#Eʼtibor
🇺🇿
Chempionga Prezident sovg‘asi — Aytjan Xolmaxanovga Nurafshon shahridan 3 xonali kvartira berildi
Avval xabar qilganimizdek, Xorvatiyaning Zagreb shahrida bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida yunon-rum kurashi bo‘yicha Toshkent viloyati farzandi, O‘rta chirchiqlik Aytjan Xalmaxanov oltin medalni qo‘lga kiritdi. Bunday yutuq bilan u 24 yillik tanaffusdan so‘ng bu yo‘nalishda jahon chempioni bo‘lgan ilk o‘zbekistonlik sportchi sifatida tarixga muhrlandi.
Marosimda viloyat va Nurafshon shahri, O‘rta Chirchiq tumani faollari, nuroniylar va yoshlar, sportchining oila a’zolari va yaqinlari ishtirok etdi.
✅ Telegram 🌐 Website 📹 YouTube✅ Facebook 🕊 Twitter

Bugun chempionga davlatimiz rahbari tomonidan “Nurafshon Sity” hududida joylashgan ko‘p qavatli uylardan 3 xonali kvartira “Prezident sovg‘asi” topshirildi.
Marosimda viloyat va Nurafshon shahri, O‘rta Chirchiq tumani faollari, nuroniylar va yoshlar, sportchining oila a’zolari va yaqinlari ishtirok etdi.
Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev chempionga xonadon kalitlarini topshirar ekan, yosh sportchimiz o‘zining bemisl azmu shijoati bilan xalqaro maydonlarda yurtimiz sha’nini yuksak darajada himoya qilayotgani, yuksak marralar sari intilib, yoshlarimiz uchun katta ibrat va o‘rnak namunalarini ko‘rsatayotgani, o‘z navbatida, bunday muvaffaqiyatlarga erishayotgan farzandlarimiz davlatimiz tomonidan munosib rag‘batlantirilayotganini ta’kidladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Maxsus_dayjest
1-oktyabr – “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan bayram tadbirlari keng nishonlanmoqda
Viloyatimizning tuman va shaharlarida ham bu muhim sana munosabati bilan o‘qituvchilarga bo‘lgan hurmat-ehtirom, ularning mehnatiga berilayotgan yuksak baho yaqqol namoyon bo‘lmoqda.
Angren shahridagi "Osiyo" to‘yxonasida “Ustozga ta’zim” shiori ostida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda ustoz va murabbiylarga tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi. Badiiy chiqishlar va kuy-qo‘shiqlar barchaga bayramona kayfiyat ulashdi.
Zangiota tumani Madaniyat bog‘idagi Amfiteatrda o‘tkazilgan tantanali tadbirda ham fidoyi pedagoglar sharaflandi. Mazkur tadbirda ta’lim-tarbiya sohasiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan bir guruh ustoz va murabbiylarga tashakkurnomalar hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.
Quyi Chirchiq tumanida “Yangi O‘zbekiston tayanchi – siz, aziz ustozlar!” shiori ostida o‘tkazilgan tadbir katta tantanaga aylandi. Unda ko‘p yillik mehnati, yoshlarga bo‘lgan mehr-muhabbati bilan ajralib turgan tajribali va faol pedagoglar Faxriy yorliqlar va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar. Tadbir davomida ustozlarga bag‘ishlab she’rlar, qo‘shiqlar yangradi.
Chinoz tumanida esa bayram tadbiri o‘zgacha shukuh bilan o‘tkazildi. Tadbirda tuman hokimi Sherzod Salixov so‘zga chiqib, barcha ustozlarni samimiy tabrikladi, ularning zahmatli mehnatini e’tirof etdi hamda ta’lim sohasida erishilgan yutuqlar haqida to‘xtalib o‘tdi.
Nurafshon shahrida o‘tkazilgan tadbirda hududda ta’lim sifati va samaradorligini oshirish, o‘qituvchilarning nufuzini mustahkamlash, ularga munosib ish va yashash sharoitlarini yaratish bo‘yicha olib borilayotgan izchil ishlar haqida ma’lumotlar berildi. O‘z kasbiga sadoqat bilan yondashayotgan ilg‘or pedagoglar alohida rag‘batlantirildi.
O‘rta Chirchiq tumanidagi “Azim ota” tantanalar uyida tashkil etilgan tadbirda tumani hokimligi tashabbusi bilan har chorakda ikki yuz nafar o‘qituvchining Toshkentga sayohati va teatrga tashrifi tashkil etilayotgani qayd etildi. Tantanali tadbirda bir guruh soha xodimlariga tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi

Ushbu bayram tadbirlari barcha ustozlarimizga hurmat va ehtiromning yorqin ifodasi bo‘lib xizmat qilmoqda. Zero, ta’lim-tarbiya fidoyilari bo‘lgan o‘qituvchilar kelajak avlod tarbiyasida beqiyos o‘rin tutadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Intilish
3000 so‘mlik qovunni 1 dollarlik mahsulotga aylantirayotgan tadbirkor
Oqqo‘rg‘on tumanida faoliyat yuritayotgan tadbirkor Jahongir G‘iyosov oʻzbek qovunini zamonaviy usulda qayta ishlab, qadoqlangan holda eksport qilishni yo‘lga qo‘ydi.
Batafsil — “O‘zbekiston 24” telekanali lavhasida.
✅ Telegram 🌐 Website 📹 YouTube✅ Facebook 🕊 Twitter
3000 so‘mlik qovunni 1 dollarlik mahsulotga aylantirayotgan tadbirkor
Oqqo‘rg‘on tumanida faoliyat yuritayotgan tadbirkor Jahongir G‘iyosov oʻzbek qovunini zamonaviy usulda qayta ishlab, qadoqlangan holda eksport qilishni yo‘lga qo‘ydi.
Hozirgi kunga qadar biror mamlakatda bunday brend ostida qadoqlangan qovun ishlab chiqarish amaliyoti joriy qilinmagan. Shu bois ushbu loyiha nafaqat mamlakatimiz, balki xalqaro bozor uchun ham yangi yo‘nalish hisoblanadi.
Bozordagi oddiy qovun narxi oʻrtacha 3 ming so‘mni tashkil etayotgan bo‘lsa, qayta ishlanib, zamonaviy standartlarda qadoqlangan mahsulot sifatida xorijiy bozorga chiqarilgach, uning qiymati har bir kilogramm uchun 1 AQSh dollariga tenglashmoqda. Bu esa o‘zbek dehqonchiligida qo‘shimcha qiymat yaratish va eksport salohiyatini oshirishga xizmat qilmoqda.
Batafsil — “O‘zbekiston 24” telekanali lavhasida.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#eʼtirof
Yoshlar qalbiga yo‘l topgan ustozlarga tasanno!
Yuqori Chirchiq tumanida 1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
E’tiborlisi, tumanda ta’lim-tarbiya sohasiga qo‘shayotgan katta hissasi uchun tuman hokimi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi Uskenbay Atemov Xalq ta’limi vazirining “Ta’lim homiysi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
✅ Telegram 🌐 Website 📹 YouTube✅ Facebook 🕊 Twitter
Yoshlar qalbiga yo‘l topgan ustozlarga tasanno!
Yuqori Chirchiq tumanida 1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Farhod Boqiyev, Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi raisi Sayyora Fayziyeva, viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Shukur Burxonov, ta’lim sohasi faollari va faxriylar, o‘quvchi va talaba yoshlar ishtirok etdi.
Tadbir davomida sohada samarali faoliyat yuritayotgan ustoz va murabbiylar munosib rag‘batlantirildi. Jumladan, 13-maktabning rus tili o‘qituvchisi Zulfiya Kalikulova “Xalq ta’limi fidoyisi” ko‘krak nishoni bilan, 2-maktab qozoq tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi Baxtigul Abdukarimova hamda 9-maktabning ingliz tili fani o‘qituvchisi Ravshan Pirmatov “Xalq ta’limi a’lochisi” maqomiga loyiq ko‘rildi.
E’tiborlisi, tumanda ta’lim-tarbiya sohasiga qo‘shayotgan katta hissasi uchun tuman hokimi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi Uskenbay Atemov Xalq ta’limi vazirining “Ta’lim homiysi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#eʼtirof
Kasbiy ta’lim fidoyilari taqdirlandi
Tadbir davomida kasbiy ta’lim tizimida faoliyat yuritayotgan faol direktorlar hamda fidoyi ustozlar boshqarma tomonidan faxriy yorliqlar va esdalik sovg‘alari bilan ham taqdirlandi.
✅ Telegram 🌐 Website 📹 YouTube✅ Facebook 🕊 Twitter
Kasbiy ta’lim fidoyilari taqdirlandi
1-oktabr — "O‘qituvchi va murabbiylar kuni" munosabati bilan Toshkent viloyatidagi kasbiy ta’lim muassasalarida fidokorona mehnati bilan yoshlarga bilim va tarbiya berib kelayotgan 36 nafar ustoz va murabbiy “O‘rta maxsus va professional ta’lim a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.Nurafshon shahridagi "Yoshlar" markazida e’tirofga sazovor bo‘lgan ustozlarni tantanali ravishda taqdirlash tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshligʻi N. Kulbekova so‘zga chiqib, ustozlarning ta’lim sohasidagi fidokorona xizmatlarini alohida e’tirof etdi. U o‘z nutqida mazkur ko‘krak nishonlari nafaqat ustozlar faoliyatiga berilgan yuksak baho, balki ularni kelgusi faoliyatida yanada katta marralarni zabt etishga undovchi muhim rag‘bat ekanini ta’kidladi.
Tadbir davomida kasbiy ta’lim tizimida faoliyat yuritayotgan faol direktorlar hamda fidoyi ustozlar boshqarma tomonidan faxriy yorliqlar va esdalik sovg‘alari bilan ham taqdirlandi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Ўзбекистон ўқитувчи ва мураббийларига табрик
—
Поздравление учителям и наставникам Узбекистана
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

#Eʼzoz
Sportchilarimizni yuksak marralar sari ruhlantirayotgan murabbiylar taqdirlandilar
✅ Telegram 🌐 Website 📹 YouTube✅ Facebook 🕊 Twitter
Sportchilarimizni yuksak marralar sari ruhlantirayotgan murabbiylar taqdirlandilar
1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan viloyat Sport boshqarmasida ham bayram tadbiri tashkil etildi. Unda viloyatdagi sport maktablarida fidokorona mehnat qilayotgan, yoshlarni sportga keng jalb etib kelayotgan bir guruh murabbiylar taqdirlandilar.
Tadbirda viloyat hokimi o‘rinbosari J. Babajanov va Toshkent viloyati Sport boshqarmasi boshlig‘i R. Boboqulov so‘zga chiqib, murabbiylarning sportchilarni yuksak natijalarga tayyorlash yo‘lidagi zahmatkorona mehnatlarini samimiy e’tirof etishdi.
Marosimda 2 nafar murabbiy “Jismoniy tarbiya va sport a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan, 2 nafar murabbiy viloyat hokimligining maxsus sovg‘asi bilan, 31 nafar murabbiy esa Toshkent viloyati Sport boshqarmasining tashakkurnomasi va esdalik tuhfalari bilan taqdirlandi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM