Telegram Web Link
TDYU “Times Higher Education World Impact Ranking — 2025” xalqaro reytingida 301-oʻrinni, xususan, SDG 5 — Gender tengligi boʻyicha 51-oʻrinni egalladi

🔹Buyuk Britaniyaning eng nufuzli xalqaro reyting tashkiloti “Times Higher Education World Impact Ranking — 2025” natijalari e’lon qilindi. Bu yil ushbu xalqaro reytingda butun dunyodan 2 500dan ortiq universitet ishtirok etdi. Shular orasidan Toshkent davlat yuridik universiteti jahon miqyosida 301-o‘rinni egallab, TOP-400 ro‘yxatiga kiritildi. Bu ko‘rsatkich bilan TDYU o‘tgan yilga nisbatan 100 pog‘ona ko‘tarildi.

🔹Xalqaro reyting natijalariga ko‘ra, TDYU xalqaro miqyosda quyidagi yo‘nalishlarda yuqori ko‘rsatkichlarni egalladi:
– SDG 4 — Ta’lim sifati bo‘yicha — 301-400 o‘rin
– SDG 5 — Gender tengligi — 51-o‘rin
– SDG 8 — Munosib ish o‘rin va iqtisodiy o‘sish — 101-200 o‘rin
– SDG 16 — Tinchlik, adolat va kuchli institutlar — 201-300 o‘rin
– SDG 17 — Maqsadlar bo‘yicha hamkorlik — 201-300 o‘rin

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📚 Ilm va ma’rifat yo‘lida ezgu tuhfa

Toshkent davlat yuridik universiteti delegatsiyasining Boku davlat universiteti Huquq fakultetiga rasmiy tashrifi davomida nafaqat ilmiy hamkorlik masalalari muhokama qilindi, balki ma’naviy yuksak qadriyat – bilim ulashish an’anasi ham munosib davom ettirildi.

Mazkur tashrif doirasida Uzluksiz ta’lim boshqarmasi vakili Baxromova Nilufar Xoshimovna universitetimiz Axborot-resurs markazi fondiga bir nechta qimmatli adabiyotlarni tuhfa etdilar. Ushbu bebaho sovg‘a – ilm-fan yo‘lida qilinayotgan e’tibor va fidoyilik timsolidir.

Kitob – bu ma’naviyat mezoni, tafakkurning yuksak ko‘zgusi. U nafaqat bilim manbai, balki xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik va madaniy hamkorlik ko‘prigidir. Ushbu adabiyotlar esa yosh yuristlarimiz uchun ilmiy izlanishlar, intellektual o‘sish va kasbiy kamolot yo‘lida muhim manba bo‘lib xizmat qilishi shubhasiz.

Axborot-resurs markazi ushbu e’tiborni yuksak qadrlaydi va kelajak avlod uchun bilim urug‘ini sepishda bu kabi ezgu tashabbuslar davomli bo‘lishiga umid bildiradi.

📖 Bilim ulashish – bu eng yuksak tuhfa.

📌 Yangiliklardan xabardor bo‘lib boring: 👉 @tsullibrary
📚 Благородный дар на пути знаний и просвещения

В рамках официального визита делегации Ташкентского государственного юридического университета в юридический факультет Бакинского государственного университета были обсуждены не только вопросы научного сотрудничества, но и с честью продолжена высоконравственная традиция — передача знаний.

В ходе визита сотрудник Управления непрерывного образования Бахромова Нилуфар Хошимовна преподнесла в дар фонду Информационно-ресурсного центра нашего университета ряд ценных изданий. Этот бесценный подарок стал символом внимания и преданности делу науки.

Книга — это мера духовности, зеркало возвышенного мышления. Она является не только источником знаний, но и мостом дружбы и культурного обмена между народами. Несомненно, данные издания станут важным ресурсом для научных исследований, интеллектуального роста и профессионального становления наших будущих юристов.

Информационно-ресурсный центр высоко ценит этот жест внимания и выражает надежду, что такие благородные инициативы продолжат сеять семена знаний для будущих поколений.

📖 Дарить знания — это величайший дар.

📌 Следите за новостями: 👉 @tsullibrary
0️⃣0️⃣0️⃣ • TDYUda joriy etilgan nomli stipendiyalari g‘oliblari aniqlandi

👉 Batafsil...

0️⃣0️⃣0️⃣ • Определены победители именных стипендий, учрежденных в ТГЮУ

👉 Подробнее...

0️⃣0️⃣0️⃣ • Winners of named scholarships introduced at Tashkent State University of Law have been announced

👉 More...

⚫️ 🔴 🔵 🟣 ⚪️ @tsulofficial #yangilik #новость #news
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
«Mustaqillik deklaratsiyasi» qabul qilingan kun.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi 1990-yil 20-iyunda sobiq SSSR tarkibiga kiritilgan respublikalar ichida birinchilardan boʻlib «Mustaqillik deklaratsiyasi»ni qabul qildi.

Bu hujjatning tarixiy ahamiyati shundan iboratki, u oʻzbek davlatchiligi tarixidagi birinchi tinch yoʻl bilan oʻz taqdirini oʻzi belgilash huquqi toʻgʻrisidagi hujjat edi. Unga koʻra, oʻzbek xalqi davlat boshqaruvida har bir millatning oʻz taqdirini oʻzi belgilash huquqini va farovon hayot kechirishini taʼminlashni oliy maqsad deb oʻz zimmasiga olgan holda, xalqaro huquq qoidalariga asoslanib, oʻzining «Mustaqillik deklaratsiya»sini eʼlon qildi.

Va bundan buyon Oʻzbekiston oʻzining tashqi munosabatlarida, davlat hokimiyati masalalarini hal etishda tanho hokimligini, uning chegaralari va hududi daxlsiz ekanligi, oʻz taraqqiyot yoʻlini, oʻz nomini, davlat ramzlarini (gerb, bayroq, madhiya) oʻzi taʼsis etishi va demokratik huquqiy davlat tashkil topganligini butun dunyoga maʼlum qildi.

👉@tsullibrary👈

🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿

День принятия «Декларации независимости».

20 июня 1990 года Верховный Совет Республики Узбекистан одной из первых республик бывшего СССР принял "Декларацию независимости".

Историческое значение этого документа состоит в том, что это был первый в истории узбекской государственности документ о праве на самоопределение. По его словам, узбекский народ провозгласил свою «Декларацию независимости» в соответствии с нормами международного права, с высшей целью обеспечить право каждого народа на самоопределение и благополучную жизнь в государственном управлении.

Узбекистан объявил всему миру, что в своих внешних отношениях, в решении вопросов государственной власти имеет свой суверенитет, что границы и территория неприкосновенны, имеет свой путь развития, может учредить своё название и свои государственные символы (герб, флаг, гимн) и создано демократическое правовое государство.

👉@tsullibrary👈
Universitetimiz Times Higher Education tomonidan e’lon qilingan Impact xalqaro reytingida 301-o'rinni egalladi. Bu o'tgan yilgi natijadan 100 pog'ona baland degani.

Universitetimizning xalqaro reytinglarda yuksalishi bu yurtimizda yuridik ta’lim va fanni rivojlanishiga mamlakatimizda berilayotgan e'tibor hamda to'g'ri va odilona siyosatning natijasidir.

Bu natija faqat raqamlar emas, bu bizning xalqaro maydondagi o‘rnimiz, ta’lim va ilmiy yondashuvlarimizga berilgan yuksak bahodir.

Ayniqsa, gender tengligi bo‘yicha 51-o‘rinni egallaganimiz bizning jamiyatda adolat va tenglikka asoslangan yondashuv samarasini ko'rsatadi.

Bunday yutuqlar ortida fidokor jamoamiz, ochiq boshqaruv va talabalarimizning yuksak intilishi turibdi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📚 Xalqaro hamkorlik yo‘lida yana bir ezgu qadam

Toshkent davlat yuridik universiteti professor-o‘qituvchilari va xodimlaridan iborat delegatsiya Xitoy Xalq Respublikasining Chongching shahrida joylashgan Janubi-g‘arbiy siyosiy fanlar va huquq universitetiga tashrif buyurdi.

Uchrashuvlar davomida ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvi, ilmiy-huquqiy maqolalarni hammualliflikda chop etish, zamonaviy huquqiy adabiyotlarni tarjima qilish, axborot-resurs markazlari hamkorligi va qo‘shma dars mashg‘ulotlarini tashkil etish kabi dolzarb yo‘nalishlar muhokama qilindi.

🔹 Tashrif doirasida TDYU vakillari —
👤 Alijonov Ayubjon Qobiljon o‘g‘li – Xalqaro huquq va inson huquqlari kafedrasi o‘qituvchisi,
👤 Toshkanov Nurbek Bahriddinovich – Biznes huquqi kafedrasi o‘qituvchisi,
👤 Jalilov Nodirbek Komil o‘g‘li – Uzluksiz ta’lim boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari

universitetimiz Axborot-resurs markazi fondiga qimmatli huquqiy adabiyotlar tuhfa etdilar.

📖 Ushbu xayrli tashabbus ilmiy salohiyatni yuksaltirish, huquqiy tafakkurni boyitish hamda xalqaro tajriba almashinuvini mustahkamlash sari dadil qadam bo‘ldi.

📌 Yangiliklardan xabardor bo‘ling: 👉 @tsullibrary
📚 Очередной благородный шаг на пути международного сотрудничества

Делегация, состоящая из профессорско-преподавательского состава и сотрудников Ташкентского государственного юридического университета, посетила Юго-Западный университет политических наук и права, расположенный в городе Чунцин Китайской Народной Республики.

В ходе визита обсуждены актуальные направления сотрудничества между двумя вузами — академический обмен студентами и преподавателями, совместная публикация научно-правовых статей, перевод современных юридических изданий, установление взаимодействия между информационно-ресурсными центрами, а также организация совместных учебных занятий.

🔹 В рамках визита представители ТГЮУ —
👤 Алибжанов Аюбджон Кабилжонович – преподаватель кафедры международного права и прав человека,
👤 Тошканов Нурбек Бахриддинович – преподаватель кафедры предпринимательского права,
👤 Джалилов Нодирбек Комилович – заместитель начальника управления непрерывного образования

передали ценные юридические издания в фонд информационно-ресурсного центра нашего университета.

📖 Эта благородная инициатива стала очередным важным шагом на пути укрепления научного потенциала, развития юридического мышления и расширения международного обмена опытом.

📌 Следите за новостями: 👉 @tsullibrary
#maqola

MAHKUMLAR QANDAY HUQUQLARGA EGA?

✍️ Iqboloy Ummatova,
🏛 TDYU talabasi

"Inson va qonun" gazetasi № 24-son 17-iyun 2025-yil.

👉@tsullibrary👈



✍️ Статья Икболой Умматовой студентки ТГЮУ

Газета "Inson va qonun" № 24 от 17 июня 2025 года.
Текст на узбекском языке.
👉@tsullibrary👈
#maqola

ADVOKAT MAQOMINI TO'XTATIB TURISH

✍️ Umida Choriyeva,
🏛 TDYU magistranti

"Inson va qonun" gazetasi № 24-son 17-iyun 2025-yil.

👉@tsullibrary👈



✍️ Статья Умиды Чориевой маристра ТГЮУ

Газета "Inson va qonun" № 24 от 17 июня 2025 года.
Текст на узбекском языке.
👉@tsullibrary👈
2025/06/27 18:38:57
Back to Top
HTML Embed Code: