Telegram Web Link
#ehtirom

Qishloq ayollari — fidoyilik timsollari

2007 yil 18-dekabrda BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 15 oktyabr “Xalqaro qishloq ayollari kuni” deb e’lon qilingan.  Bu sana — qishloq ayollarining oila va jamiyat taraqqiyotida tutgan  beqiyos o‘rnini e’tirof etish, ularning mehnati va jasoratini qadrlash ramzidir.

🌐Batafsil

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xushxabar

Zangiotalik o‘quvchilar Chexiyada yuksak e’tirofga sazovor bo‘lishdi

2025-yil may oyida Chexiyaning Liditse shahrida bo‘lib o‘tgan “O‘yin” mavzusidagi Xalqaro bolalar rasmlari tanlovida 69 ta davlatdan 11 mingdan ortiq ijodiy ishlar ishtirok etdi.

Nufuzli tanlovda Zangiota tumani maktab o‘quvchilari ham qatnashib, o‘zlarining yorqin iste’dodini namoyon etib, xalqaro miqyosda yuksak e’tirofga sazovor bo‘lishdi.

Xususan:
🔺 8-maktab o‘quvchisi Ahmadaliyeva Mubina — oltin medal va sertifikat,
🔺 22-maktab o‘quvchisi Xudoyberdiyev Kamron — oltin medal,
🔺 22-maktab o‘quvchilari: Abdurashidov Umidjon, Mansurxo‘jayeva Soliha, Norchayeva Elzoda, Saidboyeva Mubina va Xaydarova Asila,
🔺 34-maktab o‘quvchisi Hasanov Abduvoris,
🔺 23-maktab o‘quvchisi Shokirova Fotima — sertifikatlar bilan taqdirlandilar.

  G‘olib va sovrindor o‘quvchilari  Chexiya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasida bo‘lib o‘tgan tantanali marosimda rasmiy ravishda mukofotlarini qabul qilib oldilar.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#sana

O‘zbek tili — millat iftixori va ma’naviyat timsoli

Har yili 21-oktyabr yurtimizda O‘zbek tili bayrami sifatida keng nishonlanadi. Bu sana munosabati bilan viloyatdagi tashkilotlar va muassasalarda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda.

Ushbu tadbirlarda viloyat Ma’naviyat va ma’rifat markazi xodimlari, yozuvchi va shoirlar, jamoatchilik vakillari faol ishtirok etmoqda.

Shu kabi tadbirlar kuni kecha Favqulodda vaziyatlar  hamda Soliq boshqarmasida ham bo‘lib o‘tdi. Tadbirlar davomida o‘zbek tilining jamiyat hayotidagi o‘rni, uning milliy qadriyat sifatidagi ahamiyati, shuningdek, yoshlar orasida ona tilimizning sofligini asrash masalalari muhokama etildi.

So‘zga chiqqan ma’ruzachilar tomonidan o‘zbek tilining boy tarixi, uning ma’naviy taraqqiyotdagi o‘rni, tilimizning nufuzini yanada oshirish, har bir fuqaroning ona tiliga bo‘lgan mas’uliyati yuzasidan atroflicha fikrlar bildirildi. Til — millat yuzi, ma’naviyati va iftixori ekanligi alohida ta’kidlandi.

Aytish joizki, bu kabi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar ona tilimizni ardoqlash, uning qadrini anglash, jamiyatdagi nufuzini oshirish hamda yosh avlod qalbida milliy iftixor tuyg‘usini mustahkamlashda muhim o‘rin tutadi.


Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#farovonlik_sari

Chirchiq —  Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi namunaviy shaharga aylanadi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 8 oktyabrdagi “Alohida tuman (shahar) va mahallalarni aholi yashashi hamda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi uchun namunaviy hududga aylantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, mamlakatimizdagi 33 ta tuman va shahar “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi tuman (shahar)”ga aylanadi.

Ular orasida viloyatimizda 4 ta hudud, shu jumladan, Chirchiq shahri ham bor.

Yakunlangan haftada Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev huddi shu masalada Chirchiq shahri jamoatchiligi bilan muloqot o‘tkazdi.

🌐Batafsil

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/10/23 21:09:50
Back to Top
HTML Embed Code: