Telegram Web Link
#sahro_sadosi
#Karakalpakstan

“Sahro sadosi” III xalqaro festivali doirasidagi tadbirlar Tuproqqal’a tarixiy yodgorligida davom etdi
.

Talaba-yoshlar va turistlar ishtirokida Tuproqqal’a tarixiy yodgorligiga ekskursiya uyushtirildi. Ekskursiya davomida ishtirokchilar yodgorlikning tarixiy ahamiyati, uning o‘ziga xos me’moriy xususiyatlari hamda boy madaniy merosi haqida batafsil ma’lumot oldilar.

Shuningdek, dastur doirasida rasm chizish ko‘rik-tanlovi ham tashkil etilib, unda yoshlar Qoraqalpog‘istonning diqqatga sazovor tarixiy joylarini o‘z asarlarida badiiy talqin etdilar. Tadbir nafaqat bilim, balki ijodiy qobiliyatni ham namoyon etishga keng imkoniyat yaratdi.

🇺🇿TDIU Axborot xizmati

🚀Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rasmiy telegram kanali: @tsueuzofficial
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥54👍3
Forwarded from TDIU iqtidorli talabalar
🏆 Biz yana g‘olib! 🏆

📣 2025 yil 29-sentyabrdan 5-oktyabrgacha Rossiyada bo‘lib o‘tgan V-Xalqaro moliyaviy xavfsizlik olimpiadasi yakunlandi.

🔥 Olimpiadaning final bosqichida 40 ta davlatdan 600 nafar talabalar qatnashdilar. Ushbu nufuzli olimpiadada Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabalari muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

Faxrlanarli jihati, universitet vakillari ikki nafar sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritishdi:

🥈 Moliya fakulteti talabasi
Usmonova Madina – kumush medal;
🥈Iqtisodiyot fakulteti talabasi Maxmudova Yulduz – kumush medal.


⚡️ E’tiborlisi shundaki, ushbu olimpiada birinchi darajali olimpiadalar qatoriga kirib, g‘olib talabalar “Moliyaviy xavfsizlik” yo‘nalishi bo‘yicha 40 ta davlatda joylashgan OTMlarda tanlovsiz, grant asosida tahsil olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

🔵 Olimpiada doirasida xalqaro moliyaviy xavfsizlikka bag‘ishlangan qator tadbirlar o‘tkazildi. Jumladan, Xalqaro tarmoq institutiga a’zo oliy o‘quv yurtlari ko‘rgazmasi namoyish etildi. Shuningdek, Iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi professori, Iqtidorli talabalar bo‘limi boshlig‘i G.T. Xalikulova olimpiada qatnashchilari uchun “Sug‘urtada faoliyatni firibgarlikdan qanday himoyalanish va shartnoma tuzishda nimlarga e’tibor berish lozim?” mavzusida ilmiy-amaliy master-klass o‘tkazdi.

⚡️ Bu g‘alaba – bizning g‘alabamiz!
Universitetimiz talaba va ustozlarining yuksak tayyorgarligi, bilim va mehnati xalqaro maydonda yana bir bor o‘z samarasini ko‘rsatdi.

🌐Bizni kuzatishda davom eting.
Instagram | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2112👍7👏3
2025/10/27 03:27:09
Back to Top
HTML Embed Code: