Telegram Web Link
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Тожикистонга амалий ташрифи якунланди. Душанбе халқаро аэропортида олий мартабали меҳмонни Тожикистон Бош вазири Қоҳир Расулзода ва бошқа расмий шахслар кузатиб қўйди. Давлатимиз раҳбари Тошкентга жўнаб кетди.

Рабочий визит Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева в Таджикистан завершился. В международном аэропорту Душанбе высокого гостя проводили Премьер-министр Таджикистана Кохир Расулзода и другие официальные лица. Глава нашего государства отбыл в Ташкент.

#Mirziyoyev #tashrif #Tojikiston

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#muloqot

Issiqxona xo‘jaliklari: muammo, yechim va taklif

Ma’lumki, issiqxona xo‘jaliklari oziq-ovqat xavfsizligi, yilning to‘rt faslida ham bozorlar ma’murchiligi va dasturxonlarimiz to‘kinligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bilan birga, ular yurtimizda yetishtirilayotgan sarxil noz-ne’matlarni eksport qilishda ham yetakchi o‘rin egallaydi.

Davlatimiz rahbari tomonidan joriy yilning 25 sentyabrida o‘tkazilgan yig‘ilishda issiqxona xo‘jaliklari muammolarini o‘rganish va ularni o‘z vaqtida yechish yuzasidan tegishli topshiriqlar berilgan edi.

🌐Batafsil

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Тошкент_ҳақиқати_минбари

"ҲУДУДГАЗ ТОШКЕНТ": БАРҚАРОР ГАЗ ТАЪМИНОТИ УЧУН ХИЗМАТДА


Бугун жамият ривожи, аҳолининг фаровон ҳаёти ва мамлакатнинг иқтисодий барқарорлиги, энг аввало, табиий ресурслар таъминотига боғлиқ. Табиий газ эса ана шундай неъматлардан бири. Газ таъминоти фақатгина рақамлардан иборат бўлган тизим эмас. Бу – ҳар бир хонадонда овқат тайёр бўлиши, болалар иссиқ хонада дарс қилиши, бир сўз билан айтганда, аҳолида норозилик бўлмаслигини таъминлайдиган масъулият.

Шу маънода, “Ҳудудгаз Тошкент” газ таъминоти филиалининг 1 минг 453 нафардан иборат жамоаси томонидан 2025 йилда газ таъминоти барқарорлигини таъминлаш, тизимда ислоҳотларни амалга ошириш ва фуқароларга яқин бўлишда дадил қадамлар ташланмоқда.


👉БАТАФСИЛ ЎҚИШ👈

Тошкент ҳақиқати
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ragʻbat

Fidoiy mehnat — munosib e’tirof!


Yangiyo‘l tumanida ijtimoiy soha obyektlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlari tizimli o‘rganilmoqda.

Bu borada amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini baholash hamda fidokorona mehnat qilayotgan xodimlarni rag‘batlantirish choralari ko‘rilmoqda.

Tuman hokimi Odiljon Ataullayev tumandagi 57-umumta'lim maktabida bo‘lib, tayyorgarlik jarayonlarini o‘rgandi. U maktab xo‘jalik ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Tatyana Antonovaning vazifalarni a’lo darajada bajarayotganini e’tirof etdi.

Shu munosabat bilan tuman hokim T.Antonovaga tashakkurnoma va esdalik sovg‘asi topshirdi.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#telenigoh

Viloyatimiz shifokorlarining mahorati va azmu shijoati bilan yurtimiz tibbiyotida yuz bergan olamshumul voqelik   "O‘zbekiston 24" telekanali ijodkorlari talqinida.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#xushxabar

Viloyatimiz sportchisidan Jahon rekordi!

Norvegiyaning Fyorde shahrida oʻtayotgan ogʻir atletika boʻyicha jahon chempionatida -110 kg vazn toifasida ishtirok etgan Akbar Joʻrayev dast koʻtarish mashqida 196 kg ogʻirlikni muvaffaqiyatli koʻtarib, oltin medal bilan birga yangi jahon rekordini ham oʻrnatdi.
Og‘ir atletikachimiz Akbar Jo‘rayev 2025 yilgi Jahon chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritib, uch karra jahon chempioniga aylandi!
U musobaqaning dastlabki bosqichida snatch yo‘nalishida 196 kg og‘irlikni muvaffaqiyatli ko‘tarib, yangi jahon rekordini o‘rnatdi.

Shuningdek, clean & jerk yo‘nalishida ham ishonchli chiqish qilib, umumiy 428 kg natija bilan oltin medalni qo‘lga kiritdi. (Federatsiya hisob-kitoblariga ko‘ra, sportchi 109/110 kg vazn toifasida qayd etilgan.)

Akbar Jo‘rayev avval ham 2021 va 2023 yillardagi jahon chempionatlarida g‘olib chiqqan, shuningdek, Tokio-2020 Olimpiadasida oltin medal va rekord natija bilan yurtimiz sharafini yuksaklarga ko‘targan edi.

Ushbu g‘alaba sportchimizning yuksak mahorati, mehnatsevarligi va barqaror sport formasining yana bir bor isbotidir.

Qizig‘i, so‘nggi 40 kun ichida Toshkent viloyatidan chiqqan oltinchi sportchi jahon chempioni bo‘ldi — bu esa viloyat sportida olib borilayotgan islohotlar va yuksalishning yaqqol ifodasidir.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kun_tartibi

Zoyir Mirzayev O‘rta Chirchiq tumani hamda Nurafshon shahrida amalga oshirilayotgan qurilish  jarayonlari bilan tanishdi

O'rganish davomida hokim hamda tegishli mutasaddi rahbarlar Toshkent aylanma yo‘li va Toshkent–Nurafshon avtomobil yo‘llari kesishgan hududda olib borilayotgan yer osti yo‘li qurilishi bilan tanishdilar.

🌐Batafsil

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#sana

Xalqaro qizlar kuni: kelajakning umidli manzillari

Qizlarning imkoniyatlarini kengaytirish va ularning huquqlarini to‘laqonli amalga oshirishga ko‘maklashish maqsadida, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2011 yil 19 dekabrdagi rezolyusiyasiga binoan har yili 11-oktyabr “Xalqaro qizlar kuni” sifatida e’lon qilingan.

Mazkur sana munosabati bilan Chirchiq davlat pedagogika universitetida “Dunyoni tinchlik va ezgulikka ilhomlantiramiz” shiori ostida “Yangi O‘zbekistonga – yangi maqsadlar va yangi g‘oyalar bilan” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda Oila va xotin-qizlar boshqarmasi, O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasining viloyat kengashi, Chirchiq davlat pedagogika universiteti, Chirchiq shahar hokimligi vakillari, xotin-qizlar faollari, oqila ayollar hamda talaba yoshlar ishtirok etdi.

Tadbirda mamlakatimizda qizlarning sog‘ligini mustahkamlash, ularning sifatli ta’lim olishlari, o‘zlari qiziqqan kasb-hunarga ega bo‘lishlari, iste’dodlarini ro‘yobga chiqarishlari va tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishlari uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratilib borilayotgani alohida ta’kidlandi.

Shuningdek, tadbir davomida ta’lim, fan, innovatsiya va boshqa sohalarda yutuqlarga erishgan iqtidorli qizlar Oila va xotin-qizlar boshqarmasi tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.


Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/10/26 02:45:24
Back to Top
HTML Embed Code: