Telegram Web Link
Forwarded from TDTrU_online
#Matbuot_kuni
#tabrik

27-iyun - Matbuot va ommaviy axborot vositalari kuni bilan ommaviy axborot vositalari xodimlarini universiteti jamoasi nomidan muborakbod etamiz!

Universitetimiz matbuot xizmati yakunlanayotgan o’quv yilida faol ijod qildilar. Kreativlik bilan yondoshilgan ijod namunalarini ham ko’p guvohi bo‘ldik. Shu sohaning haqiqiy fidoyi insonlaridan iborat, ajoyib jamoa jamlangan.

Matbuot kotibi Muhammadjonova Shohsanam, content menejer Xolmatov Javohirbek va dizayner grafist Abdubositov Abdullohni kasb bayramlari bilan muborakbod etamiz.
Masʼuliyatli va sharafli faoliyatingizda yutuq va omadlar yor bo‘lsin!

@tstu_online
👍159🤣8🥰31👌1😇1🤗1
#grant
#1kurs

Ta’lim grantini qayta taqsimlash
SXEMASI


@tstu_online
👍51🔥1👏1
#grant
#1kurs

Grant tanlovida ishtirok etish uchun
ariza berish yo‘riqnomasi


1-qadam: tstu.uz saytiga kirib, Axborot xismati menyusidan Login bo‘limi tanlanadi.

2-qadam:
a) OneID tizimi orqali tizimga kiriladi
b) login va parol bilan tizimga kiriladi. Bunda login va parolni olish uchun mas’ullar bilan bog‘lanish mumkin (https://www.tg-me.com/tstu_online/31822).

@tstu_online
3👻2👍1
3-qadam: Tizimga kirilgach, Ta’lim granti uchun ariza yuborish menyusi tanlanadi.

4-qadam: Ushbu menyu oynasining yuqori qismida ballarga o‘tkazilgan GPA ko‘rsatkichi, Ijtimoiy faollik ko‘rsatkichi hamda umumiy ball ko‘rsatilgan.
GPA ko‘rsatkichi avtomatik tarzda Hemis tizimidan olinadi hamda 16ga ko‘paytirilgan holda tizimda aks ettiriladi.
Ijtimoiy faollik ko‘rsatkichiga talaba ma’lumotlar yuklashi talab etiladi (quyida batafsil ko‘rsatilgan).

Eslatma: Talaba grant tanlovida ishtirok etishi uchun GPA ko‘rsatkichi kamida 3,5 bo‘lishi kerak.

5-qadam: Ijtimoiy faollik ko‘rsatkichi 11ta mezon bo‘yicha baholanadi (https://lex.uz/uz/docs/-7429154). Talaba 2, 5, 8, 9, 10, 11-mezonlar bo‘yicha o‘quv yilidagi faolligiga oid ma’lumotlarni yukladi. Ma’lumotlar faqatgina belgilangan shaklda (https://www.tg-me.com/tstu_ijtimoiy_faollik_indeksi) pdf formatida yuklanishi kerak.
Fayllar yuklangach, ushbu mezonlar dekan o‘rinbosari tomonidan baholanadi.
2, 5, 8, 9, 10, 11-mezonlar bo‘yicha tegishli ma’lumotlar yuklanmasa, ushbu bandlar baholanmaydi.


6-qadam: 3, 4, 6, 7-mezonlar bo‘yicha ballar dekan o‘rinbosari yoki tyutor tomonidan talabaning o‘quv yilidagi faoliyatidan kelib chiqib baholanadi.

7-qadam: Talabaning kitobxonlik madaniyatini aniqlash uchun avvaldan e’lon qilingan (https://www.tg-me.com/tstu_online/31802) adabiyotlar bo‘yicha test o‘tkaziladi. Test 40ta savoldan iborat bo‘ladi hamda 40 daqiqa vaqt ajratiladi. Test barcha talabgorlar uchun bir kunda o‘tkaziladi. Test o‘tkazish muddati qo‘shimcha xabar qilinadi.

1-kurs talabalariga tavsiya: oxirida hujjatlarni yuklayman deb, 20-iyulgacha kutmang. Ijtimoiy faollik ko'rsatkichi bo'yicha hujjatlarni tayyorlashga ham vaqt ketib qoladi.

Bu yil ilk bor foydalanilayotgan yangi tizim natijasini olish arafasida turibmiz. Barcha 1-kurs talabalariga omad tilaymiz!!!!

@tstu_online
6
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ Transport universitetining 1-bosqich bitiruvchi talabalariga va boshqalarga Rossiyada xarajatlari toʻliq qoplanadigan grant eʼlon qiladi.

Batafsil #videolavhada
7🔥1🥰1👏1😱1😇1🤗1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent metropoliteni vagonlari yangicha koʻrinishda

@TSTU_NEWS
46👍16🔥64😍3🤣3😇21🥰1👏1🤩1
Ichki reyslarga ro‘yxatdan o‘tish yanada osonlashdi

Vazirlar Mahkamasi qaroriga ko‘ra, 1-iyuldan yo‘lovchilar mahalliy yo‘nalishlardagi parvozlarga shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarning elektron variantidan foydalangan holda ro‘yxatdan o‘tishi mumkin bo‘ladi.

Bu tartib qanday ishlaydi?

Aeroportda ro‘yxatdan o‘tishdan oldin yo‘lovchi my.gov.uz sayti/mobil ilovasi yoki “Ijtimoiy karta” mobil ilovasidagi shaxsiy kabinetiga kirib, shaxsiy ma’lumotlar sahifasiga o‘tadi va elektron shaklda shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarni ro‘yxatdan o‘tish joyidagi xodimga ko‘rsatadi.

Shuni ta’kidlash lozimki, faqat my.gov.uz sayti/mobil ilovasi yoki “Ijtimoiy karta” mobil ilovasidagi joriy ma’lumotlar shaxsni tasdiqlovchi hujjat sifatida qabul qilinadi, shuning uchun ro‘yxatdan o‘tish paytida shu kabi hujjatlarning nusxalari, fotosuratlari, pasport/IDning skanerlangan variantlari yoki shaxsiy ma’lumotlar bo‘lgan veb-sayt sahifasining "skrinshot"lari qabul qilinmaydi.

@TSTU_NEWS
2👍1🤩1👌1
Bitiruvchilar “O‘zsuvta’minot” AJ tizimida ish boshlaydi

Toshkent davlat transport universiteti va “O‘zsuvta’minot” AJ o‘rtasidagi amaliy hamkorlik doirasida bitiruvchi talaba va magistrlar o‘z bitiruv malakaviy ishlari hamda dissertatsiyalarini jamiyat binosida muvaffaqiyatli himoya qildilar.

Bugun ushbu jarayon yakunlanib, 31 nafar bitiruvchi “O‘zsuvta’minot” AJ tizimidagi hududiy korxonalarga ishga yo‘llanma oldi.

🔹 14 nafar talaba “Kommunal infratuzilma va uy-joy kommunal xo‘jaligi” yo‘nalishini tamomlab, ulardan 12 nafari ishga tavsiya etildi.
🔹 “Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi va montaji” yo‘nalishining 25 nafar bitiruvchisidan 19 nafari ish bilan ta’minlanadi.

Bitiruvchilar quyidagi hududiy korxonalarda faoliyat boshlaydi:
– Toshkent shahar: 12 nafar
– Qoraqalpog‘iston: 5 nafar
– Toshkent viloyati: 5 nafar
– Farg‘ona: 3 nafar
– Buxoro: 2 nafar
– Qashqadaryo, Surxondaryo, Xorazm, Samarqand: har biridan 1 nafardan


Hamkorlik doirasidagi bunday natijalar bitiruvchilarning real ish bozoriga tayyor ekanini yana bir bor tasdiqlaydi.

@TSTU_NEWS
10🔥3👏3😍2😭1😎1
⚡️Abituriyentlarga ruxsatnomalarni berish boshlandi

2025-2026-o‘quv yili
da oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga “Abituriyent ruxsatnomasi”ni berish boshlandi.

👨🏻‍💻 Abituriyentlar test sinovlarida ishtirok etish uchun “Abituriyent ruxsatnomasi”ni my.uzbmb.uz saytiga shaxsiy identifikatsiya raqami hamda pasport seriyasi va raqamini kiritgan holda olishlari mumkin.

📋 Abituriyentlar test sinoviga pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelishlari lozim.

❗️ Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi!

@TSTU_NEWS
2👍1🔥1🥰1👏1
⚡️Abituriyentlar diqqatiga!

❗️ 2025-2026-o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovlari 14-iyuldan 23-iyulga (10 kun) qadar bo‘lib o‘tadi.

📌 Test sinovlari kuniga 2 smenada tashkil etiladi. 1-smena soat 08:00 da, 2-smena 15:00 da boshlanadi. Abituriyentlardan test sinovlari boshlanishidan kamida bir yarim soat oldin belgilangan hududga yetib kelishlari talab etiladi.

Test sinovlarida ishtirok etish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga “Abituriyent ruxsatnomasi” my.uzbmb.uz sayti orqali berilmoqda.

⚡️ Abituriyentlardan o‘zlariga tegishli “Abituriyent ruxsatnomasi”ni yuklab olishlarini hamda chop etib qo‘yishlarini so‘raymiz.

❗️Abituriyentlar ruxsatnomada belgilangan manzildagi binoda, ko‘rsatilgan sanada va smenada test sinovlarida ishtirok etadi. Abituriyentlarga boshqa hudud, kun va smenada test sinovlarida ishtirok etishga ruxsat etilmaydi.

📋 Abituriyentlar test sinoviga pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelishlari lozim.

❗️ Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi!

@TSTU_NEWS
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
71🔥1🥰1👏1🤯1
⚡️Magistraturaga 2025/2026 o‘quv yili uchun qabul boshlandi

2025/2026-oʻquv yili uchun davlat OTMlarining magistratura mutaxassisliklariga oʻqishga kirish uchun hujjatlarni topshirish jarayoni my.edu.uz platformasi orqali 30-iyulga qadar (shu kuni ham) davom etadi.

Shu oʻrinda, magistratura mutaxassisliklariga tanlovlarda belgilangan talab darajasidagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega shaxslar ishtirok etishi mumkin.

@TSTU_NEWS
5👏4🔥1🥰1
2025/07/09 18:11:13
Back to Top
HTML Embed Code: