Telegram Web Link
#siyosiy_marifat_soati
#milliy_liboslar_kuni

📇Bugun "Toshshahartransxizmat" AJ xodimlari bugunning eng muhim va dolzarb mavzulariga bag'ishlangan 19-sonli "Siyosiy ma'rifat soati"da ishtirok etib, o'zlarining siyosiy bilimlarini oshirishdi.

🇺🇿🖼Shu bilan birga, haftaning har juma kuni - "Milliy liboslar kuni"da milliyligimizni keng targ'ib qilish va barchaga namuna ko'rsatish maqsadida, xodimlar milliy libos va milliy do'ppimizda ish faoliyatini olib bormoqda.

📌Eslatib o'tamiz "Siyosiy-ma’rifat soati" haftaning har juma kuni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi hamda O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi tomonidan taqdim qilinadi.

✍️Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

🌐
Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | Web-site
AVTOBUS PARKLARIDA TIBBIY KOʻRIK JARAYONINI AVTOMATLASHTIRISH

📇"Toshshaxartransxizmat"AJ tasarrufidagi avtobus saroylarida haydovchilarning reys oldi tibbiy koʻrigini avtomatlashtirish boʻyicha keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda. Ushbu tashabbus doirasida tibbiy kabinetlar zamonaviy tibbiy uskunalar bilan jihozlanmoqda.

👨‍✈️Endilikda haydovchilar yo‘nalishga chiqishdan oldin yangilangan va avtomatlashtirilgan tibbiy qurilmalar yordamida tez va aniq tibbiy koʻrikdan oʻtishmoqda. Bu jarayonni nafaqat ishonchli, shaffof va qulay qiladi, balki inson omilining ta'sirini keskin kamaytiradi, tibbiy xodimlar tomonidan boʻlishi mumkin boʻlgan sub'ektiv baholar va xatolarni istisno etadi.

🌐 Yangi tizimning joriy etilishi tibbiy koʻrikdan oʻtish vaqtini ancha qisqartirish imkonini beradi. Barcha ma'lumotlar avtomatik ravishda yagona intellektual tizimda qayd etiladi, bu esa toʻliq nazoratni, keyingi tahlilni va zarur hollarda oʻz vaqtida choralar koʻrishni ta'minlaydi.

📇"Toshshaxartransxizmat" AJ tomonidan amalga oshirilayotgan mazkur loyiha haydovchilar salomatligini nazorat qilishni kuchaytirish, inson omili bilan bogʻliq xavf-xatarlarni kamaytirish, yoʻlovchilar xavfsizligini oshirish hamda zamonaviy axborot texnologiyalarini yoʻlovchi tashish sohasida samarali qoʻllashga qaratilgandir.

🔹🔹🔹 🔹🔹🔹 🔹🔹🔹

АВТОМАТИЗАЦИЯ ПРОЦЕССА МЕДИЦИНСКОГО ОСМОТРА В АВТОБУСНЫХ ПАРКАХ


📇 В автобусных парках, находящихся в ведении АО "Тошшахартрансхизмат", активно ведутся масштабные работы по автоматизации предрейсового медицинского осмотра водителей. В рамках данной инициативы медицинские кабинеты оснащаются современным медицинским оборудованием.

👨‍✈️Теперь водители перед выходом на маршрут проходят быстрый и точный медицинский осмотр с использованием обновлённых и автоматизированных медицинских устройств. Это делает процесс не только более надёжным, прозрачным и удобным, но и значительно снижает влияние человеческого фактора, исключая возможность субъективной оценки и потенциальных ошибок со стороны медицинского персонала.

🌐Внедрение новой системы позволяет существенно сократить время прохождения медосмотра. Вся информация автоматически фиксируется в единой интеллектуальной системе, что обеспечивает полный контроль, возможность последующего анализа и принятия своевременных решений в случае выявления отклонений.

📇Реализуемый АО "Тошшахартрансхизмат" проект направлен на усиление контроля за состоянием здоровья водителей, минимизацию рисков, связанных с человеческим фактором, повышение безопасности пассажиров и эффективное применение современных информационных технологий в сфере пассажирских перевозок.

✍️Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

🌐
Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | Web-site
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent avtobuslari har kuni 1 million 400 mingdan ortiq yo‘lovchi tashiyotganini bilasizmi?

Bu shunchaki raqamlar emas - bu biz, shahar aholisi, har kuni jamoat transportidan foydalanadigan va uning sifatiga ta’sir ko‘rsatadigan yo‘lovchilarimiz.

Avtobuslarda tozalikka rioya qilsak, bir-birimizga hurmat bilan munosabatda bo‘lsak va yo‘l haqini o‘z vaqtida to‘lasak, safar har birimiz uchun yanada qulay bo‘ladi.

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi sizni yo‘l haqini o‘z vaqtida to‘lashga chorlaydi. Har bir to‘langan yo‘l haqi – transport tizimini yaxshilashga qo‘yilgan sarmoya!

Знаете ли вы, что автобусы Ташкента ежедневно перевозят более 1 миллиона 400 тысяч пассажиров?

Это не просто цифры — это мы с вами, жители города, ежедневно пользующиеся общественным транспортом и влияющие на его качество.

Если мы будем соблюдать чистоту в автобусах, уважительно относиться друг к другу и вовремя оплачивать проезд, поездка станет еще удобнее для каждого из нас.

Министерство транспорта Республики Узбекистан призывает вас своевременно оплачивать проезд. Каждая оплата проезда - это вклад в улучшение транспортной системы!
Forwarded from АТТО
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Jamoat transportida arzon va qulay yurish yo‘llarini sizlarga tushuntirib beramiz! Videolavhani ko‘ring.

Transport kartalari va tarif rejalari haqida batafsil ma’lumotni veb-saytimizdan topishingiz mumkin. Havola sahifa tavsifida berilgan.

___

Рассказываем, как передвигаться на общественном транспорте выгодно! Смотрите видеоролик.

Подробнее о транспортных картах и тарифных планах — на сайте. Ссылка в описании страницы.
Teatr — ma’naviyatni yuksaltiruvchi va ibrat makonidir

🎭 Joriy yilning 30-may kuni “Toshshahartransxizmat” AJ xodimlari O‘zbekiston Milliy akademik drama teatriga tashrif buyurib, taniqli sahna asari — “Andishali kelin” spektaklini tomosha qilishdi.

⚜️Mazkur spektakl davomida kelin va qaynona o‘rtasidagi murakkab, biroq hayotiy munosabatlar, oilaviy muammolarni sabr-toqat bilan yengib o‘tish zarurligi, shuningdek, oilaning poklik va muqaddaslik timsoli ekani o‘ziga xos dramatik yo‘sinda sahnalashtirildi.

🎭 Spektakl tomoshabinlarga nafaqat estetik zavq ulashdi, balki o‘zining chuqur ijtimoiy-ma’naviy mazmuni bilan hayotiy haqiqatlar haqida o‘ylantirdi, sabr, bardosh va oilaviy totuvlik kabi muhim insoniy fazilatlarning ahamiyatini yana bir bor eslatdi. Aynan shu jihatlari bilan ushbu spektakl “Toshshahartransxizmat”AJ jamoasi uchun muhim va esda qolarli madaniy hordiq bo‘ldi.

📇 Ma’lumot o‘rnida aytish lozimki, bu kabi madaniy-ma’naviy tadbirlar “Toshshahartransxizmat” AJ tomonidan xodimlarning ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini kengaytirish, ularning madaniy hayotdagi ishtirokini oshirish maqsadida yil davomida muntazam ravishda tashkil etib boriladi. Bu esa, o‘z navbatida, jamoada sog‘lom ijtimoiy muhitni shakllantirishga xizmat qiladi.

✍️Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

🌐
Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | Web-site
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Futbol

🤾 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi PF–6099-sonli "Sog‘lom turmush tarzini hayotga keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish to‘g‘risida"gi hamda,  2019-yil 4-dekabrdagi PF–5887-sonli "O‘zbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmonlari ijrosini ta'minlash maqsadida  "Toshshahartransxizmat" AJ  tasarrufidagi "2-Avtobus saroyi" filialida keng ko‘lamli sport tadbiri tashkil etildi.

⚽️ Tadbirdan ko’zlangan asosiy maqsad, haydovchi va ishchi-xodimlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish,  ularni sportga jalb etish, yoshlarni sport musobaqalariga keng jalb qilishdan iboratdir.

🏆 Musobaqa doirasida futbol sport turi bo‘yicha "Kasaba uyushmasi kubogi" uchun qizg‘in bahslar olib borildi. Unda filialda faoliyat yuritayotgan haydovchi va ishchi-xodimlar faol ishtirok etishib maxsus sovg‘alarga ega bo‘lishdi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⭕️⭕️⭕️⭕️

🔺 Telegram  ijtimoiy tarmog'idagi "5-avtobus saroyi" tasarrufida bo'lgan 50-sonli  avtobusning sanitar holati talab darajasida emasligi aks etgan post yuzasidan RASMIY MUNOSABAT!

✍️Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

🌐
Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | Web-site
Qurbon hayiti munosabati bilan Toshkentda jamoat transporti soat 03:00 dan harakatni boshlaydi

Hurmatli poytaxt aholisi va mehmonlari!

2025-yil 6-iyun, juma kuni Qurbon hayiti munosabati bilan fuqarolarga yanada qulaylik yaratish maqsadida Toshkent shahridagi avtobus yo‘nalishlari va metropoliten:

soat 03:00 dan o‘z harakatini boshlaydi.

Ushbu qaror jamoat transporti orqali hayit namozida ishtirok etishni rejalashtirayotgan fuqarolar uchun qulaylik yaratish maqsadida qabul qilindi.

Hurmat bilan,
Toshkent shahar transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi

В честь Курбан хайита общественный транспорт Ташкента начнёт работу с 03:00 утра

Уважаемые жители и гости столицы!

В пятницу, 6 июня 2025 года, в связи с празднованием Курбан хайита, для удобства граждан автобусные маршруты и Ташкентский метрополитен начнут работу:

с 03:00 утра.

Это решение принято для создания удобств для тех, кто планирует принять участие в праздничной молитве с использованием общественного транспорта.

С уважением,
Главное управление транспорта и развития дорожно-транспортной
инфраструктуры города Ташкента
#RASMIY_MUNOSABAT

Facebook ijtimoiy tarmogʻida 58-sonli avtobus yoʻnalishining oraliq interval vaqti 40 daqiqani tashkil etgani haqidagi post joylashtirildi
.

🔹Mazkur holat yuzasidan “Toshshahartransxizmat” AJ quyidagilarni maʼlum qiladi:

Hozirgi kunda, 58-sonli "Doʻstlik 2-mavzesi - Ekskavator zavodi" avtobus yoʻnalishida 14 ta oʻta katta sigʻimli King Long rusumli avtobuslar harakatlanmoqda va avtobuslarning oraliq vaqti 11 daqiqani tashkil etadi.
Avtobuslar harakatlanuvchi koʻcha-yoʻl tarmoqlarida uzoq muddatli tirbandliklar yuzaga kelgan hollarda yoki koʻcha yoʻl tarmoqlarida olib boriladigan ta'mirlash yoki qazishma ishlari sababli, avtotransport vositalarining harakati vaqtincha cheklangan holatlarda avtobuslar bir manzildan harakatlanib oʻtishi uchun belgilangandan koʻp vaqt sarflashiga va buning natijasida avtobuslarning oraliq vaqti uzayib ketishi holatlari yuzaga kelishi mumkin. Bugungi kunda 58-sonli avtobus yoʻnalishi belgilangan vaqt boʻyicha harakatini davom ettirmoqda.
Forwarded from АТТО
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Siz qaysi turdagi transport kartasidan foydalanasiz? ATTO sizga 4 xil turdagi kartani taklif etadi: klassik va imtiyozli turlar.

Tarif rejalari orqali ATTO foydalanuvchilari jamoat transportida yoʻl haqi uchun 50% gacha tejashlari mumkin.

___

А какую транспортную карту используете вы? ATTO предлагает на выбор 4 вида карт: классическую и льготные.

При приобретении тарифных планов, пользователи ATTO экономят до 50% на поездках в общественном транспорте.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy_munosabat

🔺 Telegram  ijtimoiy tarmog'idagi  "2-avtobus saroyi" tasarrufida bo'lgan 24-sonli  avtobus haydovchisi va yo'lovchi o'rtasidagi tortishuv yuzasidan RASMIY MUNOSABAT!

✍️Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

🌐
Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | Web-site
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qurbon hayiti munosabati bilan Toshkentda jamoat transporti soat 03:00 dan harakatni boshlaydi

Hurmatli poytaxt aholisi va mehmonlari!

2025-yil 6-iyun, juma kuni Qurbon hayiti munosabati bilan fuqarolarga yanada qulaylik yaratish maqsadida Toshkent shahridagi avtobus yo‘nalishlari va metropoliten:

soat 03:00 dan o‘z harakatini boshlaydi.

Ushbu qaror jamoat transporti orqali hayit namozida ishtirok etishni rejalashtirayotgan fuqarolar uchun qulaylik yaratish maqsadida qabul qilindi.

В честь Курбан хайита общественный транспорт Ташкента начнёт работу с 03:00 утра

Уважаемые жители и гости столицы!

В пятницу, 6 июня 2025 года, в связи с празднованием Курбан хайита, для удобства граждан автобусные маршруты и Ташкентский метрополитен начнут работу:

с 03:00 утра.

Это решение принято для создания удобств для тех, кто планирует принять участие в праздничной молитве с использованием общественного транспорта.
⚡️⚡️DIQQAT E'LON !⚡️⚡️

🚌 Yo'lovchilar diqqatiga!

🌙 Respublikamizda Qurbon Hayiti bayrami nishonlanishi munosabati bilan, 2025-yil 6-8-iyun kunlari avtobus yo‘nalishlarida quyidagi jadvallar asosida ish tashkil etilishi belgilangan:

6-iyun (juma) - Yakshanba kungi jadval asosida. Yo’nalishlar ishi soat 3:00 dan tashkil etiladi;

7-iyun (shanba) - Yakshanba kungi jadval asosida;

8-iyun (yakshanba) - Yakshanba kungi jadval asosida.


Hurmatli hamshaharlar!

Qurbon Hayiti namoziga tashrif buyurishda avtobuslardan foydalanishingizni tavsiya qilamiz.

Barchangizga kirib kelayotgan Qurbon Hayiti muborak bo‘lsin !

✍️“Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | Web-site
2025/07/01 06:19:31
Back to Top
HTML Embed Code: