Telegram Web Link
🇹🇷 Turkiyaning nufuzli Anadolu universitetida taʼlim olish imkoniyati!

🎓 Dunyoda uchinchi va Turkiyada birinchi oʻrindagi Masofaviy taʼlim sifati va tajribasi boʻyicha 4 mln talabaga ega boʻlgan nufuzli Anadolu universiteti xorijiy taʼlim dasturlari asosida talabalarni qabul qilishni boshladi.

🌟 Xalqaro akreditatsiyadan oʻtgan, diplomi butun dunyoda tan olinadigan hamda yillik kontrakti atiga 250 $ boʼlgan bakalavr yoʻnalishida 60 dan ortiq masofaviy taʼlim shakli boʻlib, talabalar yashayotgan joyidan turib universitetda tahsil olib bitirish imkoyati mavjud.

Maʼlumot uchun: Toshkent davlat transport universiteti Xalqaro hamkorlik boshqarmasida Anadolu universitetining maxsus ofisi ochilgan.

📂Qanday qilib talaba bo'la olaman?

🌐 Roʻyxatdan oʻtish

🔍 Murojaat uchun: +998970174332
TSTU.UZ | NEWS
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
SAVOL: Hozirda sirtqi ta’limda tahsil olayotgan talabalar o‘qishini qay tartibda davom ettiradi?

JAVOB: Sirtqi ta’lim shakliga qabul 2025/2026 o‘quv yilidan boshlab to‘xtatilgan bo‘lsa-da, hozirda mazkur shaklda tahsil olayotgan talabalar uchun barcha o‘quv jarayonlari belgilangan tartibda davom ettiriladi. Ya’ni, ular tanlagan yo‘nalishlari bo‘yicha amaldagi davlat ta’lim standartlari, o‘quv rejalari va fan dasturlariga muvofiq o‘qishni yakuniga yetkazish imkoniyatiga egalar.

Oliy ta’lim muassasalari ushbu talabalarga o‘quv mashg‘ulotlarini sifatli tashkil etish, zarur axborot-resurslar va amaliy mashg‘ulotlar bilan ta’minlash bo‘yicha o‘z zimmalaridagi mas’uliyatni to‘liq bajarishi lozim. Bu esa har bir talaba uchun ta’lim sifatini ta’minlash hamda mutaxassis sifatida yetarli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lib bitirishini kafolatlaydi.

@TSTU_NEWS
SAVOL: Ikkinchi mutaxassislik uchun sirtqi ta’lim shakli saqlanib qolinadimi? Yoki unda ham yopildimi?

JAVOB: 2025/2026 o‘quv yilidan boshlab ta’limning sirtqi shakliga qabul to‘liq tugatili ta’limning barcha yo‘nalishlariga, jumladan, ikkinchi mutaxassislikka ham taalluqlidir.

Shu munosabat bilan, ikkinchi mutaxassislik bo‘yicha ham sirtqi ta’lim shaklida yangi qabul amalga oshirilmaydi. Ushbu yo‘nalishda ta’lim olishni istovchilar uchun kunduzgi, masofaviy yoki kechki ta’lim shakllarining mavjud ta’lim yo‘nalishlari tavsiya etiladi.

Shu bilan birga, avvalgi yillarda sirtqi ta’lim shaklida ikkinchi mutaxassislikka qabul qilingan shaxslar tahsilni belgilangan tartibda davom ettiradilar.

@TSTU_NEWS
SAVOL: Hozir 1-bosqichda kunduzgida tahsil olayotgan talaba keyingi o‘quv yilidan o‘qishini sirtqiga ko‘chirsa bo‘ladimi? Yuqori bosqichda o‘qiyotganlarchi?

JAVOB: Talabalarning arizalariga asosan ularning o‘qishini sirtqi ta’lim shakli mavjud guruhlarga belgilangan tartibda ko‘chirish imkoniyati mavjud. Bunda talabalardan belgilangan muddat va tartibda o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tishlari talab etiladi.

@TSTU_NEWS
TSTU.UZ | NEWS
Test uchun to‘lovni qachongacha qilish kerak?
#abituriyent 

JAVOB: Joriy yil bitirganlar uchun testga kirish tekin, avvalgi yillarda bitirganlar 187 ming 500 so‘m (yarim “minimalka”) to‘lashi kerak.

To‘lovni amalga oshirmasa nima bo’ladi?

❗️To‘lovni amalga oshirmagan abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tmagan deb hisoblanadi va test sinovlariga qo‘yilmaydi.

Bo’lib-bo’lib to’lasa ham bo’ladimi?

Ha, ushbu to‘lovni bo‘lib-bo‘lib amalga oshirsa ham bo‘ladi, faqat 25-iyunga qadar (o‘sha kuni ham) mazkur summa to‘liq to‘lanishi shart. Ya'ni qachon ro'yxatdan o'tganingizning farqi yo'q, asosiysi to'lovni 25-iyun soat 23:59 gacha to'lash shart.

Kimlar to‘lovdan ozod qilingan:

— taʼlim muassasasini joriy yilda tugatganlar;
— Mehribonlik uyi va Bolalar shaharchalari bitiruvchilari;
— to‘liq davlat taʼminotidagi shaxslar;
— nogironligi bor shaxslar;
— ijtimoiy himoya yagona reyestriga kiritilgan shaxslar va ularning farzandlari;
— “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar.

@TSTU_NEWS
🌐 “Toshkent metropoliteni” DUK elektronika va monitor, plata hamda elektr qurilmalarini payvandlash va montaj ishlarini amalga oshirish bo‘yicha mutaxassis “Muhandis elektronchi” lavozimiga ishga taklif etadi

💠Ishga joylashish istagidagi nomzodlardan quyidagilar talab etiladi:

🔹 Ma’lumoti-texnika yo‘nalishida oliy;
🔹 Kompyuter orqali elektr-qurilmalarini dasturlab va ularni ishlash faoliyatini tekshirish, sozlash, ta’mirlash, xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ish tajribaga ega bo‘lishi shart.

📞Murojaat uchun:
+998712452932

📎Ma'lumot o'rnida, ko‘rsatib o‘tilgan telefon raqamlarga siz dushanbadan juma kuniga qadar ertalabki soat 08:00 dan kechki soat 17:00 gacha qo'ng'iroq qilishingiz mumkin.

@TSTU_NEWS
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎉 Talabalar va bitiruvchilar uchun — “KARYERA KUNI”!

Toshkent shahar hokimligi, Toshkent shahar oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar bosh boshqarmasi, Toshkent shahar bandlik va kambag'allikni qisqartirirsh boshqarmasi hamda Toshkent davlat transport universiteti hamkorligida navbatdagi mehnat yarmarkasi tashkil etilmoqda.

🌟 Yarmarkada yurtimizning yirik davlat va nodavlat korxonalari, kompaniyalari, xalqaro tashkilotlar hamda ish beruvchilar siz bilan bevosita muloqotda bo‘lib, o‘z jamoasiga yosh, iqtidorli va tashabbuskor kadrlarni izlaydi.

Tadbir doirasida sizni quyidagilar kutmoqda:
🔹 Ish beruvchilar bilan bevosita muloqot;
🔹 Bo'sh ish o'rinlari taqdimoti;
🔹 Amaliyot imkoniyatlari;
🔹 Huquqiy treninglar;
🔹 Davlat xizmatiga kirish bo‘yicha ko‘nikmalar.

📅 Sana: 23-iyun, 2025-yil
Boshlanish vaqti: 09:00
📍 Manzil: Toshkent davlat transport universiteti

🚀 O‘z karyerangizni aynan shu yerda boshlang!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025–2026 o‘quv yili uchun “Maqsud Shayxzoda” nomidagi maxsus stipendiya g‘oliblari

Stipendiyani qo‘lga kiritgan barcha talabalarni samimiy tabriklaymiz va yangi muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent davlat transport universitetida Transport vaziri Ilhom Mahkamov yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazadi.

Barchani uchrashuvga taklif etamiz.
TSTU.UZ | NEWS
⚡️Bugun qabulning so‘nggi kuni

Davlat oliy va professional ta’lim muassasalariga (kasb-hunar maktabi bundan mustasno) qabul qilish bo‘yicha imtihonlar “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiq bir vaqtda o‘tkazilishi belgilangan.

📝 Bunda abituriyentlar o‘z tanloviga ko‘ra test sinovi natijasida to‘plagan balidan kelib chiqib, dastlab oliy ta’limning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga, so‘ng professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tanlovda ishtirok etadi.

🗓 Oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha kirish imtihonlari iyul-avgust oylarida o‘tkaziladi.

Davlat oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga qabul jarayoni quyidagi 2 bosqichda amalga oshiriladi:

1️⃣-bosqichda abituriyentlar har yili 5-iyundan 25-iyunga qadar (25-iyun kuni ham) test sinovi topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tadi hamda test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, ta’lim tili va test topshirish hududini hamda kirish imtihonlari tarkibida kasbiy (ijodiy) imtihon bo‘lsa, ushbu imtihonni topshiradigan davlat OTMni tanlaydi.

2️⃣-bosqichda abituriyentlar test sinovlari to‘liq yakunlanganidan so‘ng 15 kun davomida oliy ta’lim muassasasi, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlaydilar. Oliy ta’lim muassasasi, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlamagan abituriyentlar yakuniy tanlovga qo‘yilmaydi.

🖥 Professional ta’lim muassasalarida o‘qish istagini bildirgan abituriyentlar professional ta'lim muassasasini, kasb va mutaxassislikni hamda ta’lim shaklini OTMlariga qabulning yakuniy natijasi e’lon qilinganidan so‘ng 10 kun muddatda tanlaydi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/06/30 06:35:16
Back to Top
HTML Embed Code: