Telegram Web Link
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#telenigoh

Inson qadri uchun: Ijtimoiy himoyaning amaldagi natijalari

— "Faol hayotga qadam" dasturi doirasida olib borilayotgan amaliy ishlar qay tarzda davom etmoqda?

— Kunduzgi parvarish xizmati bolalar uchun qanday imkoniyat va yordam beradi?

— "Ona uyi" xizmatidan foydalanayotgan ayol nima deydi?

— Nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligini ta’minlash yo‘lida qanday amaliy ishlar qilinmoqda?


🎥Shu kabi savollarga “Oʻzbekiston 24” telekanali ijodkorlari tomonidan tayyorlangan maxsus ko‘rsatuv orqali javob olamiz.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#shanba_lavhasi

Dalalarga bog‘langan ko‘ngil...

Bekobodlik fermer Nazira opa Boqiyevani tanigan bilganlar "Temir xotin" deyishadi. Opa bundan aslo ranjimaydi, aksincha, quvonadi. Qariyb qirq yildirki, yer bilan tillashib orttirgan xalqona martabam, deb qabul qiladi bu ajabtovur nomni. 

Rahmatlik Sharof Boshbekov hayot bo‘lganlarida, albatta, "Temir xotin"ning ikkinchi qismini yozgan va ajabmaski, unga Nazira opani qahramon qilib tanlagan bo‘lardilar...

Nazira opa boshiga kelgan ko‘p sinovlarni mehnat bilan, dalalari bilan ovunib yengdi. Og‘ir hastalikka chalingan paytim jarroh tig‘ining ostidan mana shu dalalarim deb qaytib keldim, meni dalalarim hayotga qaytardi deydi u...


Hazrat Navoiy bobomiz dehqonlarni "rizq yo‘lini ochuvchilar", deb ehtirom qiladilar. O‘z navbatida, dalalari ham bu mehnatkash ayolga o‘z xayru saxovatini to‘kkan. Hosili mo‘l, yuzi hamisha yorug‘.

O‘zingiz o‘ylang,  avvallari kimdir paxtadan 65 syentner hosil oldim, desa birov ishonarmidi?!

Chindan ham, ilmu hunar, maqsadu amal  uyg‘un kelganda afsonalar haqiqatga aylanadi. Buni bekobodlik "Temir xotin" bu mavsum yana bir karra isbotladi.

Xirmonga baraka!

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xayriya
#saxovat

Nurafshonda ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarning sunnat to‘ylari o‘tkazildi

Nurafshon shahrining “Nurafshon Siti” hududida faoliyatini yangi boshlagan “Fayz" milliy taomlar kafesida ezgu tashabbus asosida 11 nafar o‘g‘il bolaga sunnat to‘yi o‘tkazildi.

Tadbirda Nurafshon shahri hokimi, soha mutasaddilari, nuroniylar va mahalla faollari ishtirok etishdi.

Mazkur xayriya tadbiri ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlariga quvonch ulashish, ularning hayotiga bayramona shukuh bag‘ishlash maqsadida tashkil etildi.
Tantanali marosimda to‘y egalariga esdalik sovg‘alari topshirildi, mehmonlar uchun milliy taomlardan dasturxon yozildi. Bolalar uchun alohida ko‘ngilochar dastur ham taqdim etildi.

Bayramona kayfiyatni yanada oshirish maqsadida konsert dasturi ham tashkil etilib, unda el suygan san’atkorlar o‘zlarining eng sara kuy va qo‘shiqlarini ijro etishdi.

Ushbu xayriya marosimi xalqimizga xos saxovat, muruvvat va insonparvarlik an’analarini yana bir bor namoyon etdi.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#taraddud

Kuz-qish mavzumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan belgilangan dasturlarga muvofiq, Chinoz tumani "Nafis" mahalla fuqarolar yig‘ini hududida 12 km masofaga diametri 325 mm bo‘lgan gaz quvurlari tortilmoqda.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yaxshi_xabar

Yangi korxona —100 ta ish o‘rni

Qibray tumanining "Botanika" mahallasida loyiha qiymati 1,2 milliard so'mni tashkil etgan, Soft Vitamin Business” MChJ faoliyatini boshladi.

Mazkur korxonada 25 turdagi sifatli vitamin mahsulotlari ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, bu orqali 100 ta yangi ish o‘rni yaratilgan. Ishchilarning aksariyatini mahalliy aholi vakillari tashkil etadi.

Korxona tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar nafaqat mahalliy bozorga yetkazib beriladi, balki Iroq, Tojikiston va Qozog‘iston davlatlariga ham eksport qilinadi.

Tantanali ochilish marosimida Qibray tumani hokimligi mutasaddilari, nuroniylar, hamda boshqa faxriy mehmonlar ishtirok etishdi. Tadbir davomida korxonaning ishlab chiqarish jarayoni bilan yaqindan tanishildi.


Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/10/04 14:44:45
Back to Top
HTML Embed Code: