Forwarded from Edu.uz
Joriy yilning iyul oyida Toshkent va Farg‘ona hududlarida ayrim fuqarolar, jumladan, ta’lim tizimida faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilar tomonidan abituriyentlarni oliy ta’lim muassasasiga noqonuniy, pora evaziga kiritib qo‘yishga urinish holatlari aniqlanib, ular huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan qo‘lga olindi.
Mazkur holatlar mutlaqo kechirilmas va keskin qoralovga loyiq harakatlar bo‘lib, bunday noqonuniy urinishlar butun oliy ta’lim tizimiga dog‘ tushiradi.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi korrupsiyaga qarshi murosasiz kurash tarafdori bo‘lib, ta’lim sohasida bunday jirkanch holatlarga mutlaqo toqat qilmaydi. Ayniqsa, bunday holatlar davlatimiz rahbari tomonidan ustuvor yo‘nalish sifatida belgilangan halollik va adolat tamoyillariga zid bo‘lib, jamiyatda ishonchsizlikni yuzaga keltirish xavfini tug‘diradi.
Hurmatli o‘qituvchilar va soha vakillari!
Biz sizlardan bilim va tarbiya berish orqali jamiyatga xizmat qilishni kutamiz, jinoyat sodir etishni emas. Har bir pedagog bu muqaddas kasb ortida yurt kelajagi, inson taqdiri turganini chuqur his qilishi kerak.
Oliy ta’lim tizimidagi har bir rahbar va xodim korrupsiyaga qarshi shaxsiy mas’uliyat bilan yondashishi, bu borada faqat qonun doirasida faoliyat yuritishi shart.
Barcha abituriyentlarga shuni qat’iy bildiraman: hech kimning sizni pora evaziga oliygohga kiritishga haqqi yo‘q! Siz faqat o‘z bilimingiz orqali adolatli tanlov asosida talaba bo‘lishingiz mumkin.
Vazirlik barcha ta’lim muassasalarida ochiqlik, shaffoflik va adolatli raqobat muhitini mustahkamlash, bu kabi holatlarga barham berish yo‘lida ish olib boradi.
Huquqbuzarlikka qo‘l urgan shaxslar qonun oldida javob beradi va ularga muqarrar jazo qo‘llaniladi.
Q.Sharipov,
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri
Bizni
kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Forwarded from Edu.uz
Hurmatli abituriyentlar, aziz farzandlarim!
Ertaga, 14-iyuldan boshlab yurtimiz bo‘ylab test sinovlari boshlanadi.
Respublika bo‘yicha 65 ta yirik binoda, ikki smenada o‘tkaziladigan imtihonlarda har kuni 70 mingdan ortiq abituriyent ishtirok etishi rejalashtirilgan.
Mazkur jarayonlarning shaffof, adolatli va xolis o‘tishi uchun barcha zarur tashkiliy va texnik choralar ko‘rilgan. Sizlardan esa faqat bilim, xotirjamlik va tartib-intizom talab etiladi.
Bilimingizga ishoning! Sizni o‘qishga kiritishni va’da qilayotgan shaxslarga aslo ishonmang. Faqat o‘z mehnatingiz, aql-zakovatingiz bilan talaba bo‘lishga intiling.
Imtihon kuni shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat asl nusxasi va ruxsatnomani albatta o‘zingiz bilan oling. Imtihon boshlanishidan kamida bir soat oldin belgilangan binoga yetib kelishingiz muhim. Bu sizga o‘zingizni xotirjam tutib, barcha ko‘rsatmalarga e’tibor qaratish imkonini beradi.
Sizga test sinovlarida katta omad, o‘zingiz istagan ta’lim muassasasiga talaba bo‘lish baxtini tilayman! Yuzingiz yorug‘, yo‘lingiz ochiq, katta hayotdagi ilk qadamingiz qutlug‘ bo‘lsin!
Qo‘ng‘irotboy Sharipov,

Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤9👍2
#Qabul_2025
📆 Bugun, 14-iyul kuni butun O‘zbekiston bo‘ylab 2025–2026-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari boshlandi.
📍 Xorazm viloyatida testlar quyidagi joylarda o‘tkazilmoqda:
✅ Urganch shahri, “Yoshlik” sport majmuasi
✅ Bilim va malakalarni baholash agentligining Xorazm bo‘limi
🎥 Test jarayonlari onlayn kuzatuv uchun ochiq — barchaga shaffoflikni ta’minlash maqsadida siz https://test2025.uz/Xorazm/50 platformasi orqali jonli kuzatishingiz mumkin.
🕐 Sinovlar ikki smenada o‘tkaziladi.
Talabgorlar test kuni va joyini my.uzbmb.uz sayti orqali shaxsiy kabinetidan bilib, ruxsatnomani yuklab olishlari shart.
Imtihonga shaxsini tasdiqlovchi hujjat va ruxsatnoma bilan belgilangan vaqtdan avvalroq kelishlari zarur.
✅ Ta'kidlash joizki, TTA Urganch filialining volontyor talabalar va mas'ullar abituriyentlarga tartibni saqlash, buyumlarni vaqtincha saqlash, imtihon jarayoniga yo‘naltirishda faol yordam bermoqda.
TTA Urganch filiali Matbuot xizmati
Veb-sayt |Telegram |Instagram |Facebook |Youtube
Talabgorlar test kuni va joyini my.uzbmb.uz sayti orqali shaxsiy kabinetidan bilib, ruxsatnomani yuklab olishlari shart.
Imtihonga shaxsini tasdiqlovchi hujjat va ruxsatnoma bilan belgilangan vaqtdan avvalroq kelishlari zarur.
TTA Urganch filiali Matbuot xizmati
Veb-sayt |Telegram |Instagram |Facebook |Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎉1
#Yoshlar_oyligi
#Dolzarb_90_kun
Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali TTJ tarbiyachi-pedagogi R.M.Atajanov hamda mahalla mas’ullari hamkorligida Shovot tumanidagi “Arbek” mahallasi 43-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida yoshlar uchun sport va ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishlarda to‘garaklar tashkil etildi.
Tadbir davomida o‘quvchi yoshlar bilan sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qiluvchi sport mashg‘ulotlari va vatanparvarlik, odob-axloq, milliy qadriyatlar mazmunidagi suhbatlar o‘tkazildi.

👍2
2025-yil 10-martdagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 149-son qaroriga (https://www.lex.uz/uz/docs/-7429154) asosan, oliy ta’lim muassasalarida talabalarga grantlarni ajratish va qayta taqsimlash tartibi belgilandi.
🧾Tizim imkoniyatlari:
TTA Urganch filiali Matbuot xizmati
Veb-sayt |Telegram |Instagram |Facebook |Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2👍2