Telegram Web Link
Toshkent davlat transport universiteti bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari hamda magistratura mutaxassisliklarida 2025/2026 o‘quv yili uchun qayta taqsimotga ko‘ra ajratiladigan taʼlim grantlari tasdiqlandi

@TSTU_NEWS
👍28🤷‍♂8😭6😎5🤷‍♀4🔥2🥰2😱2🤩1👌1😇1
Xotira muqaddas inson qadri aziz

9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Toshkent davlat transport universiteti jamoasi uzoq yillar ilm-fan sohasida fidokorona mehnat qilgan faxriy ustozlar, nuroniylar holidan xabar olindi.

Ustozlarga ehtirom ko‘rsatish, ularni eslab turish – bu nafaqat hurmat, balki yoshlarga ham ibrat. Bunday uchrashuvlar ustoz-shogird an’analarini yanada mustahkamlaydi.


Universitet rasmiy sahifalari:
TSTU.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | News
👍171🔥1🥰1😍1🤗1
👍16🔥3👻32👌211🎉1🕊1🤓1😘1
❗️ Ayrim oilalarning talaba qizlariga maxsus stipendiya toʻlanadi

🪙 Farmonga ko'ra, 2025-yil 1-iyundan “qizil” toifaga kiritilgan oilalarning “a'lo” baholarga o'qigan talaba qizlariga bazaviy stipendiyaning 2 baravari miqdoridagi maxsus stipendiya to'lanadi.

✔️ 2025-yil 1-sentabrdan umumiy o'rta ta'lim muassasasining uzaytirilgan kun guruhlariga qatnaydigan bolalar umumiy sonining 15 foizi miqdorida kambag'al oilalar farzandlari uchun alohida kvota ajratiladi va ular ota-onalar toʻlovidan ozod etiladi.

📝 2026-yil 1-yanvardan kambag'al oilalarning “a'lo” baholarga oʻqiydigan farzandlarining Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federasiyasi tizimidagi oromgohlarda dam olishi va sogʻlomlashtirilishi xarajatlari toʻliq qoplab beriladi.

🏛 Ijtimoiy himoya milliy agentligi Kambagʻal oilalar reestri va Ijtimoiy himoya yagona reestriga kiritilgan oilalarga ijtimoiy xizmatlar va yordamlar koʻrsatilishini muvofiqlashtiruvchi davlat organi hisoblanadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👌8👍6🔥2🤷‍♀11🥰1🕊1😇1
Prezidentning “El-yurt umidi” stipendiyasi joriy etiladi

“Iqtidorli mutaxassislarning xorijda ta’lim olishini  qo‘llab-quvvatlash, ularda kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish va rag‘batlantirishga oid qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida” gi Prezident Farmoni (PF-77-son, 05.05.2025-y.) qabul qilindi.


🔰 Farmonga ko‘ra, bakalavriat, magistratura va doktorantura dasturlari bo‘yicha ta’lim olish uchun eng munosib nomzodlarni saralash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “El-yurt umidi” stipendiyasi joriy etiladi:

🔹 “El-yurt umidi” stipendiyasi g‘oliblari ochiq tanlov asosida test sinovlari va suhbat o‘tkazish orqali aniqlanadi;

🔸 test sinovlarida nomzodlarning intellektual, tahlil qilish va kreativlik qobiliyatlari, psixologik barqarorligi baholanadi.

✔️Bakalavriat bo‘yicha hamda magistratura va doktorantura bo‘yicha xalqaro reyting tashkilotlarining global reytingi natijalariga ko‘ra:

🔸birinchi 100 talikka kiritilgan xorijiy oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari ta’lim dasturlari bo‘yicha o‘qish xarajatlari (tuition fee) to‘liq qoplanadigan grant asosida qabul qilingan nomzodlarga “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiyalari tanlovlarsiz ajratiladi;

🔸birinchi 300 talikka kiritilgan xorijiy oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalariga qabul qilingan nomzodlarga xalqaro transport va turarjoy xarajatlari uchun “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiyalari tanlovlarsiz ajratiladi;

🔹 birinchi 20 talikka kiritilgan xorijiy oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim dasturlari bo‘yicha o‘qish xarajatlari (tuition fee) kamida 50 foiz qoplanadigan grant asosida qabul qilingan Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablari bitiruvchilariga “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiyalari tanlovlarsiz ajratiladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍82👌1😘1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️1 oyda kompyuter savodxonligini mukammal o'rgatamiz!

Toshkent-offline kurs:
1. Ofis dasturlari
2. Sun'iy intellektlardan samarali foydalanish;
3. Internet va brauzerlar;
4. Vaqtingizni tejovchi foydali saytlar;
5. Telegram va uning boshqa imkoniyatlari;
6. Kompyuterga xizmat ko'rsatish;
7. Kuchli o'quv metodikasi;
8. Kuchli intizom;
9. Zamonaviy jihozlangan xonalar, bepul Coworking va Wi-Fi.

🎁BONUS: Ofis yordamchisi yopiq telegram kanaliga kirish imkoniyati!

✔️Ochiq darsga qatnashish uchun hoziroq ro'yxatdan o'ting!

☎️ 77-123-33-00

Ro'yxatdan o'tish

Telegram | Instagram | Sayt | YouTube | Manzil
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍101👏1👌1😎1
Yangilangan iqtisodiy klass tarif tarmog‘i — ichki reyslarda yo‘lovchilar uchun yanada ko‘proq qulay va arzon parvozlar!

O‘zbekiston Respublikasi aholisi uchun aviaparvozlar imkoniyatini oshirish maqsadida, Uzbekistan Airways iqtisodiy klass tariflar tizimini to‘liq yangiladi.

Endilikda 10 ta avvalgi tarif darajasi o‘rniga soddalashtirilgan 4 ta tarif tizimi joriy etildi. Maksimal tariflar pasaytirildi, bu esa quyidagi afzalliklarni beradi:

• Tarif narxlarini tanlash tushunarliroq va shaffofroq bo‘ladi
• Minimal tariflar bo‘yicha mavjud joylar soni oshiriladi
• Ko‘proq yo‘lovchilar arzon aviachiptalardan foydalanish imkoniga ega bo‘ladi


* Har bir tarifda ikki xil variant mavjud:


qaytarilishi mumkin bo‘lgan (bagaj bilan) va qaytarilmaydigan (bagajsiz) chiptalar.


Eng past chipta narxi o‘zgarishsiz qolgan, tariflar oralig‘i esa qulaylik, moslashuvchanlik va narx o‘rtasidagi balansni ta’minlash uchun optimallashtirilgan. Maksimal tariflarning pasaytirilishi esa aholining mobilligini oshirishga xizmat qiladi.

Yangi tarif tarmog‘i quyidagi yo‘nalishlarga nisbatan amal qiladi:

• Toshkent – Samarqand: 249 000 so‘mdan
• Toshkent – Namangan: 249 000 so‘mdan
• Toshkent – Farg‘ona: 249 000 so‘mdan
• Toshkent – Qarshi: 278 000 so‘mdan
• Toshkent – Termiz: 424 000 so‘mdan
• Toshkent – Buxoro: 293 000 so‘mdan
• Toshkent – Urganch: 512 000 so‘mdan
• Toshkent – Nukus: 512 000 so‘mdan
• Buxoro – Urganch: 336 000 so‘mdan


@TSTU_NEWS
👍41🔥1👌1
1-iyundan chiziq bosgan haydovchilarga fotoradarlar orqali jarima qo‘llanmaydigan bo‘ldi

Prezidentimiz topshirig‘iga asosan aholi­ning taklif va istaklarini inobatga olgan holda, avtomobil yo‘llarida harakatlanish tartibini yanada takomillashtirish, haydovchilarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish hamda ularni qiynab kelayotgan muammolarni bartaraf etishga qaratilgan Hukumat qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, joriy yil 1-iyundan boshlab yo‘l chiziqlarini bosib qoida­buzarlik sodir etish holatlarini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari orqali qayd etishga yo‘l qo‘yilmaydi. To‘xtash chizig‘i – “stop-liniya” (5.33 yo‘l belgisi) bundan mustasno.

Ya’ni, haydovchi chiziqni bosib olsa, bu qoida­buzarlik fotoradar yoki videokamera orqali qayd etilmaydi, demak, avtomatik ravishda jarima yozilmaydi. Lekin, YPX xodimi tomonidan aniqlanganda, qoida­buzarlik o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtiriladi.

@TSTU_NEWS
👍18🔥3🥰2🤩2👏1👌1🏆1
2025/07/12 11:14:11
Back to Top
HTML Embed Code: