Telegram Web Link
Yangiyo‘l tumani faollari Chilonzor tumanida bo‘lishdi

Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumani faollari Toshkent shahrining Chilonzor tumaniga bir kunlik sayohat tadbrida ishtirok etishdi.

Tuman hokimi tashabbusi bilan “Maqsadimiz bir, yutuqlarimiz mushtarak” shiori ostida tashkil etilgan ushbu tashrif davomida mehmonlar Chilonzor tumani hokimligi, Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf masjidi, Muqimiy teatri, Adiblar xiyoboni, shuningdek, tumanda barpo etilgan zamonaviy bino va inshootlar, madaniy-ma’rifiy maskanlar bilan yaqindan tanishdilar.

Faollar "Botirma" mahallasidagi faoliyat bilan, shu jumladan xotin-qizlar bo‘limi, madaniyat va ma’naviyat markazi hamda yoshlar bo‘limi tomonidan tashkil etilgan tadbirlar va sport musobaqalari bilan ham tanishishdi.

Sayohat tadbiri tumanlar o‘rtasidagi do‘stona hamkorlikni mustahkamlash, tajriba almashish va madaniy-ma’naviy hayotni boyitishga xizmat qildi.

Kanalga a’zo boʻlish
👈
#Jarayon

Chorvachilikni rivojlantirish va yer resurslaridan samarali foydalanish holati o‘rganildi

Mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi sohasini rivojlantirish, yerlardan oqilona foydalanish, chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini oshirish hamda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Shu boisdan har bir viloyatda yer maydonlaridan samarali foydalanish, yaylov va o‘rmon fondi yerlari hisobidan ozuqabop ekinlar yetishtirish, chorvachilikni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Batafsil

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#telenigoh

Fermerlar uchun yaratilgan yangi qulayliklar Toshkent viloyati misolida "Mahalla" teleradiokanali ijodkorlari lavhasida.
🗓 11.09.2025

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#korgazma

Xalqaro ko‘rgazmada viloyatda ishlab chiqarilayotgan mebellar yuqori baholandi

Poytaxtimizda bo‘lib o‘tgan “CAEx Mebel and Decor 2025” xalqaro ko‘rgazmada viloyatimiz mebelsozlari ham muvaffaqiyatli ishtirok etishdi.

Unda O‘zbekiston va qo‘shni davlatlardan 50 ga yaqin tadbirkorlar o‘z mahsuloti bilan qatnashishdi.
Xususan, milliy ishlab chiqaruvchilarimizdan — Zangiota tumani "Keng Makon" korxonasi ham o‘z mahsulotlarini namoyish qilib, xalqaro ko‘rgazmada sovrinli o‘rinni egalladi.


— Muvaffaqiyatlarimiz viloyatimizda mebelchilik drayver tarmoqlardan biriga aylanib borayotgani, soha rivojiga alohida e’tibor qaratilayotgani, ayniqsa, davlatimiz tomonidan yaratib berilayotgan qulay imkoniyatlar, shu bilan birga, ko‘p yillik tajriba va izlanishlarimiz mevasidir, — deydi jamoa rahbari, tadbirkor A. Abdurahmonov. — Ustuvor maqsadimiz milliy mahsulotlarimizni jahon bozoriga yanada ko‘proq kirib borishiga hissa qo‘shishdir.


Ma’lumot uchun, mazkur fabrika 1,5 gektar hududda joylashgan bo‘lib, bu yerda 230 nafar kishining bandligi ta’minlangan.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bildirish

E-auksion" platformasida Toshkent viloyati hududidan Davlat aktivlarini sotib oling!

🔹Angren shaharida 2 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod shaharida 6 ta (Ko'rish)
🔹Nurafshon shahrida 6 ta (Ko'rish)
🔹Olmaliq shahrida 1 ta (Ko'rish)
🔹Ohangaron shahrida 2 ta (Ko'rish)
🔹Chirchiq shahrida 3 ta (Ko'rish)
🔹Yangiyo'l shahrida 1 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod tumanida 1 ta (Ko'rish)
🔹Bo'ka tumanida 2 ta (Ko'rish)
🔹Bo'stonliq tumanida 5 ta (Ko'rish)
🔹Zangiota tumanida 1 ta (Ko'rish)
🔹Qibray tumanida 1 ta (Ko'rish)
🔹Oqqo'rg'on tumanida 3 ta (Ko'rish)
🔹Ohangaron tumanida 4 ta (Ko'rish)
🔹Parkent tumanida 2 ta (Ko'rish)
🔹Piskent tumanida 1 ta (Ko'rish)
🔹Toshkent tumanida 2 ta (Ko'rish)
🔹O'rtachirchiq tumanida 2 ta (Ko'rish)
🔹Chinoz tumanida 6 ta (Ko'rish)
🔹Yangiyo'l tumanda 2 ta (Ko'rish)

Barchasini ko'rish

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Seminar

Fermerlar uchun innovatsion loyihalar taqdimoti

Yangiyoʻl tumanidagi “Tomorqachilikni rivojlantirish milliy markazi”da “Fermer xoʻjaliklarida innovatsion loyihalarni joriy etish orqali koʻp tarmoqli faoliyatni rivojlantirish vazifalari” mavzusida koʻrgazmali seminar o‘tkazildi.

Tadbirda fermerlar, qayta ishlash korxonalari vakillari, tegishli tashkilotlar rahbarlari hamda xorijiy mutaxassislar ishtirok etishdi.
Seminarda fermer xoʻjaliklari faoliyatida zamonaviy minitexnikalar va agregatlarning oʻrni, soʻritok usulida uzum etishtirish  va intensiv bogʻ tashkil etish tajribalari, quyosh paneli afzalliklari, qishloq xoʻjaligida qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishning faol usullari – mobil energiya saqlash tizimlaridan foydalangan holda qishloq xoʻjaligi obyektlarini energiya bilan ta'minlash kabi masalalar muhokama qilindi.


Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xoʻjaligi sohasida qoʻshilgan qiymat soligʻini hisoblashning soddalashtirilgan tartibini joriy etish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-153-son Farmoni mazmun-mohiyati bo‘yicha tushunchalar berildi. 


Soʻngra, Koreya atrof-muhit oʻzgarishi instituti (KICC) tomonidan yaroqlik muddati tugagan elektromobillarning akkumulyator-batareyalarini “second life” tamoyili asosida qayta ishlanib, qishloq xoʻjaligida elektro-energiya manbai sifatida artezian quduqlar nasoslarini koʻchma energiya akkumulyator-batareyalar orqali quvvatlantirish texnologiyasining taqdimoti boʻlib oʻtdi.


Mazkur loyiha doirasida markazlashgan elektr ta'minoti yetib bormagan hududlarda quyosh energiyasi orqali quvvatlanadigan, qishloq xoʻjaligi sohasidagi barcha turdagi korxonalar, fermer va dehqon xoʻjaliklarda foydalanish mumkin boʻlgan arzon, qulay va ekologik toza avtonom elektr manbalarini joriy etilishi rejalashtirilgan.


Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев Наманган шаҳрида 30 дан ортиқ нуфузли ташкилот ва 200 га яқин халқаро экспертлар иштирокидаги “Камбағалликдан фаровонлик сари” халқаро форумининг очилишида нутқ сўзламоқда.

Давлатимиз раҳбари мамлакатимизда камбағалликни қисқартириш бўйича учинчи бор ўтказилаётган халқаро анжуман иштирокчиларини самимий қутлади. Тадбирда иштирок этаётган Ислом тараққиёт банки президенти Муҳаммад Ал-Жассир, Осиё тараққиёт банки вице-президенти Инмин Янг, Япония халқаро ҳамкорлик агентлиги бош вице-президенти Сачико Имото, Бирлашган Миллатлар Ташкилотининг Марказий Осиё бўйича махсус вакили Каха Имнадзе, Жаҳон банкининг камбағалликни қисқартириш бўйича глобал директори Луис Фелипе Лопез-Кальва ва барча меҳмонларга миннатдорлик билдирди.

Президентимиз инсоният оқибатини олдиндан айтиб бўлмайдиган ўта кескин ва мураккаб даврни бошидан кечираётганини қайд этди. Дунёда геосиёсий, иқтисодий ва ижтимоий беқарорлик тобора ортиб бормоқда. Ер юзида кузатилаётган иқлим ўзгаришлари, сув танқислиги ва пандемиялар туфайли оғир ва машаққатли синовлар пайдо бўлмоқда.

2015 йилдан буён глобал иқтисодий ўсиш суръати ўртача 3 фоизни ташкил этиб, олдинги ўн йилликка нисбатан секинлашди. Оқибатда, агар беш йил олдин дунёда 650 миллион аҳоли камбағалликда яшаган бўлса, бугун уларнинг сони 800 миллиондан ошди.

Бу ҳолат барча давлатлар, халқаро ташкилотлар, умуман, дунё ҳамжамияти олдига янги ва долзарб вазифаларни қўйиб, уларга ечим топиш бўйича тезкор қарорлар қабул қилишни тақозо этмоқда”,

- деди Президентимиз.

Facebook|Instagram|X
2025/10/03 13:33:29
Back to Top
HTML Embed Code: