Telegram Web Link
#SDG4 #SDG17
😄TDSHUning bir qator professor-o‘qituvchi va doktorantlari Erasmus+ ICM (xalqaro kredit mobilligi) doirasida Yevropa universitetlariga tashrif buyurdilar.

🗣Batafsil
🗣Подробнее
🗣Read more

TDSHU Matbuot xizmati/Пресс-служба ТГУВ/Press secretary of TSUOS

🌐Telegram |🌐Facebook |🌐 Youtube |📹 Instagram| 🌐Twitter | 🗄 tsuos.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Hilola Umarova
Yaqinda Gabala shahrida Turkiy davlatlar tashkiloti davlat rahbarlari kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan va unda Prezidentimiz bir qancha tashabbuslarni ilgari surgan edi. Davlatimiz rahbari o‘z nutqida ilm-fan va ta’lim sohasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, 2025-2026-yillarda mamlakatimiz Turkiy universitetlar ittifoqiga raislik qilishini ma’lum qilgandi.

Ayni shu kunlarda poytaxtimiz Toshkent Turkiy davlatlar tashkiloti Turkiy universitetlar Ittifoqi (TÜRKÜNİB)ning 8-Bosh Assambleyasiga mezbonlik qilmoqda.
Unda TDT bosh kotibi Kubanychbek Omuraliyev, Turkiy Akademiya prezidenti, professor Shahin Mustafayev, TÜRKÜNİBga a’zo OTM rahbarlari, 69 ta xorijiy universitetlardan jami 200 nafarga yaqin rektor va prorektorlar ishtirok etdi.

Bugun tadbirda qardosh hamkorlarimiz bilan uchrashdik, hamkorlik masalalarini muhokama qildik.

Assambleyada Ozarbayjon, Turkiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Vengriya, Shimoliy Kipr va O‘zbekiston vakillari qatnashdi. 

TÜRKÜNİBga yangi universitetlarning a’zolik arizalarini ko‘rib chiqish, almashinuv dasturini takomillashtirish, ilmiy-tadqiqot, innovatsiya jamg‘armasiga oid va boshqa bir qancha ishlarni muhokama qildik.

Ertaga ham tadbirlar davom etadi. Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida “Qoraxoniylar – Alp Er To‘nga (Afrosiyob) avlodlari: Qoraxoniylar davridagi turkiy va islom olami” mavzusida xalqaro ilmiy konferensiya o‘tkaziladi.

@hilola_umarova
Forwarded from Edu.uz
Toshkentda “O‘zbek tili – qalbim tarjimoni” respublika tanlovi g‘oliblari taqdirlandi

15-oktabr kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida “O‘zbek tili – qalbim tarjimoni” nomli respublika ko‘rik-tanlovining final bosqichi va g‘oliblarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tanlovda mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan 200 dan ziyod xorijlik talabalar ishtirok etdilar.

Yakuniy natijalarga ko‘ra g‘oliblar:

🥇1-o‘rin: Shen Xintong (Xitoy) Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti talabasi;
🥈2-o‘rin: Toya Kobayashi (Yaponiya) Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti talabasi;
🥉3-o‘rin: Khan Huriya (Hindiston) Buxoro davlat tibbiyot universiteti talabasi;
🥉3-o‘rin: Abdul Haseeb Khon (Pokiston) Urganch davlat tibbiyot instituti talabasi.

🏆 G‘oliblar diplom, faxriy yorliq, esdalik sovg‘alari hamda 1-o‘rin uchun BHMning 40 barobari, 2-o‘rin uchun BHMning 30 barobari va 3-o‘rin uchun BHMning 20 barobari miqdorida pul mukofotlari bilan taqdirlandilar.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/93477

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
😂😘⚖️👨‍💻👩‍💻💬
😄Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida Turkiy davlatlar tashkiloti, Toshkent xalqaro universiteti va O‘zbekiston milliy media birlashmasi bilan hamkorlikda “Alp Er To‘nga avlodlari – Qoraxoniylar: Turkiy dunyo va Islom olami Qoraxoniylar davrida” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi boshlanmoqda.

TDSHU Matbuot xizmati/Пресс-служба ТГУВ/Press service of TSUOS

🌐Telegram |🌐Facebook |🌐 Youtube
📹 Instagram| 🌐Twitter | 🗄 tsuos.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😂😘⚖️👨‍💻👩‍💻💬

😄Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida Turkiy davlatlar tashkiloti, Toshkent xalqaro universiteti va O‘zbekiston milliy media birlashmasi bilan hamkorlikda “Alp Er To‘nga avlodlari – Qoraxoniylar: Turkiy dunyo va Islom olami Qoraxoniylar davrida” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi boshlandi.

🌐Konferensiyani jonli koʻrish: https://youtube.com/live/01P90Pjl5SA?feature=share

TDSHU Matbuot xizmati/Пресс-служба ТГУВ/Press service of TSUOS

🌐Telegram |🌐Facebook |🌐 Youtube
📹 Instagram| 🌐Twitter | 🗄 tsuos.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Edu.uz
😂😘⚖️👨‍💻👩‍💻💬

TÜRKÜNİB Assambleyasi doirasida xalqaro anjuman boshlandi

Ayni daqiqalarda Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida Turkiy universitetlar ittifoqi (TÜRKÜNİB) Assambleyasi doirasida “Alp Er To‘nga avlodlari – Qoraxoniylar: Turkiy dunyo va Islom olami Qoraxoniylar davrida” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘z ishini boshladi.

Mazkur nufuzli anjuman O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Turkiy davlatlar tashkiloti, Toshkent xalqaro universiteti hamda O‘zbekiston milliy media birlashmasi hamkorligida tashkil etilmoqda.

Konferensiya turkiy xalqlar oʻrtasida madaniy-gumanitar hamkorlikni mustahkamlash, umumiy tarix, madaniyat, din, til va adabiyotni dunyo miqyosida targʻib etish, Qoraxoniylar davriga oid tarixiy va madaniy merosni ommalashtirishga qaratilgan.

📺 Konferensiyani jonli efirda tomosha qilish mumkin:
https://www.youtube.com/live/mz1A-xJOkV4?si=V7IPDpo8OPA5aCk4

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/10/23 16:59:51
Back to Top
HTML Embed Code: