Telegram Web Link
✔️ Joriy yilning 16-oktabr kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti "Biznes boshqaruvi" kafedrasi tomonidan "Men tanlagan mutaxassislik" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

☄️ Mavzu doirasida "Biznes boshqaruvi" kafedrasi mudiri, iqtisod fanlari doktori, professor U.Gafurov hamda MCHJ "LEXTERRA" auditor kompaniyasi bosh direktori Zulfiya Safaeva maʼruza qildilar.


🔼 Ushbu tadbir talaba yoshlarning hayotida kasb tanlash qanchalik muhimligi haqida tushuncha berildi. Tadbir yakunida talabalar bilan mavzu doirasida savol-javoblar oʻtkazildi.

📌 Menejment fakultetining rasmiy sahifalari

😎Telegram 😎Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5🎉1🏆1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#milliy_libos_yarashadi
#challenge

🖼 Har juma – Milliy liboslar kuni!

🎩 TDIUda milliy madaniyatimizni targ‘ib qilish maqsadida har juma "Milliy liboslar" kuni deb e’lon qilindi! 

🖼 Milliy libos kiyib, an’analarimizni ulug‘lashga qo‘shiling! 

Milliylik – g‘ururimiz!

📌 Menejment fakultetining rasmiy sahifalari

😎Telegram 😎Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7🔥3❤‍🔥1
✔️ 2025-yilning 16-oktabr kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida "Menejment" fakulteti "Falsafa" kafedrasi tomonidan TDIU 1-sonli TTJda “Ustozga ehtirom” deb nomlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir davra suhbati shaklida o‘tkazildi.

☄️ Unda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti, Sotsiologiya kafedrasi professori, s.f.d., professor Xolbekov Abdugʻani Jumanazarovich, "Falsafa" kafedrasi professor-o‘qituvchilari va "Menejment" fakulteti talabalari ishtirok etishdi.

🗣 Tadbirning asosiy maqsadi – jamiyatimizning kelajagi boʻlgan yosh avlodga taʼlim- tarbiya berishdek sharafli va masʼuliyatli ishda fidoyilik koʻrsatayotgan oʻqituvchi va murabbiylarning mehnatini qadrlash va ularga hurmat bajo keltirishdan iborat.


📶 Ma’ruzachilar oʻqituvchi va murabbiylarning jamiyat rivojidagi oʻrni va ahamiyati, ularning fidokorona mehnati haqida iliq fikrlar bildirdilar.

Ushbu tadbir oʻqituvchi va murabbiylarga boʻlgan ehtiromning yana bir ifodasi boʻldi. Tadbir qiziqarli va ko‘tarinki ruhda o‘tdi.

📌 Menejment fakultetining rasmiy sahifalari

😎Telegram 😎Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
📚 Ma’rifat darsi – ilm va tajriba saboqlari!

✔️ "Menejment" fakultetining MO-51, MO-52, MO-57, MO-58, MNP-11, MNP-12, BBA-21 guruh talabalari uchun ma’rifat darsi bo‘lib o‘tdi.

☄️ Darsni "Menejment" fakulteti "Iqtisodiy va moliyaviy xavfsizlik" kafedrasi dotsenti Malika Umarova olib bordi.

Ushbu dars jarayoni davomida talabalar iqtisodiyot sohasidagi zamonaviy tendensiyalar, ilmiy izlanishlarning ahamiyati hamda yoshlarning ilmiy salohiyatini oshirish masalalari yuzasidan foydali ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.


💡 Ma’rifat darsi talabalarda iqtisodiy tafakkurni rivojlantirish va ilmga bo‘lgan qiziqishni yanada kuchaytirishga xizmat qildi.

📌 Menejment fakultetining rasmiy sahifalari

😎Telegram 😎Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍42
📣 O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Madaniyat vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Fanlar akademiyasi hamda O‘zbekiston Badiiy akademiyasi hamkorligida har yili o‘tkaziladigan “Eng faol yil talabasi – 2025” tanloviga start berildi!

Tanlovda kimlar ishtirok etishi mumkin:
🔴 Oliy ta’lim muassasasida kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan 2-, 3-, 4-bosqich talabalari;
🔴 Oldingi yillarda respublika bosqichida 1-, 2- yoki 3-o‘rinni egallamagan talabalar.

🏆 Tanlov quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha o‘tkaziladi:
1. “Yilning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha eng bilimdon talabasi”
2. “Yilning eng faol targ‘ibotchi talabasi”
3. “Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi”
4. “Yilning eng faol sportchi talabasi”
5. “Yilning eng faol iqtidorli talabasi” (san’at yo‘nalishlari bo‘yicha)
6. “Yilning eng faol ijodkor talabasi”
7. “Yilning eng faol tadbirkor talabasi” (xotin-qizlar uchun)



🌀 Tanlov bosqichlari:

I. Fakultet bosqichi
II. Oliy ta’lim muassasasi bosqichi
III. Respublika bosqichi

Ishtirokchilar taqdim etishi lozim bo‘lgan hujjatlar:
• Fakultet dekanatining tavsiyanomasi (talabaning yutuqlari va faolligi haqida ma’lumot bilan);
• Baholar varaqasi yoki sinov daftarchasi nusxasi;
• Ilmiy va ijodiy ishlar nusxalari, maqolalar, taqrizlar;
• Diplom, sertifikat va faxriy yorliqlar nusxalari;
• Grantlar va konferensiyalardagi ishtirok haqidagi ma’lumotlar.


⚠️ Hujjatlar 03.11.2025 sanagacha fakultet dekanatlariga topshiriladi. ⚠️

💰 Rag‘batlantirish:
Oliy ta’lim muassasasi bosqichi g‘oliblari:

• 1-o‘rin – bazaviy hisoblash miqdorining 8 barobari
• 2-o‘rin – 6 barobari
• 3-o‘rin – 4 barobari

Respublika bosqichi g‘oliblari:
• 1-o‘rin – bazaviy hisoblash miqdorining 15 barobari
• 2-o‘rin – 10 barobari
• 3-o‘rin – 8 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.


📌 Muhim eslatma:
• Hujjatlar belgilangan muddatda topshirilishi shart.
• Tanlov natijalari oliy ta’lim muassasasi rasmiy sayti va ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilinadi.
• Tanlov taqdim etilgan hujjatlar qaytarilmaydi.

🔥 Faol, izlanuvchan va tashabbuskor talabalarning barchasini tanlovda faol ishtirok etishga chorlaymiz!

🌐Bizni kuzatishda davom eting.
Instagram | Telegram
3
✔️ Joriy yilning 16-oktabr kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti "Menejment" fakulteti talabalari "Olimpiya va paralimpiya shon-shuxrat" muzeyiga tashrif buyurishdi.

☄️ "Menejment" fakulteti tyutori Gulruh Jumayeva boshchiligida LG-80 va LG-85 guruh talabalari "Olimpiya va paralimpiya shon-shuxrat" muzeyiga tashrif talabalar uchun nafaqat madaniy bilimlarini oshirish, balki estetik didni rivojlantirishga ham xizmat qildi.

📌 Menejment fakultetining rasmiy sahifalari

😎Telegram 😎Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍1
2025/10/21 19:53:17
Back to Top
HTML Embed Code: