Telegram Web Link
#biznes_forum

Oʻzbekiston-Polsha hamkorligi Toshkent viloyati va Mazoviya voevodaligi oʻrtasidagi biznes aloqalar orqali yanada mustahkamlanadi


Shu kunlarda Polsha Respublikasining Mazoviya voevodaligi rasmiy delegasiyasi amaliy tashrif bilan mamlakatmizda boʻlib turibdi.
Bugun “Yangi Oʻzbekiston” bogʻiga yondosh mehmonxonalar majmuasi hududidagi “Kongress hall”da Toshkent viloyati va Polsha Respublikasining Mazoviya voevodaligi oʻrtasida “Biznes Forum” boʻlib oʻtdi.

Forum doirasida dastlab Toshkent viloyati rahbariyati hamda Mazoviya voevodaligi rasmiy delegasiyasining tor doiradagi uchrashuvi o‘tkazildi.
Biznes forumda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzaev, Polsha Respublikasining Mazoviya voevodaligi marshali Adam Struzik boshchiligida 20 nafardan ortiq xorijiy mehmonlar, shuningdek, viloyatimiz biznes doirasi vakillari, mas'ul mutasaddilar ishtirok etishdi.
Ta'kidlanganidek, keyingi yillarda Oʻzbekiston va Polsha Respublikasining koʻp qirrali hamkorlik aloqalari yaqin strategik sherikchilik asosida rivojlanib bormoqda.
Bizning asosiy maqsadimiz — Oʻzbekistonni xorijiy investorlar uchun ishonchli va uzoq muddatli hamkorga aylantirishdir. Har bir tashabbus, har bir loyihangiz boʻyicha viloyatimiz tegishli mutasaddilari sizlarga yelkadosh boʻlib, yoningizda turib, ularni toʻliq amalga oshirishda yaqindan yordam beradi. Kiritilgan har bir taklif, aytilgan har bir loyiha boʻyicha alohida “yoʻl xaritasi” qabul qilishga va ularni shaxsan oʻzim qat'iy nazoratimga olishga tayyorman, deb qayd etdi Forum avvalida viloyat hokimi Zoyir Mirzaev.

Ta'kidlash joizki, Oʻzbek-Polsha biznes-forumi va sermahsul muzokaralar ikki mamlakat oʻrtasidagi amaliy hamkorlikni sifat va mazmun jihatidan mutlaqo yangi, yanada yuksak bosqichga olib chiqadi.
Forumda ikki hudud oʻrtasida Doʻstlik bitimi imzolanib, B2B va B2G formatida muzokaralar oʻtkazildi.

Forum doirasida mehmonlar viloyatning sanoat salohiyati va biznes imkoniyatlari bilan bevosita joylarga chiqib tanishish imknoniga ham ega boʻlmoqdalar.


👈👈👈👈➡️➡️➡️➡️

#бизнес_форум

Узбекистан и Польша укрепляют сотрудничество через деловые связи Ташкентской области и Мазовецкого воеводства

В конгресс-холле гостиничного комплекса рядом с парком «Новый Узбекистан» прошёл бизнес-форум с участием делегаций Ташкентской области и Мазовецкого воеводства Республики Польша.

В мероприятии приняли участие хоким Ташкентской области Зойир Мирзаев и маршал Мазовецкого воеводства Адам Струзик, возглавивший польскую делегацию.

В ходе форума стороны подписали Соглашение о дружбе между регионами, а также провели переговоры в форматах B2B (бизнес с бизнесом) и B2G (бизнес с государством), направленные на расширение делового сотрудничества.


Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#jarayon

Biznes-tur: yuz eshitgandan bir ko‘rgan afzal...

Toshkent viloyatining tuman va shaharlarini Toshkent shahri tumanlari bilan hamkorlikda rivojlantirish, ishlab chiqarish hamda xizmat ko‘rsatish quvvatlarini mustahkamlash, shuningdek, biznes yuritish imkoniyatlari bilan yaqindan tanishish maqsadida biznes-tur tashkil etildi.


Mazkur tadbir “Toshkent viloyati — biznes uchun cheksiz imkoniyatlar hududi” forumining mantiqiy va amaliy davomidir.

Bugun ertalabdan Toshkent shahri tumanlari mutasaddilari va tadbirkorlari Toshkent viloyatining Bektemir tumani bilan chegara hududi yaqinida yig‘ilib, mezbonlar hozirlab qo‘ygan "Yo‘l haritalari" bo‘yicha yo‘lga chiqishdi.

Viloyatning barcha hududlarini qamrab olish maqsadida mehmonlar 4 guruhga bo‘lingan holda viloyat hududlaridagi real imkoniyatlar bilan tanishmoqdalar.

Jumladan, Oqqo‘rg‘onda Yakkasaroy tumani hokimligi vakillari va tadbirkorlarga tumandagi mavjud biznes imkoniyatlari va istiqbolli loyihalar bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi.

Tadbir doirasida tumanning "Tolovul" mahalla fuqarolar yig‘inidagi 7 gektar bo‘sh maydon, "Birlik" MFYdagi sobiq MTP binosi, 1 gektar maydonda tekstil va nooziq-ovqat sanoat korxonalari uchun munosib joy, "Birlik" MFY hududidagi "Orom" dam olish maskanida xizmat ko‘rsatish faoliyatini tashkil etish bo‘yicha loyihalar tanishtirildi.

Toshkent shahar Sergeli tumani hokimligi vakillari va tadbirkorlari Ohangaron shahrida bo‘lishdi. Shahar hokimligi vakillari mehmonlarga sanoat zonasidagi imkoniyatlar, yangi loyihalar uchun mavjud joylarni ko‘rsatishdi. Shahardagi qulay imkoniyatlar ishbilarmonda qiziqish uyg‘otdi chog‘i, shu yerning o‘zida muzokaralar boshlanib ketdi...
Yangihayot tumani hokimligi vakillari va ishbilarmonlari esa O‘rta Chirchiq tumanida bo‘lib, hududdagi “Saidovul-Baxt" mebellchilikka ixtisoslashtirilgan sanoat zonasi”da, Qorasuv hududidagi mebelchilar shaharchasida bo‘lishdi. Qorasuv daryosi bo‘yida tashkil etilayotgan turizm ob’yektlari imkoniyatlari taqdimot qilindi. Yangihayot tumani hududida faoliyat ko‘rsatayotgan va faoliyatini kengaytirish istagidagi bo‘lgan 10 dan ortiq tadbirkorlar ushbu taqdimotda ishtirok etishdi. Shuningdek, mehmonlar tumandagi biznes yuritish uchun yer va bo‘sh binolar tug‘risidagi imkoniyatlar bilan ham tanishtirildi.

Toshkentlik ishbilarmonlar kun davomida belgilangan marshrutlar bo‘yicha viloyatning barcha tuman va shaharlarida bo‘ladilar. Tafsilotlar haqida qo‘shimcha xabar berib boriladi.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#LIVE

Xabar berib borayotganimizdek, kun davomida "Toshkent viloyati — biznes uchun cheksiz imkoniyatlar hududi" forumining ikkinchi amaliy bosqichi davom etmoqda.

Unda Toshkent shahrining barcha tumanlaridan kelgan ishbilarmon doira vakillari uchun Biznes-tur tashkil etilib, hududlarning salohiyat va imkoniyatlari bilan bevosita joyiga chiqib tanishilmoqda.


Bu haqda "O‘zbekiston 24" telekanali muxbirlarining navbatdagi jonli efiri Bo‘stonliq tumanidan uzatildi.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bugunning_gapi

Sport ta’lim muassasalarida kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish bo‘yicha seminar o‘tkazildi


Toshkent viloyati Sport boshqarmasi tasarrufidagi sport ta’lim muassasalari xo‘jalik mudirlari va mutaxassislari ishtirokida kuz–qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida o‘quv-seminar oʻtkazildi.

Unda 2025–2026-yillar mavsumini betalofat o‘tkazishda yong‘in va texnika xavfsizligi qoidalariga rioya etish, shuningdek, kommunal resurslardan oqilona foydalanish masalalari muhokama qilindi.

Seminarda isitish qozonlari va tizimlarini ko‘rikdan o‘tkazish, zarur yoqilg‘i zaxiralarini yaratish, dudburon va ventilyatsiya tizimlarini sozlash choralariga urg‘u berildi.

Shuningdek, sport obyektlarida 16 dona qozonlarni almashtirish, 35 dona gaz yondirgich va ularga avtomatlashtirilgan qurilmalar o‘rnatish ishlari boshlanganligi ma’lum qilindi.

Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari ko‘rgazmali chiqishlar o‘tkazib, yong‘in holatida to‘g‘ri harakat qilish bo`yicha yo`riqnomalar berildi.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#hamkorlik

😄Toshkent viloyati va Polsha Respublikasining Mazoviya voyevodaligi oʻrtasida Biznes Forum / no komment

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/09/30 20:16:45
Back to Top
HTML Embed Code: