Telegram Web Link
#TDIU
#Forum_Global_Milliy_iqtisodiyot_trendlari
#1_kun

TDIU rektori T.Teshabayev Forum ishtirokchilarini samimiy qutlab, tadbirning mamlakatimiz taraqqiyotidagi strategik ahamiyatini ta’kidladi.

Mazkur forum nafaqat Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, balki butun mamlakatimiz ilm-fani uchun strategik ahamiyatga ega bo‘lgan tadbirdir. “O‘zbekiston–2030” strategiyasida belgilangan maqsadlar – barqaror iqtisodiy o‘sish, inson kapitali rivoji, raqamli iqtisodiyotni chuqurlashtirish, hamda ekologik barqarorlikni ta’minlash kabi yo‘nalishlarning ilmiy asoslarini shakllantirish talab etmoqda.

Forumning asosiy maqsadi ana shu ustuvor yo‘nalishlarni ilmiy jihatdan tahlil etish, xalqaro tajribani o‘rganish va ilmiy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat bo‘ldi. Shu ma’noda, u nafaqat milliy miqyosda, balki xalqaro akademik jamoatchilik doirasida ham intellektual muloqot maydoniga aylandi.


🚀 Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rasmiy telegram kanali: @tsueuzofficial
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
#TDIU
#Forum_Global_Milliy_iqtisodiyot_trendlari
#1_kun

TDIU Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Gulnora Abduraxmanova forumda so‘zga chiqib, tadbirning “O‘zbekiston–2030” strategiyasi doirasidagi ahamiyatiga to‘xtaldi. U o‘z nutqida forum nafaqat ilmiy fikr almashish maydoni, balki xalqaro miqyosda yangi g‘oyalar va innovatsion tashabbuslarni ilgari surish, hamkorlikni mustahkamlash uchun muhim minbar bo‘layotganini ta’kidladi.

Prorektorning ta’kidlashicha, forumda AQSh, Buyuk Britaniya, Malayziya, Indoneziya, Yaponiya, Fransiya, Misr, Birlashgan Arab Amirliklari, Rossiya Federatsiyasi va Janubiy Koreya kabi davlatlardan 50 dan ortiq yetakchi olim va ekspertlarning ishtiroki tadbirning xalqaro nufuzini yanada oshiradi. Unga ko‘ra, bunday keng ilmiy muloqot “Yangi O‘zbekiston – yangi taraqqiyot bosqichi” tamoyilining amaliy ifodasi bo‘lib, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan strategik islohotlarni ilmiy asosda chuqurlashtirishga xizmat qiladi.


🚀 Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rasmiy telegram kanali: @tsueuzofficial
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍3
#TDIU
#Forum_Global_Milliy_iqtisodiyot_trendlari
#1_kun

⚡️Forum doirasida “Yuksak intellektual yoshlar hamdo‘stligi – kelajak iqtisodiyot poydevori” nomli xalqaro yoshlar festivaliga start berildi. Festivalda bir qator olimpiadalar hamda tanlovlar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

🚀 Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rasmiy telegram kanali: @tsueuzofficial
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥32
#TDIU
#Forum_Global_Milliy_iqtisodiyot_trendlari
#Festival
#1_kun

📝 “IV Global va milliy iqtisodiyot trendlari: O‘zbekiston–2030 strategiyasi” xalqaro Forumida “Yuksak intellektual yoshlar hamdo‘stligi–kelajak iqtisodiyot poydevori” talabalar xalqaro festivali bo’lib o’tmoqda. Festival doirasida 1-bosqich talabalari uchun Ingliz tili fanidan olimpiadaga start berildi.

🇺🇿 TDIU Axborot xizmati

🚀 Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rasmiy telegram kanali:
@tsueuzofficial
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥41👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#TDIU
#Forum_Global_Milliy_iqtisodiyot_trendlari
#1_kun

⚡️Forum doirasida “Yuksak intellektual yoshlar hamdo‘stligi – kelajak iqtisodiyot poydevori” nomli xalqaro yoshlar festivaliga start berildi. Festivalda bir qator olimpiadalar hamda tanlovlar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

🚀 Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rasmiy telegram kanali: @tsueuzofficial
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥6👍1
#TDIU
#Forum_Global_Milliy_iqtisodiyot_trendlari
#Festival
#1_kun

📎“Yuksak intellektual yoshlar hamdo‘stligi – kelajak iqtisodiyot poydevori” talabalar xalqaro festivali doirasida "O'zbekistonda va xorijiy davlatlarda moliya sohasidagi raqamli texnologiyalar" mavzusidagi xalqaro ilmiy-intellektual tanlov start oldi.

🇺🇿 TDIU Axborot xizmati

🚀 Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rasmiy telegram kanali:
@tsueuzofficial
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4
#TDIU
#Forum_Global_Milliy_iqtisodiyot_trendlari
#1_kun

Muhammad Shahbaz
Pekin texnologiyalar instituti, PhD, professor


"Mukammallikdan ko‘ra izchillikka intiling — eng muhimi doimiylik va barqaror mehnatdir, chunki kichik yutuqlar vaqt o‘tishi bilan katta ilmiy natijalarga olib keladi. Ishni asoslardan boshlang: bitta ma’lumot to‘plami, bitta metodologiya va bitta strategik hamkorlikdan. Tajriba muntazam takrorlash va izchil mehnat orqali shakllanadi. Shuningdek, tafakkur tarzini o‘zgartiring — ilm-fan raqobat emas, balki birgalikda anglash sari sayohatdir. Hamkorlik barcha ishtirokchilarni kuchaytiradi va butun ilmiy jamoani yuksaltiradi" deydi professor.


🚀 Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rasmiy telegram kanali: @tsueuzofficial
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1🔥1
#TDIU
#Forum_Global_Milliy_iqtisodiyot_trendlari
#1_kun

Harvard universiteti Uzluksiz ta’lim markazi professori Bruno S. Sergi “Global raqobatbardoshlikka erishishda texnologik innovatsiyalar va ta’minot zanjiri strategiyalarini qo‘llash”
mavzusida ma’ruza qildi.

U o‘z chiqishida Yevropa Ittifoqining “Digital Compass 2030” dasturi va “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasini solishtirib, ularning biznes, davlat xizmatlari hamda boshqaruv yo‘nalishlaridagi yondashuvlarini tahlil qildi. Professorning ta’kidlashicha, Yevropa Ittifoqi kichik va o‘rta biznes subyektlarining 90 foizi bulutli texnologiyalarni qo‘llashi va kompaniyalarning 75 foizi elektron tijoratga o‘tishini maqsad qilgan bo‘lsa, O‘zbekiston telekommunikatsiya, ishlab chiqarish va sog‘liqni saqlash sohalarini raqamlashtirish orqali samaradorlik va shaffoflikni oshirishni rejalashtirmoqda.

Shuningdek, u davlat xizmatlarida elektron boshqaruv platformalari, yagona reyestrlar va e-prokurment tizimlarini joriy etish orqali fuqarolar va davlat o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni soddalashtirish O‘zbekiston uchun muhim qadamlardan biri ekanini qayd etdi.

🚀 Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rasmiy telegram kanali: @tsueuzofficial
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3
2025/10/26 06:26:58
Back to Top
HTML Embed Code: