Xalqaro seminar – muhim tajriba makoni
💬 2025-yil 10-16-iyun kunlari Xitoy Xalq Respublikasining Pekin shahrida o‘tkazilgan “Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT) doirasida favqulodda vaziyatlarda tibbiy ta’minotni boshqarish bo‘yicha o‘quv kursi” seminarida Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali Moliya-iqtisod ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Sapayev Azamat va Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i Ahmedov Ruslan xizmat safarida bo‘ldilar.
Seminar doirasida:
🟢 Pekin shahridagi ochilish marosimi va o‘quv mashg‘ulotlarida;
🟢 Sindao shahridagi tibbiy muassasalarda amaliy seminar va tajriba almashinuvida;
🟢 SHHT xalqaro tibbiy texnologiyalar instituti va namunali namoyish zonasiga tashrifda;
🟢 Madaniy dastur doirasida Buyuk Xitoy devoriga sayohatda;
🟢 Yakuniy seminar mashg‘ulotlari va yopilish marosimida ishtirok etdilar.
🔖 Ushbu xizmat safari doirasida xalqaro tajriba almashinuvi, tibbiy yordamni boshqarish bo‘yicha ilg‘or yondashuvlar o‘rganilib, seminar yakunida ishtirokchilar maxsus sertifikat bilan taqdirlanildilar.
📌 Bu kabi xalqaro tadbirlarda ishtirok etish tizimli rivojlanish va hamkorliklar uchun muhim omildir.
TTA Urganch filiali Matbuot xizmati
Veb-sayt |Telegram |Instagram |Facebook |Youtube
Seminar doirasida:
TTA Urganch filiali Matbuot xizmati
Veb-sayt |Telegram |Instagram |Facebook |Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3👍1
✅ Бугун Буюк Британия пойтахти Лондонда ўзбек маданияти ва миллий таомлари фестивали бошланди. Уч йилдан буён анъанавий тарзда ўтказиб келинаётган мазкур фестивал Ўзбекистон ва Буюк Британия ўртасида ўзига хос маданий кўприк вазифасини бажармоқда.
✅ Фестивалда Хоразм вилояти томонидан ташкил қилинган кўргазма ташриф буюрувчиларнинг алоҳида эътирофига сазовор бўлди. Айниқса, Хоразмнинг тухум барак, шивит оши, қопширма гўмма каби тансиқ таомлари қадим воҳанинг гастрономик туризми тарғиботида асосий ўрин эгаллади. Фестивалда шунингдек, миллий санъатимиз, халқ ҳунармандчилиги намуналари ҳам кенг намойиш этилмоқда. Фестиваль эртага давом этади.
Xorazm.uz | Facebook | Telegram | Instagram

❤2
#Yoshlar_oyligi
#dolzarb_90_kun
“Yoshlar oyligi” munosabati bilan “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali tarbiyachi-pedagogi R.M. Atajanov tashabbusi bilan Shovot tumanining “Arbek” mahallasida joylashgan 16- va 43-sonli umumta’lim maktablarida bir qator ma’naviy-ma’rifiy hamda sport tadbirlari o‘tkazildi.
📚 16-sonli umumta’lim maktabida o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida kitobxonlik tadbiri tashkil qilindi.
🥋 Shuningdek, yoshlar salomatligi va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida o‘smirlar ishtirokida dzyudo sport turi bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
📖 43-sonli maktabda esa “Kitoblar olamiga sayohat” mavzusida qiziqarli to‘garak shaklidagi ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbir davomida o‘quvchilar o‘z sevimli asarlari haqida fikr almashib, kitob mutolaasining foydalari xususida suhbat olib bordilar.
🌐 Shuningdek, internetdan oqilona foydalanish, ijtimoiy tarmoqlarda xavfsizlik va raqamli madaniyatni shakllantirishga qaratilgan “Internetdan to‘g‘ri foydalanish” mavzusida profilaktik tadbir ham o‘tkazildi.

❤1