Telegram Web Link
Forwarded from TSUE-TDIU
Bugun Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori To‘lqin Teshabayev talabalarning yashash sharoitlari bilan shaxsan tanishish maqsadida talabalar turar joylarida bo‘ldi.

Tashrif davomida rektor talabalar bilan suhbatlashib, ularning fikr-mulohazalari va takliflarini tingladi. Rektor shuningdek, yotoqxona binolarini ko'zdan kechirar ekan yashash xonalari, oshxonalar va umumiy hududlarning holatiga alohida e’tibor qaratdi. U yashash sharoitlari belgilangan talablarga javob berishini, biroq etiborni talab qiladigan bir necha jihatlar mavjudligini ta’kidladi.

Bundan tashqari, rektor o‘zining avvalgi tashrifida mas’ullarga bergan topshiriqlarning bajarilishini ham tekshirdi.

Tashrif yakunida universitet rektori talabalarga va xodimlarga ularning sa’y-harakatlari uchun minnatdorchilik bildirib, o‘qish va yashash uchun qulay sharoitlar yaratishning muhimligini ta’kidladi. U universitet infratuzilmasi va talabalarning yashash sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha ishlarni davom ettirishini alohida qayd etib o‘tdi.

🇺🇿TDIU Axborot xizmati

🚀Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rasmiy telegram kanali: @tsueuzofficial
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5🔥3👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#MF_FM_radio
#yangi_loyiha

🔊 Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti "Menejment" fakultetining "MF Radio" loyihasining navbatdagi sonini kutib oling.

🎙 Ushbu radio eshittirish davomida siz har kunlik tarixiy voqealar va yangiliklarni eshitib borishingiz, hamda doʻstlaringizni tugʻilgan kuni bilan tabriklashingiz mumkin.


⚡️ Bugun tugʻilgan kunini nishonlayotgan barchani fakultetimiz nomidan tabriklaymiz!

Kuningiz ajoyib va mazmunli oʻtsin.

📌 Menejment fakultetining rasmiy sahifalari

🔊Telegram 📸Instagram
5👍4🔥3
Forwarded from Speaking Club
⚠️Vanihoyat siz kutgan yangilik!

🤩Speaking Club jamoasining tashkiliy a'zosi bo'lishni xohlaysizmi?

⚡️Agar javobingiz "Ha" bo'lsa , bu imkoniyat siz uchun. Quyida berilgan havola orqali arizani to'ldiring va biz eng olovlarini tanlab olamiz!

📥Ro'yxatdan o'tish uchun:

🗓 Ro’yxatdan o’tish oxirgi muddati : 9-oktabr,12:00,(Payshanba)

📱 Telegram || 📱 Instagram

••••••••••••••••••••••••

⚠️Наконец-то новость, которую вы так ждали!

🤩Хотите стать организационным членом команды Speaking Club?

⚡️Если ваш ответ «Да», то эта возможность именно для вас! Заполните анкету по ссылке ниже — и мы выберем самых активных и мотивированных!

📥 Для регистрации:

🗓Срок регистрации : 9 октября, 12:00 (четверг).

📱 Telegram || 📱 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2🤝1
Forwarded from TDIU | Yoshlar kanali
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bilarmidingiz

Auditoriyada odob saqlash – har bir talabaning burchi!


✔️ Universitet hayotidagi har bir qoidaning o‘z o‘rni bor. Ular ta’lim jarayonini samarali tashkil etish va sog‘lom muhit yaratishga xizmat qiladi.

➡️ Shu bois auditoriyalarda shovqin ko‘tarish, baland ovozda gaplashish yoki dars vaqtida suhbatlashish qat’iyan man etiladi. Bu – nafaqat o‘qituvchi va talabalar o‘rtasidagi hurmatga, balki ta’lim jarayonining samaradorligiga ham putur yetkazadi.

🔵 Har bir talaba universitet nomiga, o‘z sha’niga va atrofidagilarga hurmat bilan munosabatda bo‘lishi zarur.

Intizom va madaniyat – sog‘lom o‘quv muhiti poydevoridir.

Biz bilan bitta to‘lqinda bo‘ling:
💬 Telegram 📹 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
12🤝5👍2👏2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#harbiy_vatanparvarlik

Vatan oldidagi burchini sidqidildan bajarib Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining "Menejment" fakultetiga kvota asosida oʻqishga kirgan talaba yigitlar diqqatiga!

⚡️ Biz sizning toʻlov kontraktingizning 35% qismini qoplab beramiz.

💥 Toʻliq maʼlumot olish uchun siz fakultet harbiy vatanparvarlik yoʻnalishi koordinatori Raimqulov Sardorga (@Raimkulovv_S) murojaat qilishingiz kerak.

📌 Menejment fakultetining rasmiy sahifalari

🔊Telegram 📸Instagram
🔥27👌76👍6🙏4🤝2🕊1
‼️Roʻyxatdan oʻtish boshlandi: Havola
‼️Roʻyxatdan oʻtish yopildi!
14
#zakovat

‼️Bilimdonlar diqqatiga‼️

1-30 dagi jamoalar "Zakovat" o‘yinimizda dastlabki 30 ta jamoani tashkil etadi va stollarga joylashadi.

⚡️ Yana bitta qat‘iy talabimiz kela olmaydigan jamoa sardorlari tashkilotchilarga (@Jalolov_Umidjonn) kela olmasligni bildirsa, yaxshi bo‘lar edi.

📌 Menejment fakultetining rasmiy sahifalari

🔊Telegram 📸Instagram
3🔥21
Forwarded from TDIU | Yoshlar kanali
🟦🟦🟦 🟦🟦

QVZ terma jamoamiz Oliy liga bosqichida !

✔️“Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovining saralash bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etgan “Miks” QVZ terma jamoamiz Oliy liga 2025-yilgi mavsumga yo’l oldi.

⚡️Universitet QVZ terma jamoasiga iqtidorli yoshlar kerak. Agar sizda shu iqtidor bo'lsa bizga murojaat qiling.

🔗Murojaat uchun:
@xushvaqt02
+998908919021

Biz bilan bitta to‘lqinda bo‘ling:
💬Telegram 📹Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥51🏆1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#MF_FM_radio
#yangi_loyiha

🔊 Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti "Menejment" fakultetining "MF Radio" loyihasining navbatdagi sonini kutib oling.

🎙 Ushbu radio eshittirish davomida siz har kunlik tarixiy voqealar va yangiliklarni eshitib borishingiz, hamda doʻstlaringizni tugʻilgan kuni bilan tabriklashingiz mumkin.

☄️ Bugun tugʻilgan kunini nishonlayotgan barchani fakultetimiz nomidan tabriklaymiz!

Kuningiz ajoyib va mazmunli oʻtsin.

📌 Menejment fakultetining rasmiy sahifalari

🔊Telegram 📸Instagram
4❤‍🔥3🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining barcha talabalarini "Menejment" fakulteti talabalari tomonidan tashkil etilgan "Econotalks 2025" loyihamizga taklif qilamiz.

⚡️ Tadbir davomida siz qiziqarli va ajoyib oʻyinlar va debat orqali jamoa bilan ishlashni o’rganib yangi dostlar orttirasiz. Bu tadbir 1 kurs uchun moʻljallangan bo’lib, ingliz tilida erkin muloqot qila oladigan barchani taklif qilamiz.


🗓 Sana: 11.10.2025 (shanba)
🕛 Vaqt: 12:00
📍 Manzil: 3-bino 208-xona


📝 Roʻyhatdan oʻtish uchun: Havola

📌 Menejment fakultetining rasmiy sahifalari

🔊Telegram 📸Instagram
6👍3🔥1
Joriy yilning 8-oktyabr kuni "Menejment" fakulteti “Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar” kafedrasi katta o‘qituvchisi Fayziyeva Xamida tomonidan kafedra haftaliklari doirasida ushbu yo‘nalishning talabalariga “Ustozim-hayotim chirogʻi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

⚡️ Tadbirni "Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar" kafedrasi mudiri professor N.Ismailova ochib berdilar. Tadbirga kafedraning faxriy ustozi professor “Diplomatik xizmat fidoiysi” ko‘krak nishoni sohibi, “Mehnat faxriysi” I-darajali ko‘krak nishoni sohibi Islamov Baxtiyor Anvarovich tashrif buyurdilar. Ustoz talabalarga “O‘zbekiston Rossiya strategik hamkorligi va ittifoqdosh aloqalari” mavzusida maʼruza qildilar.


Talabalar maʼruza so‘nggida o‘zlarini mutaxassisliklari bo‘yicha qiziqtirgan savollariga ustozdan javob olishdi.

📌 Menejment fakultetining rasmiy sahifalari

🔊Telegram 📸Instagram
6👍1
2025/10/22 15:29:57
Back to Top
HTML Embed Code: