3-qadam: Tizimga kirilgach, Ta’lim granti uchun ariza yuborish menyusi tanlanadi.
4-qadam: Ushbu menyu oynasining yuqori qismida ballarga o‘tkazilgan GPA ko‘rsatkichi, Ijtimoiy faollik ko‘rsatkichi hamda umumiy ball ko‘rsatilgan.
GPA ko‘rsatkichi avtomatik tarzda Hemis tizimidan olinadi hamda 16ga ko‘paytirilgan holda tizimda aks ettiriladi.
Ijtimoiy faollik ko‘rsatkichiga talaba ma’lumotlar yuklashi talab etiladi (quyida batafsil ko‘rsatilgan).
Eslatma: Talaba grant tanlovida ishtirok etishi uchun GPA ko‘rsatkichi kamida 3,5 bo‘lishi kerak.
5-qadam: Ijtimoiy faollik ko‘rsatkichi 11ta mezon bo‘yicha baholanadi (https://lex.uz/uz/docs/-7429154). Talaba 2, 5, 8, 9, 10, 11-mezonlar bo‘yicha o‘quv yilidagi faolligiga oid ma’lumotlarni yukladi. Ma’lumotlar faqatgina belgilangan shaklda (https://www.tg-me.com/tstu_ijtimoiy_faollik_indeksi) pdf formatida yuklanishi kerak.
Fayllar yuklangach, ushbu mezonlar dekan o‘rinbosari tomonidan baholanadi.
2, 5, 8, 9, 10, 11-mezonlar bo‘yicha tegishli ma’lumotlar yuklanmasa, ushbu bandlar baholanmaydi.
6-qadam: 3, 4, 6, 7-mezonlar bo‘yicha ballar dekan o‘rinbosari yoki tyutor tomonidan talabaning o‘quv yilidagi faoliyatidan kelib chiqib baholanadi.
7-qadam: Talabaning kitobxonlik madaniyatini aniqlash uchun avvaldan e’lon qilingan (https://www.tg-me.com/tstu_online/31802) adabiyotlar bo‘yicha test o‘tkaziladi. Test 40ta savoldan iborat bo‘ladi hamda 40 daqiqa vaqt ajratiladi. Test barcha talabgorlar uchun bir kunda o‘tkaziladi. Test o‘tkazish muddati qo‘shimcha xabar qilinadi.
1-kurs talabalariga tavsiya: oxirida hujjatlarni yuklayman deb, 20-iyulgacha kutmang. Ijtimoiy faollik ko'rsatkichi bo'yicha hujjatlarni tayyorlashga ham vaqt ketib qoladi.
Bu yil ilk bor foydalanilayotgan yangi tizim natijasini olish arafasida turibmiz. Barcha 1-kurs talabalariga omad tilaymiz!!!!
@tstu_online

Telegram
Ijtimoiy faollik indeksi
Toshkent davlat transport universiteti talabalarining “Ijtimoiy faollik indeksi”ni baholash mexanizmi