Telegram Web Link
🌐 “Toshkent metropoliteni” DUK elektronika va monitor, plata hamda elektr qurilmalarini payvandlash va montaj ishlarini amalga oshirish bo‘yicha mutaxassis “Muhandis elektronchi” lavozimiga ishga taklif etadi

💠Ishga joylashish istagidagi nomzodlardan quyidagilar talab etiladi:

🔹 Ma’lumoti-texnika yo‘nalishida oliy;
🔹 Kompyuter orqali elektr-qurilmalarini dasturlab va ularni ishlash faoliyatini tekshirish, sozlash, ta’mirlash, xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ish tajribaga ega bo‘lishi shart.

📞Murojaat uchun:
+998712452932

📎Ma'lumot o'rnida, ko‘rsatib o‘tilgan telefon raqamlarga siz dushanbadan juma kuniga qadar ertalabki soat 08:00 dan kechki soat 17:00 gacha qo'ng'iroq qilishingiz mumkin.

@TSTU_NEWS
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎉 Talabalar va bitiruvchilar uchun — “KARYERA KUNI”!

Toshkent shahar hokimligi, Toshkent shahar oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar bosh boshqarmasi, Toshkent shahar bandlik va kambag'allikni qisqartirirsh boshqarmasi hamda Toshkent davlat transport universiteti hamkorligida navbatdagi mehnat yarmarkasi tashkil etilmoqda.

🌟 Yarmarkada yurtimizning yirik davlat va nodavlat korxonalari, kompaniyalari, xalqaro tashkilotlar hamda ish beruvchilar siz bilan bevosita muloqotda bo‘lib, o‘z jamoasiga yosh, iqtidorli va tashabbuskor kadrlarni izlaydi.

Tadbir doirasida sizni quyidagilar kutmoqda:
🔹 Ish beruvchilar bilan bevosita muloqot;
🔹 Bo'sh ish o'rinlari taqdimoti;
🔹 Amaliyot imkoniyatlari;
🔹 Huquqiy treninglar;
🔹 Davlat xizmatiga kirish bo‘yicha ko‘nikmalar.

📅 Sana: 23-iyun, 2025-yil
Boshlanish vaqti: 09:00
📍 Manzil: Toshkent davlat transport universiteti

🚀 O‘z karyerangizni aynan shu yerda boshlang!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025–2026 o‘quv yili uchun “Maqsud Shayxzoda” nomidagi maxsus stipendiya g‘oliblari

Stipendiyani qo‘lga kiritgan barcha talabalarni samimiy tabriklaymiz va yangi muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent davlat transport universitetida Transport vaziri Ilhom Mahkamov yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazadi.

Barchani uchrashuvga taklif etamiz.
TSTU.UZ | NEWS
⚡️Bugun qabulning so‘nggi kuni

Davlat oliy va professional ta’lim muassasalariga (kasb-hunar maktabi bundan mustasno) qabul qilish bo‘yicha imtihonlar “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiq bir vaqtda o‘tkazilishi belgilangan.

📝 Bunda abituriyentlar o‘z tanloviga ko‘ra test sinovi natijasida to‘plagan balidan kelib chiqib, dastlab oliy ta’limning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga, so‘ng professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tanlovda ishtirok etadi.

🗓 Oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha kirish imtihonlari iyul-avgust oylarida o‘tkaziladi.

Davlat oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga qabul jarayoni quyidagi 2 bosqichda amalga oshiriladi:

1️⃣-bosqichda abituriyentlar har yili 5-iyundan 25-iyunga qadar (25-iyun kuni ham) test sinovi topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tadi hamda test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, ta’lim tili va test topshirish hududini hamda kirish imtihonlari tarkibida kasbiy (ijodiy) imtihon bo‘lsa, ushbu imtihonni topshiradigan davlat OTMni tanlaydi.

2️⃣-bosqichda abituriyentlar test sinovlari to‘liq yakunlanganidan so‘ng 15 kun davomida oliy ta’lim muassasasi, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlaydilar. Oliy ta’lim muassasasi, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlamagan abituriyentlar yakuniy tanlovga qo‘yilmaydi.

🖥 Professional ta’lim muassasalarida o‘qish istagini bildirgan abituriyentlar professional ta'lim muassasasini, kasb va mutaxassislikni hamda ta’lim shaklini OTMlariga qabulning yakuniy natijasi e’lon qilinganidan so‘ng 10 kun muddatda tanlaydi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/07/06 12:58:55
Back to Top
HTML Embed Code: