishtirok etdi.

Chinoz tumani 14-son Bolalar musiqa va san’at maktabida tashkil etilgan kechada o‘quvchilar ona tilimizga bo‘lgan mehr va sadoqatni ifoda etuvchi she’rlar, qo‘shiqlar va sahna ko‘rinishlarini namoyish etdilar.

Qibray tumanida “O‘zbek tili — milliy o‘zligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli!” shiori ostida bo‘lib o‘tgan tadbir barchaga birdek manzur bo‘ldi.

Piskent tumani musiqa va san’at maktabida O‘zbek tili bayramiga bag‘ishlab o‘tkazilgan ma'rifiy-adabiy kecha ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazildi.

Bo‘ka tumanida 21-oktabr - O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan keng ko‘lamli bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

O‘rta Chirchiq tumanida O‘zbek tili bayrami munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Yuqori Chirchiq tuman markazida joylashgan Alisher Navoiy xiyobonida 21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan “Ona tilim – faxrim!” shiori ostida tantanali tadbir o‘tkazildi.

Quyi Chirchiq tumanida bayram munosabati bilan "Ona tilim-faxrim" degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Parkent tumanida O‘zbekiston Respublikasida davlat tiliga maqom berilganining 36 yilligi munosabati bilan keng miqyosda bayram uchrashuvlar o‘tkazildi.

Yangiyo'l tumanida O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan ona tilimizni ulug‘lash, uning qadr-qimmatini yoshlar qalbiga singdirish maqsadida ma’naviy-ma’rifiy kecha tashkil etildi.

Bekobod tumanida bayrami kuniga bag‘ishlangan tadbir tuman Madaniyat markazida bo‘lib o‘tdi. Tadbirda faollar, yosh ijodkorlar va o‘quvchi yoshlar ishtirok etdi.


Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#maxsus

Shuningdek, bir qator tashkilot va idoralarda ham sana munosabati bilan ijodiy uchrashuvlar, davra suhbatlari va ma'rifiy kechalar bo‘lib o‘tdi.

Jumladan:

Adliya boshqarmasida qutlug‘ sana munosabati bilan Adliya xodimlari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi. Unda ona tilimiz – o‘zbek tilining jamiyatdagi o‘rni, uni asrash va rivojlantirish borasidagi islohotlar, davlat tilining huquqiy maqomi hamda uning milliy o‘zligimizdagi o‘rni haqida fikr-mulohazalar bildirildi.

Soliq boshqarmasida ona tilimizning davlat va jamiyat hayotidagi o‘rni hamda ahamiyatiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Bojxona boshqarmasi tomonidan Nurafshon shahridagi 9-maktabida o‘quvchilar bilan uchrashuv tashkil etildi. Unda boshqarma xodimlari ona tilimizga bo‘lgan muhabbat va ehtirom hamda yosh avlodni ona tiliga hurmat ruhida tarbiyalash mavzusida maʼruzalar bilan chiqish qilishdi.

Viloyat sudida bo'lib o'tgan tadbirda tilining huquqiy maqomini belgilashda yengib o‘tilgan dovonlar, hozirgi kunda o‘zbek tili imkoniyatlaridan foydalanish uchun yaratilgan sharoitlar va davlat tilini yangi pog‘onaga olib chiqish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘z yuritildi.

"Hududgaz Toshkent” ta’minoti filiali sana munosabati bilan jamoasi o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazdi.


Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#qulaylik

Yangiyo‘l shahridagi 1-oilaviy poliklinika binosi to‘liq rekonstruksiya qilinib, foydalanishga topshirildi.


Natijada hududda yashovchi 48 ming nafar aholiga sifatli tibbiy xizmatlar ko‘rsatish uchun barcha shart-sharoit yaratildi.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#muloqot

Agrar sohada zamonaviy yondashuvlar — mo‘l hosil va yuqori samaradorlik garovi

Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev boshchiligidagi viloyatimiz delegatsiyasining Rossiya Federatsiyasiga tashrifi amaliy uchrashuvlar, samarali muloqotlar, manfaatli kelishuvlarga boy bo‘lmoqda.

Tashrif  kun tartibiga muvofiq, Zoyir Mirzayev Rossiya agrosanoatida yetakchilardan biri hisoblangan "Красный маяк" mas’uliyati cheklangan jamiyati  bosh direktori Vasiliy Finogeyev bilan muloqot qildi.

🌐Batafsil

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#hamkorlik

Zoyir Mirzayev Ivanovo viloyati gubernatori bilan uchrashdi

Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev boshchiligidagi viloyatimiz delegatsiyasining Rossiya Federatsiyasiga safari davom etmoqda.

Delegatsiya a’zolari bugun Ivanovo viloyati gubernatori Stanislav Voskresenskiy  boshchiligidagi hudud mutasaddilari bilan uchrashdi.

🌐Batafsil

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qaror_va_ijro

Maqsad — imkoniyatdan foydalanib, istiqbolni belgilash

Xabar qilganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-oktyabrdagi “Alohida tuman (shahar) va mahallalarni aholi yashashi hamda tadbirkorlik faoliyati uchun namunaviy hududga aylantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan mamlakatimizdagi 33 ta tuman va shahar “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi” hududlar qatoriga kiritildi. Ular orasida viloyatimizning 4 ta hududi, jumladan, Chinoz tumani ham mavjud.


🌐Batafsil

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bunyodkorlik

Yuqori Chirchiq tumanida zamonaviy agrotexnopark qurilishi boshlandi

O‘zbekiston milliy «Yangling» qishloq xo‘jaligida yuqori texnologiyalar agrotexnoparkiga poydevor qo‘yildi.


Mazkur loyiha O‘zbekiston hukumati va Xitoyning «Yangling Modern Agriculture International Cooperation Group Co., Ltd.” kompaniyasi hamkorligida amalga oshirilmoqda.

Maqsad — zamonaviy agrotexnologiyalar, ilm-fan va ishlab chiqarishni birlashtirgan ilg‘or agrosanoat markazini yaratishdir.

116,5 gektarlik hududda sanoat va demonstrasion maydonlar, dron va robot texnologiyalari sinov markazlari, «aqlli sug‘orish» tizimlari, 3D ekish laboratoriyalari hamda sovuq zanjirli logistika infratuzilmalari barpo etiladi.

Shuningdek, Xitoy, Yaponiya va Italiya tajribasi asosida O‘zbekiston olimlari bilan hamkorlikda yangi paxta, bug‘doy, sholi, makkajo‘xori va uzum navlari yaratiladi.


500 gektar maydonda pomidor, yong‘oq va quruq mevalarni yetishtirish va qayta ishlash, 5 ming gektarda esa qattiq bug‘doy ekish va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish rejalashtirilgan.

Natijada yangi ish o‘rinlari yaratiladi, eksport salohiyati oshadi va O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi fan, texnologiya va ishlab chiqarish integratsiyasining yangi bosqichiga chiqadi.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#islohot_2025

Ortga qaytmas islohotlar


Yangiyo‘l tumanida bugun olib borilayotgan islohotlar haqida bir nigohda tanishing. Lavha mobaynida o‘zgarishlarni chin dildan his etasiz.

Misol uchun Yangiyo‘l tumanida 2025-yil uchun 110 mln AQSH dollari miqdorida xorijiy investitsiyalarni jalb etish rejalashtirilgan edi.

Sentyabr oyiga qadar bu ko‘rsatgich 112,5 mln AQSH dollariga yetdi.


Yangiyo‘llik mutaxassislar tomonidan ishlab chiqarayotgan mahsulotlar va iqtisodiy o‘sish jarayonlari haqida "O‘zbekiston 24" telekanalining "Ortga qaytmas islohotlar" ko‘rsatuvida batafsil so‘z boradi.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tajriba

Viloyat ishchi guruhi Qashqadaryoda ta'lim sohasida amalga oshirilayotgan tajribalar bilan tanishdi


Toshkent viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Otabek Sultanbekov boshchiligidagi ishchi guruh ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan ilg‘or tajribalar bilan tanishish maqsadida Qashqadaryo viloyatiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida delegatsiya a’zolari Qarshi shahridagi “International School”, “Iqtidor” xalqaro maktabi, “Avitsenna” va “Oxford School” ta’lim muassasalari, shuningdek, “Kindervelt” o‘zbek–nemis bolalar bog‘chasi, “Orzu geniy” va “Bunyodkor” nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Mehmonlarga ta’lim-tarbiya jarayonlarini samarali tashkil etish, ilg‘or o‘qitish uslublarini qo‘llash hamda xorijiy tajribalarni amaliyotga tatbiq etish borasida olib borilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/10/23 17:07:08
Back to Top
HTML Embed Code: