Telegram Web Link
#hamkorlik

Malakali kadrlar  — taraqqiyot istiqbolini  belgilovchi kuch

Ayni paytda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev boshchiligidagi viloyat delegatsiyasi Rossiya Federatsiyasining Nijniy Novgorod shahrida bo‘lib turibdi.

Tashrif dasturidan qator uchrashuvlar, amaliy muzokaralar, hamkorlar bilan ijtimoiy-iqtisodiy sohalarga doir bir qancha kelishuvlar ko‘zda tutilgan.

Bugun delegatsiya a’zolari viloyat hokimi boshchiligida shaharning bir qator diqqatga sazovor manzillarida bo‘lishdi.

Shulardan biri Nijniy Novgorod shahrida joylashgan IT sohalari bo‘yicha yetakchi mutahassislar tayyorlovchi  «NEYMARK» ta’lim kampusidir.

👈👈👈👈➡️➡️➡️➡️

Квалифицированные кадры — движущая сила, определяющая перспективы развития

В настоящее время делегация Ташкентской области во главе с хокимом Зойиром Мирзаевым находится в городе Нижний Новгород Российской Федерации. В программе визита запланирован ряд встреч, практических переговоров и соглашений с партнёрами в сфере социально-экономического сотрудничества.

🌐Batafsil

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#esdalik

Xabar qilganimizdek, davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev shu yil 15-oktyabr kuni viloyatimizdagi sholichilik klasteri faoliyati bilan tanishib, bir guruh soha vakillari va ilg‘or fermerlar bilan muloqot qildi.


Suhbat yakunida, an’anaga muvofiq, bu uchrashuv esdalik uchun suratlarga muhrlandi.

16-oktyabr kuni davlatimiz rahbarining imzosi tushirilgan ushbu suratlar o‘z egalariga yetkazildi.

Bu haqda o‘tgan hafta yakunida "O‘zbekiston 24" telekanalida efirga uzatilgan "Menimcha..." dasturida namoyish etildi.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#E_Voh_2025
#festival

So‘zi latofatli ijodkor merosiga ehtirom

Bo‘stonliq tumanidagi "GREEN HILLS RESORT" dam olish majmuasida O‘zbekiston Qahramoni, Xalq shoiri Erkin Vohidovning betakror ijodini xotirlash va yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib etish maqsadida "E Voh — 2025" adabiy festivali bo‘lib o‘tdi.

Mazkur anjumanning yurtimizda keng nishonlanayotgan O‘zbek tili bayrami kunlarida o‘tkazilishi bejiz emas. She’riyatimizning asl zargari bo‘lgan shoirning butun ijodi va mehnat faoliyati ona tilimizni asrab-avaylash, unga sadoqat va ehtirom namunalarini ko‘rsatish bilan chambarchas bog‘liqdir.

🌐Batafsil

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#hamkorlik

Toshkent viloyati turizm salohiyati xalqaro ekspertlar nigohida

Toshkent viloyati boy tabiiati, tarixiy yodgorliklari va zamonaviy infratuzilmasi bilan nafaqat O‘zbekiston, balki butun Markaziy Osiyoda turizmning eng istiqbolli hududlaridan biri sifatida e’tirof etilmoqda.


Viloyat hokimining o‘rinbosari Jamshid Babajanov Gruziyaning nufuzli konsalting kompaniyasi — “Reformatiks” vakili Otar Berdzenishvili bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda qayd etilishicha, hozirda O‘zbekistonda 2040 yilgacha mo‘ljallangan milliy turizmni rivojlantirish strategiyasi ustida ish olib borilmoqda. Mazkur jarayonda xalqaro tajribaga ega “Reformatiks” kompaniyasi faol ishtirok etib, mamlakatning bir qator hududlarida, jumladan, Toshkent viloyatida ham o‘rganishlar olib bormoqda.

🌐Batafsil

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi IT-parkka tashrif buyuradi.

Davlatimiz rahbari majmuaning ikkinchi bosqichiga start berish marosimida ishtirok etadi hamda sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish loyihalari bilan tanishadi.

Shuningdek, Prezident raisligida hudud va tarmoqlarda sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.

Сегодня Президент Шавкат Мирзиёев посетит IT-парк в Ташкенте.

Глава нашего государства примет участие в церемонии запуска второго этапа комплекса, а также ознакомится с проектами по внедрению технологий искусственного интеллекта.

Также под председательством Президента состоится видеоселекторное совещание по вопросам развития технологий искусственного интеллекта в регионах и отраслях.

Facebook|Instagram|X
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlandi.

Bugun insoniyat yangi sivilizatsiya bosqichiga – sun’iy intellekt davriga dadil qadam qo‘ymoqda.

Bunday texnologiyalar iqtisodiyotdan tortib, ta’lim, tibbiyot, qishloq xo‘jaligi va boshqaruv tizimigacha chuqur kirib bormoqda.

Qaysi soha bo‘lmasin, kim bu jarayonda qattiq izlanib, aniq natija qilsa, bir qadam oldinda yursa, marra shuniki bo‘ladi
”,

– dedi davlatimiz rahbari.

Yil boshida 2030-yilga borib, dunyo iqtisodiyotida sun’iy intellekt hajmi 15 trillion dollarga yetishi prognoz qilingan bo‘lsa, hozirgi tahlillar bu raqam 20 trillion dollardan ortishini ko‘rsatyapti.

Facebook|Instagram|X
O‘zbekistonda ham sun’iy intellektni rivojlantirish bo‘yicha alohida qaror qabul qilinib, sohaning huquqiy asoslari yaratildi.

Qisqa davrda davlat xizmatlari, bank-moliya, jamoat xavfsizligi, transport kabi yo‘nalishlarda 30 dan ortiq pilot loyihalar ishga tushdi.

O‘tgan yili Sun’iy intellektni 2030-yilga qadar rivojlantirish strategiyasi tasdiqlandi.
Raqamli texnologiyalar vazirligida mazkur soha bilan ishlaydigan alohida markaz tashkil etildi.

Bir yilda mamlakatimiz sun’iy intellektga tayyorgarlik bo‘yicha xalqaro indeksda 17 pog‘ona yuqoriladi (dunyoda 70-o‘rin, Markaziy Osiyoda 1-o‘rin).

Facebook|Instagram|X
2030-yilda sun’iy intellektga asoslangan xizmatlar hajmini 1,5 milliard dollarga yetkazish reja qilingan edi. Lekin xorijiy ekspertlar O‘zbekistonning salohiyatini 10 milliard dollarga baholamoqda.

Buning uchun Raqamli texnologiyalar vazirligi yanada ko‘p ishlashi, vazirlar, hokimlar, tarmoq rahbarlari esa haftada bir kunini shu sohani rivojlantirishga ajratishi shartligi ko‘rsatib o‘tildi.

“Hamma vazirlar, hokimlar chet elga borganida sun’iy intellekt iqtisodiyot tarmoqlari rivojiga qanday hissa qo‘shayotgani, aholiga, biznesga nima yengillik berayotganini ko‘ryapti. Bizda ham shuni qilsa bo‘ladimi? Albatta, bo‘ladi”,

– dedi Prezident.

Masalan, tarmoqlardagi ko‘plab korxonalar biznes jarayonlarini raqamlashtirib, xarajatlarini 10 foizgacha kamaytirayotgani qayd etildi. Sun’iy intellekt ham joriy etilsa, samaradorlik yanada oshishi ta’kidlandi.

Adliya, soliq idoralari sun’iy intellekt yordamida 24/7 rejimida onlayn maslahat tizimini ishga tushirdi. Bojxona qo‘mitasi sun’iy intellekt orqali xavfni boshqarish tizimini yo‘lga qo‘ydi. Geologiyada ham sun’iy intellekt yordamida videotahlil tizimini yo‘lga qo‘yib, rudadan olinadigan metall hajmini 1-2 foizga oshirish bo‘yicha loyiha tayyorlanmoqda. Bu birgina mis qazib olishning o‘zidan yiliga 20 million dollar qo‘shimcha daromad keltiradi.

Facebook|Instagram|X
Yig‘ilishda hududlarda ham yaxshi misollar borligi qayd etildi.

Masalan, Urganch shahrida sun’iy intellekt asosida “Aqlli shahar tizimi” ishga tushirildi.

Situatsion markaz tashkil qilinib, elektr, gaz, suv, issiqlik ta’minoti, boshqaruv-servis kompaniyalari, transport, yo‘l, obodonlashtirish, chiqindi korxonalari yagona tizimga ulangan.

Har bir yo‘nalishdan kelib tushayotgan murojaatlarni sun’iy intellekt asosida tahlil qilib, tezkor kompleks yechim berish yo‘lga qo‘yilgan. Bularning hisobidan yiliga 16 milliard so‘m tejalmoqda.

Viloyat markazlari va poytaxt tumanlarining barcha hokimlariga Urganchdagi yangi tajribani o‘rganib, yil yakunigacha o‘zida joriy qilish topshirildi.

Boshqa vazirlik va idoralar rahbarlariga ham sohaning ichiga kirib, sun’iy intellektni joriy qilish bo‘yicha imkoniyatlarni ishga solish yuzasidan aniq topshiriqlar berildi.

Facebook|Instagram|X
Endilikda vazirlar va tarmoq rahbarlarining raqamlashtirishga mas’ul o‘rinbosarlari bir vaqtning o‘zida sohada sun’iy intellektni rivojlantirishga ham javobgar bo‘lishi belgilandi.

Shahar va tumanlarda ham hokimlarning raqamlashtirish va sun’iy intellekt bo‘yicha maslahatchisi lavozimi kiritiladi.

Barcha vazirlik va hokimliklarga o‘z tuzilmasida sun’iy intellektni rivojlantirish bilan shug‘ullanadigan alohida bo‘linma tashkil qilish va ularning oldiga, eng avvalo, ish samaradorligi va xizmat sifatini oshirish, ortiqcha xarajat, “yashirin” iqtisodiyot va byurokratiyani qisqartirish kabi masalalarga sun’iy intellekt orqali yechim topish bo‘yicha aniq vazifalarni belgilab berish topshirildi.

Yuqori ko‘rsatkichga erishgan, xorijiy til biladigan, texnologik bilimi kuchli 100 nafar mutaxassis AQSH, Yevropa, Singapur, Yaponiya kabi davlatlarga olti oylik kurslarga yuboriladi.

Kelgusi yildan vazirlik va hududlarda sun’iy intellektni joriy etish holatini baholaydigan reyting tizimi ishga tushiriladi.

Facebook|Instagram|X
Prezidentimiz dunyoda sun’iy intellektga talab ortib borayotgan hozirgi davrda raqobatdosh bo‘lish uchun 3 ta eng asosiy masala – infratuzilma, ochiq ma’lumotlar va kadrlar tayyorlashga e’tiborni kuchaytirish zarurligini qayd etdi.

Sakkiz yilda 300 ming kilometr optik tolali aloqa liniyalari qurildi, aholi punktlarining 99 foizi mobil aloqa bilan qamrab olindi. Katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlash va saqlash uchun 7 ta data-markaz ishga tushirildi.

Keyingi yil sog‘liqni saqlash, energetika, bank-moliya, bojxona-soliq, transport, tog‘-kon va qishloq xo‘jaligi sohalarida sun’iy intellekt bo‘yicha 100 ta loyiha rejalashtirilgan.

Bularni amalga oshirish uchun shunga mos quvvatlar, zamonaviy super-kompyuterlar kerak. Lekin hozirgi mavjud quvvatlar faqat kichik loyihalarni ishga tushirish uchun yetadi.

Oqibatda tadbirkorlar o‘z loyihasi uchun chet eldagi infratuzilmadan foydalanib, bunga millionlab dollar sarflayapti.

Shu bois, joriy yil 16 ta super-kompyuter sotib olish uchun 50 million dollar ajratildi. Keyingi yil bu mablag‘ 2 karra oshirilishi e’lon qilindi.

Facebook|Instagram|X
2025/10/21 22:35:21
Back to Top
HTML Embed Code: