Telegram Web Link
Seminarning asosiy maqsadi — Bog‘ot tumanini xotin-qizlar ishsizligidan xoli hududga aylantirish va mazkur tajribani respublika bo‘ylab keng tatbiq etishdan iborat.
Seminarda 2025-yil 14-martdagi Prezidentning PQ–103-sonli “Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi muhokama qilindi.
Shuningdek, xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘rgatish, ularning bandligini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, axborot texnologiyalari va zamonaviy kasblar orqali daromad manbaiga ega bo‘lishlarini ta’minlash, shuningdek, jinoyatchilik va zo‘ravonliklarning oldini olish masalalari yuzasidan fikr almashilmoqda.

#Xorazm #Seminar
💠 Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi axborot xizmati
📱 Veb sayt |📱 Facebook |📱 Instagram 📱 Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
⛔️⛔️⛔️

Ayni paytda Namangan davlat texnika universitetida “Oliy ta’lim muassasalarida ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha ustuvor vazifalar” mavzusida o‘quv seminari bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur tadbirda respublikaning turli hududlaridan kelgan ilmiy xodimlar, oliy ta’lim muassasalari rahbarlari hamda innovatsiyalar sohasidagi mutaxassislar ishtirok etmoqda.

Seminarda Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari R.X. Karimov ham faol ishtirok etmoqda.

Seminar doirasida zamonaviy ilmiy-innovatsion yondashuvlar, grantlar asosida ilmiy loyihalarni yuritish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha ham qiziqarli ma’ruzalar va tajriba almashinuvi bo‘lib o‘tmoqda.

TTA Urganch filiali Matbuot xizmati
Veb-sayt |Telegram |Instagram |Facebook |Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Xorazmda FVV tizimining 2 nafar xodimi pora bilan ushlandi

Tuproqqalʼa tumani Favqulodda vaziyatlar boʻlimi xodimi fuqaroni Xorazm viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga ishga kiritib qoʻyish evaziga 1500 AQSH dollari talab qilgan. Oldindan 400 AQSH dollari va 1 mln 300 ming soʻm olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Bu haqda DXX axborot xizmati xabar berdi.

Shuningdek, Shovot tumani Favqulodda vaziyatlar boʻlimi xodimi ham oʻzganing ishonchiga kirib, ichki ishlar organlaridagi tanishlari orqali unga haydovchilik guvohnomasi olib berishini aytib, evaziga 1400 AQSH dollari va 1 mln 300 ming soʻm olganlik holati hujjatlashtirilgan.

Hozirda mazkur xodimlarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168, 211-moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yoshlar_oyligi
#dolzarb_90_kun

“Yoshlar oyligi” doirasida “Dolzarb 90 kun” loyihasi asosida yirik madaniy tadbir — galakonsert bo‘lib o‘tdi.

Tadbir Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali dekan o‘rinbosari J. Jumaniyozov va TTJ tarbiyachi-pedagogi R. Atadjanov,“Arbek” mahallasi yoshlar yetakchisi X. Jumaniyozov tashabbusi, shuningdek, Shovot tuman madaniyat bo‘limi, “Arbek” va "Oq ko‘l" mahallalari faollari hamkorligida tashkil etildi.

Madaniy-ma'rifiy tadbir Shovot tumanidagi 16-son umumta’lim maktabi oldidagi ochiq maydonda o‘tkazildi. Unda 15-,16- va 43-son maktablar o‘quvchilari hamda mahalla yoshlari faol ishtirok etdilar.

Galakonsert davomida yoshlar o‘zlari tashkil etgan turli to‘garaklar, sport musobaqalari va jamoaviy arqon tortish kabi ko‘ngilochar va jismoniy faoliyat yo‘nalishlarida bellashdilar. G‘olib chiqqan iqtidorli yoshlar tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan munosib taqdirlandilar.

Tadbir yakunida esa “Gulxan atrofida qo‘shiq” dasturi o‘tkazilib, ishtirokchilar uchun iliq va unutilmas kechaga aylandi. Tadbirda yoshlar yuqori kayfiyatda qatnashib, bir-birlari bilan iliq muloqotda bo‘lishdi va o‘zlarining iste’dodlarini namoyish etish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Ushbu tadbir yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, ularni sog‘lom turmush tarziga jalb qilish, ijtimoiy faolligini oshirish hamda iqtidor va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashda muhim qadam bo‘ldi.


TTA Urganch filiali Matbuot xizmati
Veb-sayt |Telegram |Instagram |Facebook |Youtube
1
TTA Urganch filiali O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Mardon Ollaberganovning maqolalari Pokistonning bir qator nufuzli nashrlarida chop etildi

Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Mardon Ollaberganovning “The Medical Field's Service to Humanity: A Comprehensive Overview” (Tibbiyot sohasi – insoniyatga xizmat yo‘lida: keng qamrovli tahlil) mavzusidagi ilmiy maqolasi Pokiston Islom Respublikasining bir qator mashhur bosma va elektron nashrlarida chop etildi.

Xususan, ushbu maqola Business Time va News Lark kabi bosma gazetalar bilan birga, Newsman, Pakistan Chronicle, South Asian Chronicle, Pakistan Publications kabi mashhur elektron gazetalar hamda rasmiy yangilik saytlarida e’lon qilindi.

Maqolada tibbiyot sohasi orqali insoniyat farovonligiga xizmat qilishning zamonaviy yondashuvlari, global salomatlik tizimidagi dolzarb masalalar va ularning yechimlari tahlil qilingan. Shuningdek, maqolada tibbiy xizmatlarning ijtimoiy ahamiyati va tibbiyot xodimlarining fidokorona mehnati ilmiy asosda yoritilgan.

Mazkur xalqaro e’tirof Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialining ilmiy salohiyati, xalqaro hamkorlik doiralari kengayib borayotganidan dalolat beradi.

TTA Urganch filiali Matbuot xizmati
Veb-sayt |Telegram |Instagram |Facebook |Youtube
👍31
News Lark 03-06-2025.pdf
10.2 MB
🔖Business Time va News Lark bosma gazetalarida chop etilgan maqola bilan quyidagi PDF fayl orqali batafsil tanishishingiz mumkin

TTA Urganch filiali Matbuot xizmati
Veb-sayt |Telegram |Instagram |Facebook |Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/07/13 01:58:03
Back to Top
HTML Embed Code: