Telegram Web Link
Президент Шавкат Мирзиёев адлия тизимида давлат хизматларини кенгайтириш чора-тадбирларига оид тақдимот билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией по мерам расширения оказания государственных услуг в системе юстиции.

#Mirziyoyev #taqdimot #adliya #davlatxizmatlari

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#Inson_qadri

Olis hududlarda sayyor qabullar davom etadi

Toshkent viloyat hokimi Zoyir Mirzayev tuman va shahar hokimlariga odamlarni tinglash, ularni o‘ylantirib, qiynab kelayotgan masala va muammolariga tegishli tashkilot mutasaddilari bilan birgalikda yechim topishni faoliyatining asosiy mezoni bo‘lishi shart ekanligini ko‘p marta ta’kidlab kelmoqda.

Bu bejiz emas. Chunki, muammosini hal qilish maqsadida davlat idorasiga ishi tushgan insonlarning aksariyati shaxsan birinchi rahbar bilan uchrashishni xohlaydi. Bu o‘rinli istak ortiqcha ovoragarchiliklarning oldini olishga sabab bo‘ladi. 

Parkent tuman hokimi Sardor Isoqulov odamlarning mana shu haqli talabini hisobga olgan holda tegishli tashkilot boshliqlari bilan birgalikda olis hududlarda sayyor qabullarni o‘tkazib bormoqda.

Jumladan, tumanning chekka Krasnogorsk hududidagi “Chotqol” madaniyat markazida o‘tkazilgan sayyor qabulda moddiy yordam, subsidiya va imtiyozli kredit olish, salomatlikni tiklash hamda kommunal sohaga oid murojaatlar bo‘ldi.

Tashkilot rahbarlari sohasiga oid murojaatlarni qachon va qay tartibda hal qilishi haqida ko‘pchilikni oldida ma’lumot berishdi. Mutasaddilar murojaatchilarga bergan va’dalarini tuman hokimi daftariga qayd etib qo‘ydi.

Muloqotlarda jami 14 ta murojaatning 3 tasi shu joyning o‘zida hal qilindi. Yana 7 tasini hal qilish uchun vaqt talab qilingani bois ijroga qaratildi.

Shuningdek, mutasaddilar 4 nafar fuqaroga murojaatini hal qilishning qonuniy yo‘li yo‘qligini tushuntirib berishdi.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
#bunyodkorlik

Nuroniylarga hurmat va ehtirom ramzi bo‘lgan maskan foydalanishga topshirildi

Tantanali ochilish marosimida Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining o‘rinbosari Po‘lat Bobojonov hamda “Nuroniy” jamg‘armasi raisi Sodiqjon Turdiyev ishtirok etib, ohangaronliklarni mazkur muhtasham maskanning ishga tushirilgani bilan samimiy tabrikladi.

➡️Batafsil

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
2025/09/20 18:16:17
Back to Top
HTML Embed Code: