Telegram Web Link
#bilasizmi

⚡️Qo‘shimcha poyezd qatnovlari tashkil etilib, vagonlar soni ko‘paytiriladi

🚆Transport vazirligi xabariga ko‘ra, qishki ta’til davrida yo‘lovchilarning temir yo‘l transporti qatnovlariga bo‘lgan talabini qondirish maqsadida 2024-yil 15-dekabrdan 2025-yil 12-yanvarga qadar bir qator yo‘nalishlarda qo‘shimcha poyezd qatnovlari tashkil etiladi va vagonlar soni oshiriladi:

✓ Qo‘shimcha qatnovlar:

“Toshkent – Urganch – Toshkent” yo‘nalishida 2024-yil 17-dekabrdan boshlab 18 ta qo‘shimcha qatnov;

“Samarqand – Toshkent – Samarqand” yo‘nalishida 2024-yil 15-dekabrdan boshlab, “Afrosiyob” tezyurar elektropoyezdi qo‘shimcha 30 ta qatnovni amalga oshiradi.

✓ Qo‘shimcha vagonlar:

“Toshkent – Qo‘ng‘irot – Toshkent”, “Toshkent – Termiz – Toshkent”, “Toshkent – Urganch – Toshkent” va “Toshkent – Sariosiyo – Toshkent” yo‘nalishlarida 2024-yil 20-dekabrdan har kuni 4 ta qo‘shimcha platskart vagonlari qo‘shiladi.

IZOH: Qo‘shimcha ma’lumotni O‘zbekiston bo’yicha 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l chiptaxonalari hamda ma’lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin.

Talabalar chiptalarni qo‘shimcha qayerdan xarid qilishi mumkin?

◀️O‘zbekiston milliy universiteti sayyor kassasi;
▶️Toshkent davlat agrar universiteti sayyor kassasi;
◀️Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sayyor kassasi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
#Диққат

❗️Талаба ва ўқувчилар учун қишки таътил 25-декабрдан бошланади

Олий таълим, фан ва инновациялар вазирлигининг тегишли буйруғи билан олий таълим ташкилотлари талабалари, техникум, коллеж, касб-ҳунар мактаби ва академик лицейлар ўқувчиларига жорий ўқув йили учун бериладиган қишки таътил 2024-йилнинг 25-декабридан 2025-йилнинг 7-январига қадар (шу куни ҳам) этиб белгиланди.

👉 @Qoraxabar - ТВда кўрсатилмайдиган, газеталар айтмайдиган махфий хабарлар канали!
👍1
Forwarded from Dilnoza Tuychiyevna
#giyohvandlikka_qatshimiz
O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-971-sonli "O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga giyohvandlik vositalarining, ular analoglarining yoki psixotrop moddalarning, shuningdek kuchli ta’sir qiluvchi va zaharli moddalarning qonunga xilof muomalasiga qarshi kurashishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida"qonunining mazmun mohiyati infigrafikada
#Prezident_tabrigi_2025

Asosiy maqsadimiz – inson va tabiat muvozanatiga asoslangan tizim yaratishdir.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston xalqiga Yangi yil tabrigini yo‘lladi.

Ijtimoiy sohalar, ish haqi, pensiya va stipendiyalar, nafaqalar miqdorini oshirish e’tiborimiz markazida bo‘ladi.

Farzandlarimizning zamonaviy bilim va kasb-hunar egalari, barkamol bo‘lib tarbiya topishlari uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etamiz.

Ilm-fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va san’at, sport sohalariga e’tibor yanada kuchaytiriladi.
Forwarded from OTFIV | Toshkent
“Mard o‘g‘lon” davlat mukofotining 2025 yilgi saralash bosqichiga hujjatlarni qabul qilish boshlandi!

Har yili o‘qishdagi muvaffaqiyatlari, ijtimoiy faolligi va iste’dodi bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan 14 yoshga to‘lgan va 30 yoshdan oshmagan iqtidorli yigitlarimiz “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti bilan taqdirlanib kelinmoqda.

Davlat mukofotining 2025 yilgi saralash jarayonlariga hujjatlarni qabul qilish davom etmoqda!

🎓14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yigitlar oʻz hujjatlarini joriy yilning 1-martiga qadar yashash manzili joylashgan hudud boʻyicha Yoshlar ishlari agentligining tuman(shahar) boʻlimlariga topshirishi tavsiya etiladi.

Nizom bilan tanishish
Kerakli hujjatlar bilan tanishish

Toshkent shahar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi axborot xizmati

Boshqarmaning rasmiy sahifalari:
🕊Telegram |📱Instagram|📱Facebook |🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from OTFIV | Toshkent
🎓 Niderlandiyada yozgi kurslar uchun grantlar! 🌍

🔥 Gaaga Xalqaro huquq akademiyasi huquqshunoslik sohasi talabalari yoki mutaxassislarini xalqaro huquq sohasida yozgi kurslarga grantlar e’lon qiladi!

💼 Grant sizga quyidagi imkoniyatlarni beradi:
✔️ Kurs to‘lovi to‘liq qoplanadi;
✔️ Safar xarajatlari uchun 350 yevro kompensatsiya beriladi;
✔️ Turar joy uchun 600 yevro ajratiladi.

📅 Kurslar sanasi:
Public International Law – 2025-yil 7-25-iyul.
Private International Law – 2025-yil 28-iyul – 16-avgust.

Ariza topshirish muddati:
2024-yil 1-noyabrdan 2025-yil 31-yanvargacha.

📌 Kurslarga o‘z hisobingizdan ham qatnashsangiz ham bo‘ladi.

Batafsil ma’lumot olish uchun

Toshkent shahar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi axborot xizmati

Boshqarmaning rasmiy sahifalari:
🕊Telegram |📱Instagram|📱Facebook |🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Saodat Almatova
#Vatan_himoyachilari_kuni

🇺🇿2025 yil 10- yanvar sanasida Toshkent avtomobil yo'llar texnikumida "O'zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil etilganining 33 yilligi hamda Vatan himoyachilari" kuniga bag'ishlab "Balli yigitlar" tadbiri tashkil etildi.

👮‍♂👮‍♂👮‍♂Tadbirga Chilonzor tumani IIOFMB inspektorlari taklif etildi.

👨‍🎨👨‍🎨👨‍🎨👨‍🎨👨‍🎨Yigitlarimiz 5-shart bo'yicha bellashadilar.
Jannatmakon O’zbekistonimiz, xalqimiz, oila a’zolaringiz baxtiga doim sog’ - salomat yuringlar.

Sizlar bizning g’ururimiz, orimiz,

Sizlar borki, yoqolmas viqorimiz.

Oila tayanchi, yurtning ishonchi ,

Bo’ling doim bizning iftixorimiz.

@ToshAvtoVaYollarTexnikumi
Forwarded from OTFIV | Toshkent
Xonada gaz hidi sezilganda harakat qilish bo‘yicha tavsiya.

Toshkent shahar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi axborot xizmati

Boshqarmaning rasmiy sahifalari:
🕊Telegram |📱Instagram|📱Facebook |🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from OTFIV | Toshkent
🇺🇿 Yangi O'zbekiston armiyasi - mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri!

Vatan himoyasi mard, bahodir va dovyurak o‘g‘lonlarga yarashadi. Shu bois, biz o‘zining muqaddas qasamyodiga sodiq qolib, xizmat burchini yerda ham, ko‘kda ham sharaf ila ado etayotgan yurtimizning zabardast posbonlari, jangovar ruhdagi harbiylarimiz bilan haqli ravishda har qachon faxrlanamiz.

Yurtimizning muhtaram posbonlari! Barchangizni 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni bilan muborakbod etamiz! Bugungi bayram bilan samimiy tabriklab, Sizlarga oilaviy tinchlik-xotirjamlik, sog‘liq-salomatlik tilaymiz. Istagimiz xalqimizning yuksak ishonchi va hurmat-ehtiromi Sizlarga hamisha hamroh bo‘lsin. Barchangizga sharafli va masʼuliyatli faoliyatingizda ulkan zafarlar tilaymiz!

Yurtimizda doim tinchlik va osoyishtalik hukm sursin! Bayramingiz muborak bo‘lsin!

Toshkent shahar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi axborot xizmati

Boshqarmaning rasmiy sahifalari:
🕊Telegram |📱Instagram|📱Facebook |🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from OTFIV | Toshkent
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿14-yanvar – "Vatan himoyachilari kuni!"


Yangi O'zbekiston armiyasi — mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri!

Toshkent shahar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi axborot xizmati

Boshqarmaning rasmiy sahifalari:
🕊Telegram |📱Instagram|📱Facebook |🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/10/24 19:56:51
Back to Top
HTML Embed Code: