Telegram Web Link
#sahro_sadosi
#Karakalpakstan
#1_kun #Live

Qoraqalpog‘iston Respublikasining Ellikqal‘a tumanida “Sahro Sadosi” III xalqaro festivali ko‘tarinki ruhda boshlandi. Festival doirasida Ellikqal‘a tumanidagi 61-sonli informatika va axborot texnologiyalarini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktabda mamlakatimiz turizm salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan uchrashuvlar hamda seminar-treninglar o‘tkazildi. Tadbir yakunida esa Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti ijodkor jamoasi ishtirokchilarga bayramona kayfiyat ulashdi.

🇺🇿 TDIU Axborot xizmati

🚀Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rasmiy telegram kanali: @tsueuzofficial
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍2🔥1
#InnoWeek_2025

📣 Hurmatli InnoWeek–2025 mehmonlari!

2025-yil 9–11-oktabr kunlari bo‘lib o‘tadigan Innovatsion g‘oyalar xalqaro haftaligi — “InnoWeek–2025” doirasida ishtirokchilar va mehmonlar hamda OAV vakillariga qulaylik yaratish maqsadida Toshkentning bir nechta hududidan “CAEx Uzbekistan” xalqaro ko‘rgazmalar majmuasiga bepul avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.

“InnoWeek–2025” — bu ilm-fan, texnologiya va innovatsiyalar sohasidagi eng ilg‘or ishlanmalarni namoyish etish uchun muhim platforma. Sizni ko‘rgazmalar, panel sessiyalar, startaplar taqdimotlari, xalqaro ekspertlarning chiqishlari hamda keng ko‘lamli networking imkoniyatlari kutmoqda.


❗️Diqqat! Tadbirda ishtirok etish uchun oldindan ro‘yxatdan o‘tish lozim.

📱Ro‘yxatdan o‘tish uchun: www.innoweek.uz

🤔 Yilning eng yirik innovatsion voqeasida ko‘rishguncha!

Bizni kuzating


Web-site | Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍4
#sahro_sadosi
#Karakalpakstan
#1_kun #Live

Qoraqalpog‘iston Respublikasining Ellikqal‘a tumanida “Sahro Sadosi” III xalqaro festivalini yuqori saviyada va ko'tarinki ruhda o‘tkazish maqsadida Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining qariyb 50 nafarga yaqin talabasi tashrif buyurdi. Festival tadbirlari qizg‘in davom etmoqda.

🇺🇿 TDIU Axborot xizmati

🚀Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rasmiy telegram kanali: @tsueuzofficial
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
12👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#sahro_sadosi #Karakalpakstan
#1_kun #Live #nocomment

🇺🇿 TDIU Axborot xizmati

🚀Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rasmiy telegram kanali: @tsueuzofficial
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍86
#sahro_sadosi
#Karakalpakstan
#1_kun #Live

“Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti tashabbusi bilan an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan "Sahro Sadosi" III xalqaro festivali bugun Qoraqalpog‘iston Respublikasida turizm sohasini rivojlantirish, yangi loyihalarni amalga oshirish hamda sohaga ixtisoslashgan mutaxassislar uchun keng imkoniyatlar yaratishda beqiyos o‘rin tutmoqda.

Mazkur festival nafaqat hududimizning turizm salohiyatini keng jamoatchilikka targ‘ib etish, balki yoshlarning bilim va dunyoqarashini boyitish, ularning ijodiy va intellektual qobiliyatlarini yuzaga chiqarish hamda xalqaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlashda muhim maydon vazifasini bajarmoqda.

Shu bois, bunday keng qamrovli tashabbusni amaliyotga tatbiq etib, yoshlar va sohaga oid mutaxassislar uchun yangi ufqlarni ochib berayotgan Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rahbariyatiga chuqur minnatdorchilik bildiraman”,
— deya ta’kidladi Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Ellikqal‘a tuman bo‘linmasi rahbari Matniyazova Aysha.

🇺🇿 TDIU Axborot xizmati

🚀Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rasmiy telegram kanali: @tsueuzofficial
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍3
#sahro_sadosi
#Karakalpakstan
#1_kun #Live

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti tashabbusi bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Turizm boshqarmasi va Ellikqal‘a tumani hokimligi hamkorligida o‘tkazilayotgan “Sahro sadosi” III xalqaro festivalining navbatdagi qismi Ellikqal‘a tumanidagi Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida davom etdi. Tadbir doirasida “Zakovat” intellektual o‘yinlari tashkil etilib, unda texnikum o‘quvchilari faol ishtirok etdi.

Mazkur o‘yinlar nafaqat yoshlarning turizm sohasidagi bilim va salohiyatini sinovdan o‘tkazish, balki ularning mantiqiy tafakkuri, tezkor fikrlashi hamda jamoada ishlash ko‘nikmalarini yanada rivojlantirishga xizmat qildi. Shuningdek, bunday musobaqalar yoshlarda o‘ziga ishonchni oshirib, ularni ilmiy izlanish va intellektual faoliyatga kengroq jalb etishga katta turtki bo‘ldi.

🇺🇿 TDIU Axborot xizmati

🚀Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rasmiy telegram kanali: @tsueuzofficial
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍75👏2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#sahro_sadosi
#Karakalpakstan
#1_kun #Live

Ellikqal‘a tumanidagi Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida
festival doirasida “Zakovat” intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi. Unda ishtirokchilar bilimlarini sinovdan o‘tkazish, tezkor fikrlash va jamoada ishlash ko‘nikmalarini namoyish etish imkoniga ega bo‘ldilar. Qizg‘in savol-javoblar, muhokamalar va jamoaviy hamjihatlik o‘yinga yanada zavq bag‘ishlab, yoshlarning intellektual salohiyatini yuksaltirishga xizmat qildi.

🇺🇿 TDIU Axborot xizmati

🚀Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rasmiy telegram kanali: @tsueuzofficial
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7👍5
2025/10/24 15:51:59
Back to Top
HTML Embed Code: