Telegram Web Link
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#obod_mahalla
#jarayon

Olmaliq shahridagi “Kimyogar” mahallasining bugungi ko‘rkamlashgan qiyofasi

Mahallada obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari izchil olib borilmoqda. Ichki yo‘llar ta’mirlanib, yoritish tizimlari yangilandi, bolalar o‘yingohlari va sport maydonchalari barpo etildi. Aholi uchun barcha qulayliklar yaratilgan bo'lib, ko‘chalar bo‘ylab gulzor va yashil hududlar tashkil etildi.

Videoda “Kimyogar” mahallasining “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla”ga aylantirish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar va erishilgan natijalar haqida batafsil so'z boradi.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bunyodkorlik

Yo‘llarni yo‘llarga, dillarni dillarga bog‘lovchi ko‘prik: bekobodliklarning qariyb 40 yillik orzusi ushaldi

Bekobod tumanida — Sirdaryoning ikki sohilida yashayotgan aholi orasida azaliy bir orzu yashardi — yillar, hatto avlodlar orzusi.

Bu orzu nafaqat sohillarni, yo‘llarni, balki dillarni, yuraklarni,  orzularni bog‘laydigan ko‘prik orzusi edi. Nihoyat,  oradan qariyb qirq yil o‘tib, umid chirog‘i yana qayta yondi — daryo uzra yangi ko‘prik qad rostladi, xalq orzusi ro‘yobga chiqdi. Sirdaryo beliga yana bir belbog‘ bog‘landi.

Ko‘prik ochilishi munosabati bilan bo‘lib o‘tgan tantanali marosimda Prezident Administratsiyasi mas’ul xodimlari,  Toshkent viloyati faollari,   tuman jamoatchiligi, nuroniylar va yoshlar, quruvchi bunyodkorlar, soha mutasaddilari, jurnalistlar va keng jamoatchilik qatnashdi.

Ular ko‘prikni faqat beton va temir ustunli yo‘l o‘tkazgich emas,  balki odamlarning Yangi O‘zbekiston islohotlariga, ertangi kunga umidi yanglig‘  "ishonch ko‘prigi" sifatida ta’rifladilar.

Aslida, bu inshoot tarixi o‘tgan asrning oxirlariga borib taqaladi. Gap shundaki, 1989 yilda ilk marta ruxsat olib, qurilish boshlangan, ammo 1991 yilda turli sabablar bilan to‘xtab qolgan.
Vaqt o‘tdi, avlodlar almashdi, orzular so‘nmadi.  2025 yilda Prezidentimizning tegishli qarori  bilan loyiha ijrosi qayta boshlandi. Haqiqiy ishonch va izchil harakat natijasida uzoq yillar huddiki yetishib bo‘lmas  sarobga aylanib kelgan  masala hal etildi.

Loyihaning umumiy qiymati 72 milliard so‘m, ammo uning qiymati faqat pul bilan o‘lchanmaydi. Chunki bu ko‘prik xalq hayotini o‘zgartirayotgan, yuzlab, minglab insonlar taqdiriga yorug‘lik olib kirayotgan, umidni qayta tiriltirayotgan loyihadir.

200 metrli ko‘prik va 6 kilometrli zamonaviy avtomobil yo‘li nafaqat harakat uchun qulay, balki taraqqiyot, obodlik va farovonlik  yo‘lining ramziga ham  aylandi.

Yo‘l bo‘ylab tungi yoritish chiroqlari porlab, yangicha hayotga yo‘l ko‘rsatgandek nur sochadi. Piyodalar uchun yo‘laklar, nogironlar uchun maxsus qulayliklar, yangi to‘rt tasmali yo‘l — bularning barchasi inson qadriga bo‘lgan hurmat ifodasidir.

Avval bu yo‘ldan bir kunda 2 mingta avtomobil o‘tgan bo‘lsa, endilikda 14 mingta mashina bemalol harakatlanmoqda. Bu raqamlar ortida butun bir tumanning nafasi, iqtisodning yurish sur’ati, odamlarning hayotga ishonchi mujassam.

Eng muhimi, endi “Do‘stlik” va “Yangiovul” mahallalaridan tuman markazigacha bo‘lgan masofa 44 kilometrga qisqardi. Bu — odamlar vaqtini, mehnatini, hayotini tejaydi. Bu — oilalar tezroq uchrashadi, farzandlar maktabiga qulay va xavfsiz yetib boradi, tadbirkoru dehqonlar mahsuloti bozorga tezroq kiradi, deganidir.

Bekobod uchun bu ko‘prik — yangi hayot, yangi rivoj, yangi nafas demakdir. Endilikda u tumanning "yuzi",  iftixor timsoli, elning hamjihatligi va mehnati bilan qurilgan moʻjiza sifatida uzoq yillar davomida xizmat qiladi.

Sirdaryoning ikki sohilini bog‘lagan bu ko‘prik, aslida, insonlarning qalbini bog‘ladi. Bu — el orzusi ro‘yobga aylangan, Vatan taraqqiyotiga tamal toshi qo‘yilgan kun bo‘ldi.


Ko‘prikning tantanali ochilish marosimida Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev ishtirok etdi va nutq so‘zladi.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ezgulik

Toychoq bo‘lib chopib yurgan mo‘ynoqlik to‘ybolalar

Toshkent viloyati hokimligi tashabbusi bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasining Mo‘ynoq tumanida boquvchisini yo‘qotgan hamda kam ta’minlangan oilalarning 12 nafar farzandi uchun  sunnat to‘ylari o‘tkazildi.

Mazkur tadbir mamlakatimizda aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, kam ta’minlangan va yordamga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan izchil islohotlarning amaliy ifodasi bo‘ldi.


Bayramona shukuhda o‘tgan marosimda to‘ybolalarning har biriga  viloyat hokimligi tomonidan velosiped, bosh-oyoq sarpo hamda turli esdalik sovg‘alari topshirildi.

Tantanada nuroniy otaxon va onaxonlar  el-yurt tinchligi, farovonligi, bolajonlarning sog‘lom, bilimli va baxtli ulg‘ayishlari uchun duolar qildilar.

Tadbir davomida san’atkorlar tomonidan kuy-qo‘shiqlar ijro etilib,  davraga o‘zgacha fayz bag‘ishladi.

Sunnat to‘ylari orqali nafaqat bolajonlarning, balki ularning oilalari va butun mahalla ahlining yuzida quvonch va minnatdorlik ifodasi aks etdi.


Tadbir xalqimizga xos mehr-oqibat, saxovat va insonparvarlik fazilatlarining yorqin namunasiga aylandi.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli, jadal islohotlarga yuksak ishonchning yorqin ifodasi – YUNESKOning Samarqand sessiyasi barqaror rivojlanish bo‘yicha global hamkorlikni kuchaytirish borasida ulkan amaliy qadam bo‘ladi.

Самаркандская сессия ЮНЕСКО – проявление высокого доверия к осуществляемым в Новом Узбекистане динамичным масштабным реформам – станет важным практическим шагом в усилении глобального партнерства в области устойчивого развития.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#madaniy_hayot

Tabiatni asrash – insonni, Vatanni asrash demakdir

O‘zbekiston Respublikasi “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi tashabbusi bilan respublikamiz bo‘ylab “Tabiatni asrash – insonni, Vatanni asrash demakdir” mavzusida ko‘chma foto va tasviriy san’at asarlari ko‘rgazmasi o‘tkazilmoqda.

Maqsad — yoshlarimizning ekologik ilmi, bilimi, tushunchasi va madaniyatini yanada yuksaltirish, fuqarolar, ayniqsa yoshlarning atrof-muhitga bo‘lgan munosabatini yanada mustahkamlash.


Ko‘rgazmaning navbatdagi manzili — Chirchiq davlat pedagogika universiteti bo‘ldi. Unda O‘zbekistonimizning go‘zal tabiati, tabiiy boyliklari, bioxilma-xilligi, ekologik muammolari aks etgan foto va tasviriy san’at asarlari namoyish etildi. Talabalar, ijodkor yoshlar o‘z asarlari bilan faol qatnashishdi.

Tadbirda universitet rektori Gʻafurjon Muhamedov, “Tasviriy oyina” IU raisi Isfandiyor Latipov, “Xalq so‘zi” va “Narodnoye slovo” gazetalari Bosh muharriri, taniqli shoir O‘tkir Rahmat, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Mohira Xadjayeva, viloyat hokimi o‘rinbosari Nilufar Normirzayeva ishtirok etib, ushbu ko‘rgazmaning ahamiyati va bunday tadbirlarning yoshlar kamolotida tutgan o‘rni xususida fikr yuritishdi.

Eng yaxshi foto va tasviriy san’at asarlari ko‘rgazmaning respublika bosqichida ishtirok etadi.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/10/31 14:49:14
Back to Top
HTML Embed Code: