Telegram Web Link
Forwarded from Dilnoza Tuychiyevna
Toshkent turizm va madaniy meros texnikumiga joriy yilning 21 yanvar kuni Najmitdinov Baxriddin Nematovich taxallusi Baxriddin Chustiy O'zbekiston, Qozog'iston va Rossiyadagi bir qancha restoranlar oshpazi tashrif buyurdi. "Umumiy ovqatlanish xizmatlarini tashkil etish" yo'nalishi bo'yicha tahsil olayotgan o'quvchilar bilan davra suhbati o'tkazildi. Bundan ko'zlangan maqsad texnikum bilan hamkorlik aloqalarini o'rnatish hamda o'quvchilarni kelajakdagi faoliyatlarini samarali tashkil etishdan iboratdir.
Forwarded from OTFIV | Toshkent
❗️Kambag‘al oilalar a'zolarini kasb-hunarga o‘qitish xarajatlari vaucher tizimi asosida qoplab beriladi

Bu bo‘yicha Prezident qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra:

2025-yil 1-fevraldan kasblarga oʻqitish maqsadida ajratiladigan stipendiyalar nogironligi boʻlgan shaxslarga, shuningdek, muddati 3 oydan koʻp davom etadigan oʻquv kurslariga qabul qilingan Kambagʻal oilalar reyestridagi oilalarning ishsiz aʼzolariga toʻlanadi.

2025-yil 1-maygacha ishsiz aholini, shu jumladan, ustuvor ravishda kambagʻal oilalar aʼzolarini kasb-hunarga oʻqitish xarajatlarini qoplab berish boʻyicha vaucher tizimi joriy qilinadi.

🗓 Mazkur tizim 2025-yil 1-fevraldan Samarqand viloyati va Toshkent shahrida sinovdan oʻtkaziladi.

Toshkent shahar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi axborot xizmati

Boshqarmaning rasmiy sahifalari:
🕊Telegram |📱Instagram|📱Facebook |🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from OTFIV | Toshkent
Joriy yilning 23-yanvar kuni Toshkent shahar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi hamda bir guruh Kasbiy ta’lim muassasalari direktorlari Sirdaryo viloyatidagi Shirin energetika texnikumiga tashrif buyurishdi.

Uchrashuv davomida Shirin energetika texnikumi mas’ullari delegatsiya a’zolariga texnikumning ta’lim va o‘quv amaliyot xonalari, sohaga oid zamonaviy laboratoriya asbob-uskunalari bilan yaqindan tanishtirdilar.

Tashrif doirasida texnikum faoliyati, yutuq va tajribalari ham muhokama qilindi. Mazkur texnikum energetika sohasi uchun yuqori malakali kadrlarni tayyorlash bilan bir qatorda ta’limning zamonaviy talablarga mosligini ta’minlashda muhim o‘rin tutadi.

Toshkent shahar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi axborot xizmati

Boshqarmaning rasmiy sahifalari:
🕊Telegram |📱Instagram|📱Facebook |🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Forwarded from OTFIV | Toshkent
📚24-yanvar – Xalqaro ta’lim kuni: Kelajakka qadam qo‘ying!

Ta’lim inson hayotini yaxshilash, ijtimoiy tenglikni ta’minlash va global muammolarni hal qilishda asosiy omil hisoblanadi. Ushbu kun dunyo bo‘ylab har bir inson uchun bilim olish imkoniyatini kengaytirish va ta’limning hayotimizdagi ahamiyatini yodga olish uchun nishonlanadi. Bugungi kunda har qanday muvaffaqiyatli jamiyatning poydevori sifatida ta’lim jamiyatni birlashtiruvchi kuchga ega.

Toshkent shahar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi axborot xizmati

Boshqarmaning rasmiy sahifalari:
🕊Telegram |📱Instagram|📱Facebook |🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Dilnoza Tuychiyevna
Toshkent turizm va madaniy meros texnikumi joriy yilning 30-yanvar kuni "Milliy liboslar kuni" munosabati bilan O'qituvchi va o'quvchilar milliy lubosda ish faoliyati va o'qish jarayonlarida milliyligimizni anglashni targ'ib qilishdi.
👎1
TOSHKENT TURIZM VA MADANIY MEROS TEXNIKUMI
https://www.tg-me.com/TTMMT2025
Bu bizning yangi telegram kanalimiz, barchani unga obuna bo'lishni so'rayman

Это наш новый телеграм-канал, прошу всех подписаться на него
1
2025/10/24 13:59:09
Back to Top
HTML Embed Code: