Telegram Web Link
Xitoyning O‘zbekistondagi China Petroleum korporatsiyasi “Asia Trans Gas” sho‘ba qo‘shma korxonasi bilan istiqbolli hamkorlik loyihalari muhokama qilindi

👉 Batafsil

Universitet rasmiy sahifalari:
TSTU.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#bu_qiziq

Yoʻlovchilarni hujjatlarsiz tekshirish imkonini beradigan intellektual tizim

Universitet rasmiy sahifalari:
TSTU.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
2🔥1
#kun_tarixi

1976-yil 20-sentabrda Bryussel metropoliteni ochilgan

20 сентября 1976 года было открыто Брюссельское метро.


🌞Yangi maqsadlar va umidlar bilan boshlangan kun muborak bo‘lsin!

Universitet rasmiy sahifalari:
TSTU.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#oav_biz_haqimizda

Sevimli TV | Toshkent davlat transport universiteti Talabalar shaharchasida Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan hamkorlikda yong‘in xavfsizligi mashg‘uloti tashkil etildi

Universitet rasmiy sahifalari:
TSTU.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Toshkent davlat transport universitetining 42 ta kafedrasi fakultetlar kesimida

Temir yо‘l transporti muhandisligi fakulteti:
Lokomotivlar va lokomotiv xo‘jaligi
Vagonlar va vagon xo‘jaligi
Materialshunoslik va mashinasozlik
Elektr harakat tarkibi
Tabiiy fanlar


Transport tizimlari boshqaruvi fakulteti:
Temir yо‘ldan foydalanish ishlarini boshqarish
Yuk transport tizimlari
Texnosfera xavfsizligi
Transport logistikasi
Transport intellektual tizimlari muhandisligi
Yo‘l harakatini tashkil etish


Qurilish muhandisligi fakulteti:
Bino va sanoat inshootlari qurilishi
Temir yо‘l muhandisligi
Kо‘priklar va tonellar
Muhandislik kommunikatsiyalari va tizimlar
Oliy matematika
Amaliy mexanika


Avtomobil yо‘llari muhandisligi fakulteti:
Avtomobil yо‘llarini qidiruv va loyihalash
Avtomobil yо‘llarini qurish va ekspluatatsiya qilish
Avtomobil yо‘llaridagi sun’iy inshootlar
Shahar yо‘llari va kо‘chalari


Avtomobil transporti muhandisligi fakulteti:

Avtomobil va avtomobil xо‘jaligi
Transport vositalari muhandisligi
Transport energetik qurilmalari
Avtomobilsozlik va ishlab chiqarish muhandisligi
Texnologik mashinalar muhandisligi


Aviatsiya transporti muhandisligi fakulteti:

Aviatsiya injiniringi
Aeronavigatsiya tizimlari


Iqtisodiyot fakulteti:
Transport iqtisodiyot
Korporativ boshqaruv
Hisob va biznes
Transportda axborot tizimlari va texnologiyalari
Ijtimoiy fanlar
Xalqaro ommaviy huquq
Chet tillari
О‘zbek (rus) tili
Jismoniy tarbiya va sport


Elektrotexnika va kompyuter muhandisligi fakulteti:

Avtomatika va telemexanika
Radioelektron qurilmalar va tizimlar
Elektrotexnika
Elektr ta’minoti
Informatika va kompyuter grafikasi


Universitet rasmiy sahifalari:
TSTU.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
4👍2🔥1👏1👌1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Iqtisod fanlari nomzodi, dotsent Fayzixodjayeva Mavluda Lutfullayevnaning 80 yillik yubileyi munosabati bilan tadbir boʻlib oʻtdi

Tadbir davomida Mavluda Lutfullayevnaning ko‘p yillik ilmiy-pedagogik faoliyati, iqtisod fanlari rivojiga qo‘shgan katta hissasi hamda yosh kadrlar tayyorlashdagi xizmatlari yuksak e’tirof etildi.

Uchrashuvda yetakchi olimlar, professor-o‘qituvchilar, shogirdlar va soha vakillari ishtirok etib, ustozga hurmat-ehtirom va samimiy tilaklarini bildirishdi.


Universitet rasmiy sahifalari:
TSTU.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
8👍3🔥1👌1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📚Talabalar o‘rtasida so‘rovnoma

Universitetimizda talabalar orasida kichik so‘rovnoma o‘tkazildi. Savol juda oddiy edi:

👉 “Siz oxirgi marta qanday kitobni o‘qidiz?”

🗄Talabalarimiz turli xil adabiyotlarga qiziqish bildirayotganini ko‘rish juda quvonarli. Kimdir badiiy asar, kimdir ilmiy kitob, boshqalar esa motivatsion asarlardan bahramand bo‘lishmoqda.

Bilim sari yo‘lingiz biz bilan bo‘lsin:
🕊Telegram  📱Instagram
📱Facebook 📺Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#bu_qiziq

Elektromobillarni quvvatlashga sarflanadigan mablag‘ni 75 foizgacha tejash loyihasi

Universitet rasmiy sahifalari:
TSTU.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#kun_tarixi

22-sentabr “Xalqaro avtomobilsiz harakatlanish kuni”

22 сентября «Международный день безавтомобильного движения»


🌞Yangi maqsadlar va umidlar bilan boshlangan kun muborak bo‘lsin!

Universitet rasmiy sahifalari:
TSTU.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Talabalar shaharchasida talabalarga qulay sharoitlar yaratildi

Yangi o‘quv yili oldidan Toshkent davlat transport universiteti Talabalar turar joylarida rekonstruksiya ishlari amalga oshirildi. 2- va 3-TTJlar to‘liq mebellashtirilib, talabalarning qulay yashashi uchun zamonaviy sharoitlar yaratildi. Talabalar o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazilib, ularning fikr-mulohazalari o‘rganildi.


Universitet rasmiy sahifalari:
TSTU.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
4👏4👍3🔥2👌1
Oliy taʼlim talabalari uchun “Korrupsiyaga qarshi kurashish” maxsus o‘quv kursi

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining “Korrupsiyaga qarshi taʼlim va yoshlarning imkoniyatlarini kengaytirish global resursi (GRACE)” dasturi doirasida talaba va oʻquvchilarni oliy va kasbiy taʼlim muassasalarining mavjud oʻquv dasturlari bilan birgalikda oʻqitish maqsadida yangi dastur ishlab chiqildi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va Huquqni muhofaza qilish akademiyasi tomonidan ishlab chiqilgan dasturga quyidagi havola orqali kirishingiz mumkin: virtual.proacademy.uz

Universitet rasmiy sahifalari:
TSTU.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Axborot-resurs markazining zamonaviy Coworking o‘quv zali

📱Axborot-resurs markazining Coworking o‘quv zali talabalarimiz uchun eng qulay va zamonaviy jihozlar bilan ta’minlangan! Ushbu zalda:
🔵Tezkor va qulay kompyuterlar;
🔵Zamonaviy texnik jihozlar;
🔵Talabalarning samarali ta’lim olishi uchun barcha sharoitlar mavjud.

Biz bu imkoniyatlardan talabalarimiz faoliyatida keng foydalanishlarini qo‘llab-quvvatlaymiz!

Bilim sari yo‘lingiz biz bilan bo‘lsin:
🕊Telegram  📱Instagram
📱Facebook 📺Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👏1
Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga qo‘shimcha qabul o‘tkaziladi

O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi bayoniga muvofiq, 2025/2026-o‘quv yili uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida vakant qolgan o‘rinlarga qo‘shimcha qabul amalga oshiriladi.

Unga ko‘ra, 2025-yilgi kirish imtihonlarida 56,7 ball va undan yuqori natija ko‘rsatgan, biroq talabalikka tavsiya etilmagan, shu jumladan roʻyxatdan oʻtishning ikkinchi bosqichida oliy taʼlim tashkiloti va bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarini tanlamagan abituriyentlarga quyidagi imkoniyatlar yaratiladi:

🟢davlat oliy ta’lim tashkilotlarida qolgan vakant bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga tanlovda ishtirok etish uchun 2025-yil 25-sentabrdan 3-oktabrga qadar (shu kuni ham) my.uzbmb.uz sayti orqali onlayn roʻyxatdan oʻtish imkoniyati yaratiladi;

🟢roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlar toʻplagan ballari ketma-ketligiga qatʼiy rioya qilingan holda vakant oʻrinlarga bazaviy toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etiladi;

🟢ro‘yxatdan o‘tish jarayonida fanlar majmuasi mos bo‘lgan bakalavriat yo‘nalishini tanlash imkoniyati beriladi;

🟢tanlov natijalari boʻyicha qaydnomalar 2025-yil 8-oktabrga qadar chop etilib, tegishli oliy taʼlim tashkilotlariga talabalikka qabul qilish boʻyicha hujjatlarni rasmiylashtirish uchun yetkaziladi.

Umumiy qabul parametrlarida vakant oʻrinlar qolgan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha maʼlumotlar Bilim va malakalarni baholash agentligining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.

Universitet rasmiy sahifalari:
TSTU.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6👍1🔥1
Tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt miqdori OTM rektorlari (direktorlari) tomonidan belgilanadi

Davlat komissiyasi bayoniga muvofiq, 2025/2026-oʻquv yili uchun kirish imtihonlari natijalariga koʻra 56,7 va undan yuqori ball toʻplagan lekin talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlarni bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga qoʻshimcha qabul qilishda tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt miqdorini rektor (direktor) tomonidan mustaqil belgilash quyidagi tartibda amaliyotga joriy etiladi:

qabul chegaralariga 4,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun belgilangan tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt miqdorlari Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentabrdagi 578-son qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablari (1-ilova 73-band)ga asosan belgilanadi;

qabul chegaralariga 4,05 balldan ortiq ball yetmagan abituriyentlar uchun tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt miqdorlari oliy taʼlim muassasalari rektorlari (direktorlari) tomonidan bazaviy toʻlov-kontraktning 3,0 barobaridan kam boʻlmagan miqdorda belgilanadi.

Barcha oliy taʼlim tashkilotlari tomonidan 2025-yil 25-sentabrga qadar 2025/2026-oʻquv yili uchun bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va taʼlim shakllari kesimida tabaqalashtirilgan toʻlov-kontraktning minimal miqdorlari tasdiqlanadi va rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.

2025/2026-oʻquv yili qabulida tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida tahsil olish istagini bildirgan abituriyentlarga bir yillik oʻqitish qiymatining 50 foizini 2025-yilning 31-oktabrga qadar (shu kuni ham) toʻlashga ruxsat beriladi.

Shuningdek, bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga kirish imtihonlari natijasi boʻyicha tanlovda ishtirok etib, ikkinchi-beshinchi bakalavriat taʼlim yoʻnalishlaridan biri boʻyicha davlat granti yoki toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarga oʻz xohishlariga koʻra ustuvorligi boʻyicha tanlagan birinchi bakalavriat taʼlim yoʻnalishida tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga ruxsat berildi (maqsadli qabul asosida talabalikka tavsiya qilinganlar bundan mustasno).

Universitet rasmiy sahifalari:
TSTU.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#bu_qiziq

“Lamborghini”ning eng noyob modeli

Universitet rasmiy sahifalari:
TSTU.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#kun_tarixi

1948-yil 23-sentabrda Honda Motor kompaniyasiga asos solingan

23 сентября 1948 года была основана компания Honda Motor.


🌞Yangi maqsadlar va umidlar bilan boshlangan kun muborak bo‘lsin!

Universitet rasmiy sahifalari:
TSTU.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
2
Qoraqalpogʻiston yoshlari uchun qo‘shimcha grant va to‘lov-kontrakt oʻrinlari ajratildi

Davlat komissiyasi bayoniga muvofiq, 2025/2026-o‘quv yili uchun Qoraqalpog‘iston yoshlari oliy taʼlimga qabulda quyidagi 3 ta qo‘shimcha imkoniyatga ega bo‘ladi.

1-imkoniyat. 2025-yil 24–30-sentabr kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasida doimiy yashovchi va kirish imtihonlarida 68 ball va undan yuqori natija ko‘rsatib, davlat oligohlarining kunduzgi taʼlim shakliga toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar 500 ta maqsadli qabul parametrlari uchun ro‘yxatdan o‘tadi.

Roʻyxatdan oʻtish my.uzbmb.uz sayti orqali amalga oshiriladi. Bunda abituriyentlar talabalikka tavsiya etilgan oliy taʼlim tashkiloti va taʼlim yoʻnalishi boʻyicha tanlovda ishtirok etadi.

Roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlar oʻtkazilgan kirish imtihonlari natijasiga koʻra toʻplagan ballari ketma-ketligiga qatʼiy rioya qilgan holda maqsadli qabul parametrlariga tavsiya etiladi.

Tavsiya etilganlar ro‘yxati belgilangan tartibda rasmiylashtirish uchun tegishli oliy taʼlim tashkilotlariga yetkaziladi.

2-imkoniyat. 2025-yil 29-sentabrdan 6-oktabrga qadar (shu kuni ham) Qoraqalpogʻiston Respublikasida doimiy yashaydigan hamda umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va kasbiy taʼlim tashkilotlarini tamomlagan, jumladan, muayyan xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlariga toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan yoshlar uchun 200 ta maqsadli qabul parametrlariga abituriyent sifatida roʻyxatdan oʻtish imkoniyati yaratiladi.

Bunda:

roʻyxatdan oʻtish my.uzbmb.uz sayti orqali amalga oshiriladi;

roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlar uchun 2025-yil 12-oktabrga qadar test sinovlari oʻtkaziladi;

oʻtkazilgan test sinovlari natijasiga koʻra abituriyentlarning toʻplagan ballari ketma-ketligiga qatʼiy rioya qilgan holda maqsadli qabul parametrlari doirasida tanlov natijalari belgilangan tartibda rasmiylashtirish uchun 2025-yil 17-oktabrga qadar oliy taʼlim tashkilotlariga yetkaziladi.

❗️Eslatma: roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlardan Prezidentning PQ–4319-son (14.05.2025-y.) qaroriga muvofiq belgilangan miqdordagi toʻlov undiriladi.

‼️Muhim. 2025-yil 15-noyabrga qadar yuqoridagi 1- va 2-imkoniyatlarga muvofiq maqsadli grant oʻrinlariga qabul qilingan talabalar bilan oliy taʼlim tashkilotini tamomlagandan keyin tegishli hududda 3 yil ishlab berish majburiyatini nazarda tutuvchi toʻrt tomonlama (hududiy hokimlik, sohaviy davlat organi (tashkiloti), talaba va oliy taʼlim tashkiloti oʻrtasida) shartnomalar rasmiylashtiriladi.

3-imkoniyat. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining murojaatiga muvofiq Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari kesimida toʻlov-kontrakt asosida respublika davlat oliy taʼlim tashkilotlariga qoʻshimcha 7 225 ta qabul parametrlari tasdiqlandi.

Bunda bazaviy toʻlov-kontrakt asosidagi qoʻshimcha qabul parametrlari davlat oliy taʼlim tashkilotlarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga abituriyent sifatida roʻyxatdan oʻtgan Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va professional (kasbiy) taʼlim muassasalarini tamomlagan, oʻtkazilgan kirish imtihonlari natijalariga koʻra 56,7 va undan yuqori ball toʻplagan, lekin talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar hisobidan shakllantiriladi.

Tanlov qaydnomalari tegishli oliy taʼlim tashkilotlariga belgilangan tartibda rasmiylashtirish uchun yetkaziladi.

Universitet rasmiy sahifalari:
TSTU.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
4🔥2👍1
Xalqaro miqyosdagi e’tirof: Transport universiteti professori dunyoning eng nufuzli Top 2% olimlari safida

Stenford universiteti va Elsevier nashriyoti tomonidan 2025-yil uchun dunyoning eng nufuzli Top 2% olimlari ro‘yxati e’lon qilindi. Ushbu ro‘yxat ilmiy faoliyat samaradorligini baholashda asosiy mezon bo‘lgan standartlashtirilgan iqtibos ko‘rsatkichlari asosida shakllantiriladi. Unda qayd etilish – olimning xalqaro miqyosda ilmiy izlanishlari yuqori darajada e’tirof etilganidan dalolat beradi.

Quvonarlisi shundaki, bu yilgi ro‘yxatda Toshkent davlat transport universiteti Oliy matematika kafedrasi professori Tursun Kamaldinovich ham munosib ravishda o‘rin egalladi.

Ilmiy faoliyat ko‘rsatkichlari:
Scopus bazasidagi maqolalari: 127 ta
H-indeksi: 25
Iqtiboslar soni: 1745 ta


Transport universiteti jamoasi professor Tursun Kamaldinovichni ushbu xalqaro yutuq bilan tabriklaydi va kelgusidagi ilmiy izlanishlarida yanada ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi!

Universitet rasmiy sahifalari:
TSTU.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍134🔥2👏2👌1
Dunyo ilm-fanidagi yuksak e’tirof: Transport universiteti professori dunyoning eng nufuzli Top 2% olimlari qatorida

Stenford universiteti va Elsevier nashriyoti tomonidan 2025-yil uchun dunyoning eng nufuzli Top 2% olimlari ro‘yxati e’lon qilindi. Ushbu ro‘yxat ilmiy faoliyat samaradorligini baholashda asosiy mezon bo‘lgan standartlashtirilgan iqtibos ko‘rsatkichlari asosida shakllantiriladi. Unda qayd etilish – olimning xalqaro miqyosda ilmiy izlanishlari yuqori darajada e’tirof etilganidan dalolat beradi.

Quvonarlisi shundaki, bu yilgi ro‘yxatda Toshkent davlat transport universiteti Informatika va kompyuter grafikasi kafedrasi professori Xolmatvay Maxkambayevich ham munosib ravishda o‘rin egalladi.

Ilmiy faoliyat ko‘rsatkichlari:
Scopus bazasidagi maqolalari: 91 ta
H-indeksi: 19
Iqtiboslar soni: 782 ta

Web of Science maqolalar: 41 ta
H-indeksi: 11


Transport universiteti jamoasi professor Xolmatvay Maxkambayevichni ushbu xalqaro yutuq bilan tabriklaydi va kelgusidagi ilmiy izlanishlarida yanada ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi!

Universitet rasmiy sahifalari:
TSTU.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👏17👍53🔥2👌1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#bu_qiziq

“Lamborghini”dan dunyodagi eng tezkor gidrosikl

Universitet rasmiy sahifalari:
TSTU.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
4👍1🔥1👏1👌1
2025/10/24 15:09:24
Back to Top
HTML Embed Code: