Telegram Web Link
#media_tur

Issiqxonachilik yo‘nalishida faol tomorqachilar tajribalari ommalashtirilmoqda

Yangiyo‘l tumanida tomorqalaridan samarali foydalanayotgan xonadonlar faoliyatini ommalashtirish maqsadida media-tur tashkil etildi.

Tadbir davomida jurnalistlar Bunyodkor, Gulbog‘, Madaniyat va Darxon mahallalarida istiqomat qiluvchi faol tomorqachilarning ish tajribalarini o‘rganishdi.

Media-tur doirasida malinachilik, gulchilik, ko‘katchilik va sabzavotchilik hamda akvarium baliqlari kabi yo‘nalishlarda issiqxona sharoitida mahsulot yetishtirib, qo‘shimcha daromad topayotgan aholi xonadonlaridagi ijobiy tajribalar jurnalistlarda katta taassurot qoldirdi.


Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Россия Федерацияси Президенти Владимир Путин билан телефон орқали мулоқот қилди.

Состоялся телефонный разговор Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева и Президента Российской Федерации Владимира Путина.

#Mirziyoyev #muloqot #Rossiya #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#hamkorlik

Viloyat tibbiyot xodimlari Moskva viloyatida tajriba oshirmoqda

Viloyatdagi tug‘ruq muassasalarida faoliyat yuritayotgan bir guruh yuqori malakali mutaxassislar Rossiyaning Moskva viloyatida joylashgan Perinatal markazda malaka oshirmoqdalar.


Ushbu o‘quv-amaliy mashg‘ulotlar viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi hamda Moskva viloyati hukumati o‘rtasida imzolangan hamkorlik memorandumi doirasida tashkil etilgan.


Ayni damda mutaxassislar onalik va bolalikni muhofaza qilish, shuningdek, erta tug‘ilgan hamda tug‘ma patologiyaga ega bo‘lgan chaqaloqlarga yuqori malakali tibbiy yordam ko‘rsatish sohasidagi zamonaviy yondashuvlar bilan tanishishmoqda.

O‘quv dasturi doirasida nazariy ma’ruzalar bilan bir qatorda amaliy mashg‘ulotlar ham o‘tkazilmoqda. Jumladan, barvaqt tug‘ilgan va turli patologiyalarga ega bo‘lgan chaqaloqlarga shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni mutaxassislar bevosita shifoxonalarda o‘rganishmoqda.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#jarayon

Hokim yordamchisi — xalq ko‘makchisi!

Qibray tumanidagi "Uymavut" mahalla fuqarolar yig‘ini hokim yordamchisi Mirzabek Yo‘ldoshevning mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish borasidagi qizg‘in faoliyatidan bir shingil...

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#shukronalik

Oldingdan oqqan suvning qadri bor...

Suv — hayotimizda shunchalar muhim ahamiyatga egaki, xalq maqollarining ichida obi-hayot bilan bog‘langanlarining sanog‘i yo‘q.

Bugun ona zaminda suv tobora kamayib, hayot-mamot masalasiga aylanayotgan asrimizda bu maqolu iboralarning ayrimlarini o‘zgartirish vaqti kelgandek, go‘yo...

"Suvdek serob bo‘ling", emas, "Suvdek qadrli bo‘ling", "Suv — tekin" emas, "Suv — bebaho". "Oldingdan oqqan suvning qadri yo‘q" emas, "Oldingdan oqqan suvni qadrla", "Toma-toma ko‘l bo‘lar"mas, "Toma-toma suv ketar"... va hakozo.

Toshkent tumaning chegara hududlarida avvallari toza ichimlik suvi muammosi bilan yashagan aholi vakillarining bugungi shukronasiga quloq tutsangiz, bunga amin bo‘lasiz...

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xushxabar

G‘alaba an’ana, chempionlik esa odat!

Malayziyada 11–12 oktabr kunlari bo‘lib o‘tgan armrestling bo‘yicha Jahon kubogi bellashuvlarida yurtimiz sportchilari yana bir bor g‘alaba cho‘qqisini zabt etishdi.
Chirchiqlik sportchilar — Muzaffar Ro‘ziev va Aziz Tojiyev nufuzli musobaqada yurtimiz sha’nini munosib himoya qilib, oltin medallarni qo‘lga kiritishdi.

Ularning shijoati va mehnati natijasida O‘zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida faxrli birinchi o‘rinni egalladi.
Shuningdek, jamoaviy bahslarda ham mutlaq g‘oliblik bizning sportchilarga nasib etdi.
Bu yutuq — Chirchiq sport maktabining samarali faoliyati, murabbiylar fidoyiligi va yoshlarning qat’iy mehnatining yaqqol ifodasidir.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#sana

O‘zingsan ezgulik jamoli, qishloqning farishta ayoli!

Bugun — Xalqaro qishloq ayollari kuni yurtimiz bo‘ylab nishonlanmoqda.


Ayol – bashariyat gultoji, benazir xilqat. Ayol – borliq ko‘zgusi. Uning nafis go‘zalligi olamni charog‘on etadi, chunki uning niyati pok, o‘zi pok. Barchalarimizga ayonki, onalarni, ayol zotini e’zozlash el-yurtimiz uchun azal-azaldan ezgu qadriyat bo‘lib kelgan.

BMT Bosh Assambleyasi 2007 yil 18 dekabrda qabul qilgan "Qishloq hududlarida ayollarning ahvolini yaxshilash to‘g‘risida"gi rezolyusiyaga muvofiq, 15 oktyabr – Xalqaro qishloq ayollari kuni deb e’lon qilingan.


Mehnat va sadoqat, ishchanlik, faollik, fidoiylik, halollik, mehnatsevarlik timsoli bo‘lgan qishloq ayollarining ibrat va fazilatlarini har qancha tarannum etsa oz.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#sport_inshootlari

Bekobodda yangi boks majmuasi qurilishiga start berildi

Bekobod tumanida yoshlar uchun muhim yangilik — boks sport turiga ixtisoslashgan zamonaviy sport majmuasi qurilishi boshlandi.

Ushbu loyiha yosh avlodni sportga keng jalb etish, iqtidorli bokschilarni qo‘llab-quvvatlash hamda ular uchun xalqaro talablarga javob beradigan sharoit yaratish maqsadida amalga oshirilmoqda.

Tantanali marosimda O‘zbekiston Boks federatsiyasi vitse-prezidenti Saken Po‘latov, milliy terma jamoa bosh murabbiyi To‘lqin Qilichov, Olimpiya va jahon chempionlari, shuningdek, viloyat hamda tuman rahbarlari ishtirok etdilar.


Tadbir davomida majmuaning tamal toshi qo‘yildi. Ushbu inshoot Bekobodda sport infratuzilmasini kengaytirish va yoshlar uchun yangi imkoniyatlar yaratish yo‘lida muhim qadam sifatida e’tirof etildi.

So‘zga chiqqanlar yangi majmua kelgusida xalqaro arenalarda Vatanimiz bayrog‘ini baland ko‘taradigan yangi chempionlar beshigiga aylanishiga ishonch bildirishdi.

Tuman aholisi, ayniqsa yosh sport ixlosmandlari, ushbu yangilikni katta mamnuniyat bilan kutib olishdi. Yangi sport majmuasi Bekobod yoshlari uchun sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, sportga mehr uyg‘otish va yangi iqtidorlarni kashf etishda muhim o‘rin tutadi.


Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦🟦🟦

Hurmatli ish beruvchi korxonalar hamda ish izlayotgan fuqarolar!

Sizlarni 2025-yil 16-oktyabr kuni Qibray tumani, "Do‘rmon" madaniyat saroyida viloyat miqyosida o‘tkazilayotgan bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasiga taklif etamiz!

Yarmarkada viloyatimizdagi turli sohalarda faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlar  mavjud bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etadi.
Doimiy va vaqtinchalik ish o‘rinlari;
Turli kasblar bo‘yicha tanlov imkoniyati;
Ish beruvchilar bilan bevosita muloqot;
Mehnat va bandlik sohasida maslahatlar beriladi.

O‘zingiz bilan shaxsiy hujjatlaringizni (pasport, diplom, mehnat daftarchasi nusxasi va h.k.) olib kelishni unutmang!

Tadbir soat 10:00 da boshlanadi.

📍Lokatsiya

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев бугун Саудия Арабистони инвестициялар вазири Холид ал-Фалиҳ бошчилигидаги делегацияни қабул қилади ҳамда ушбу мамлакат етакчи ишбилармон доиралари вакиллари билан учрашув ўтказади.

Шунингдек, давлатимиз раҳбари Тошкент вилоятида "Янги Тошкент" халқаро аэропорти қурилишига тамал тоши қўйиш маросимида иштирок этади, Тошкент шаҳридаги қатор ишлаб чиқариш объектлари билан танишади.

Президент Шавкат Мирзиёев сегодня примет делегацию во главе с министром инвестиций Саудовской Аравии Халидом аль-Фалихом и проведет встречу с представителями ведущих деловых кругов этой страны.

Глава государства также примет участие в церемонии закладки первого камня международного аэропорта "Новый Ташкент" в Ташкентской области и ознакомится с рядом производственных объектов в городе Ташкенте.

Facebook|Instagram|X
2025/10/22 15:27:48
Back to Top
HTML Embed Code: